50
mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu
hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim.
Yuqorida
mijozlarning
talab
qilinguncha
saqlanadigan
depozit
hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik.
Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi.
Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha
saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit
hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini
saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun
yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida
belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli
depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari
lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
davlat ro‘xatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya;
imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha.
Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda
jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar.
Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada
ochilayotgan depozit turi bo‘yicha shartlar belgilab qo‘yiladi.
Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi
hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar:
hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza;
shaxsini
tasdiqlovchi
hujjat
(pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida
guvohnoma);
imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha.
Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va unda
depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitorlarning hisobvaraq
ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi
ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki
hujjatlarga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi.
Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini
ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadigan depozit
hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘arma va
muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Budjet tashkilotlari
uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan
tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan
bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: