Bank hisobi va audit


-MAVZU. BANKLARDA DEPOSIT OPERATSIYALARI HISOBI



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232
 
6-MAVZU. BANKLARDA DEPOSIT OPERATSIYALARI HISOBI. 
Reja: 
1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi.  
2. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobi.  
3. Muddatli va jamg‘arma depozitlari bo‘yicha operatsiyalari hisobi.  
1. Deposit operatsiyalari hisobining tashkil etilishi. 
Tijorat  banklari  passiv  operatsiyalari  hajmi,  barqarorlik  darajasi  va 
shakllanish manbalari ularning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Mamlakatimizda bozor munosabatalarining chuqurlashuvi va iqtisodiy 
islohotlarning  keng  qamrovliligi,  shuningdek,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi 
tijorat  banklari  passiv  operatsiyalari,  yoinki  ularning  depozit  siyosatining 
ahamiyatini  oshirmoqda.  Tijorat  banklari  depozit  siyosati  samaradorligini 
ta’minlash  bevosita  ularning  moliyaviy  jihatdan  barqaror  resurs  bazasini 
shakllantirish imkoniyatini beradi.  
Shu  bois,  tijorat  banklari  depozit  siyosati  ularning  asosiy  vazifalaridan  biri 
bo’lib, banklarning aktiv operatsiyalari natijasida shakllantirilayotgan daromadlari 
hajmi ushbu siyosatning samaradorligiga bevosita bog’liq.  
 “Depozit”  so’zi  lotincha  “dipositum”  –  “saqlashga  topshirilgan  buyum” 
ma’nosini,  “siyosat”  so’zi  grekcha  “politike”  so’zidan  olingan  bo’lib,  “davlatni 
boshqarish sa’nati” ma’nosini anglatar ekan.  


 
54 
 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  chuqurlashuvi  banklararo 
raqobatning  kuchayishiga  olib  kelmoqda.  Bu  tijorat  banklari  depozit  siyosati 
samaradorligini  oshirishni  talab  etmoqda.  Chunki,  tijorat  banklari  jalb  qilgan 
mablag’larining asosiy qismini depozitlar tashkil etadi. Depozitlar bank mijozlari 
tomonidan  qo’yilgan  yoki  operatsiyalar  jarayonida  bank  hisobvarag’ida  ma’lum 
vaqtgacha saqlanadigan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.  
Depozit  mijozlarning  bankka  vaqtincha  foydalanish  uchun  bergan 
mablag’lari  bo’yicha  bank  va  mijoz  o’rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlarni 
aks ettiradi
12
. Depozitlarning guruhlanishi bo’yicha me’yoriy hujjatlar va iqtisodiy 
adabiyotlarda  keltirilgan  manbalar  bir-biriga  mos  kelmaydi.  Ayrim  manbalarda 
ular  asosan  uchta  guruhga  ajratilsa,  ba’zi  adabiyotlarda  to’rtta  guruhga  ajralishi 
ta’kidlanadi,  Markaziy  bankning  depozitlar  to’g’risidagi  nizomida  esa  beshta 
guruhga bo’lingan
13

Tijorat  banklari  depozit  operatsiyalarini  bu  tartibda  guruhlanishi  ularni 
moliyaviy  jihatdan  nisbatan  barqaror  va  beqaror  mablag’larga  hamda  to’lovliligi 
jihatidan nisbatan qimmat va  arzon depozit mablag’lar sifatida tasniflashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.  
Mablag’larni  tashkil  topishi  jihatidan  qimmatli  yoki  arzon  mablag’lar 
guruhiga ajratish mumkin. Bu erda asosiy e’tibor, depozit operatsiyalari natijasida 
vujudga keladigan mablag’larga qaratilib, yuqorida qayd etilgan nisbatan barqaror 
mablag’lar  tijorat  banklari  uchun  qimmat  resurs  manbalarini  tashkil  etadi.  Arzon 
bank resurslari guruhiga esa o’z – o’zidan aniqki nisbatan beqaror xususiyatga ega 
mablag’lar kiradi. 
Tijorat  banklari  depozit  mablag’lari  tarkibida  talab  qilib  olinguncha 
saqlanadigan  hisobvaraqlardagi  depozitlariga  korxona,  tashkilot,  muassasa  va 
boshqa  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning  hisob–kitob  va  joriy  hisobvaraqlarida 
saqlanadigan  pul  mablag’lari  kiradi.  Talab  qilib    olinguncha  saqlanadigan 
hisobvaraqlardagi  depozitlarga  bank  nisbatan  past  miqdorda,  ayrim  hollarda  esa 
umuman  foiz    to’lovlari  to’lamaydi.  Shu  jihatdan,  tijorat  banklarining  ushbu 
depozit manbasi beqaror moliyaviy manba sifatida ta’kidlashimiz mumkin. Chunki 
bank  ushbu  manbalar  hisobidan  aktiv  operatsiyalarini  amalga  oshiradigan  bo’lsa, 
uning faoliyatida turli iqtisodiy muammolar vujudga keladi. Ularning asosiylaridan 
biri vakillik hisobvaraqlari bilan bog’liq taqchillik muammosi hisoblanadi. 
Tijorat  banklari  resurslari  tarkibida  muddatli  depozitlar  moliyaviy  jihatdan 
barqaror  manba  hisoblanadi.  Ushbu  depozit  turining  nomidan  ham  ma’lumki, 
depozit mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib, ularning muddati kamida 
bir  oyni  tashkil  etishi  lozim.  O’z  navbatida  banklar  ushbu  depozit  turi  bo’yicha 
nisbatan  yuqori  foiz  to’lovlarini  to’laydi.  Muddatli  depozitlar  oldindan 
ogohlantirish  asosida  muddatidan  oldin  bankdan  qaytarib  olinishi  ham  mumkin. 
Bunda bank mijozga depozit mablag’ini oldindan qaytarib olganligi uchun jarima 
tarzida shartnomada kelishilgan foiz to’lovlarini to’lamaslik huquqiga ega bo’ladi. 
                                                 
12
 Финансы и кредит: Учебник под ред. проф. М.В.Ромоновского, проф. Г.Н.Белоглазовой. –М.: Юрайт-
Издат, 2003. -С. 390. 
13
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami.–
Toshkent:O’zbekiston, 2003.88-b. 


 
55 
 
Jismoniy  shaxslar  o’rtasida  omonatlarning  eng  rivojlangan  turi  –  bu 
jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga 
uning mablag’i harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni 
aks ettiruvchi  jamg’arma daftarchasini beradi.  
Jamg’arma depozitlarining asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank 
amaliyotida keng qo’llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin.  
Boshqa 
depozitlar 
guruhiga 
banklarning 
yuqorida 
qayd 
etilgan 
depozitlaridan  tashqari  mijozlarning  akkreditiv  bo’yicha  talab  qilib  olinguncha 
bo’lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli 
ishonchli  mablag’lar  va  shunga  o’xshash  boshqa  moliyaviy  operatsiyalar  va 
majburiyatlar bo’yicha depozit hisobvaraqalarini ochishi mumkin
14

Demak,  tijorat  banklari  depozit  siyosati  –  bank  siyosatining  ajralmas 
elementi bo’lib, uning asosiy  maqsadi bankning depozit resurslarni shakllantirish, 
boshqarish  bilan  bog’liq  strategik  va  taktik  faoliyati  harakatini  ishlab  chiqish 
hisoblanadi.  
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar tashkil 
etadi.  Har  bir  tijorat  banki  faoliyatida  jalb  qilingan  mablag’lar  muhim  ahamiyat 
kasb etadi, chunki tijorat banklarining o’z mablag’lari, asosan, bankni tashkil qilish 
va  shakllantirish  bilan  bog’liq  vazifani  amalga  oshirsa,  jalb  qilingan  mablag’lar 
esa,  bankning  barqaror  daromad  olish  imkoniyatini  ta’minlab  turadi.  Shuning 
uchun ham, har bir tijorat bankining jalb qilingan mablag’larini doimiy tahlil qilib 
borish  bankning  barqarorligini  ta’minlash  imkonini  beradi.  Tijorat  banklarida 
puxta o’ylangan depozit va kredit siyosati bo’lishini talab qiladi. Tijorat banklarida 
depozit va kredit siyosatining to’g’ri tashkil etilganligi, ular orasidagi bog’liqlik va 
nisbatning  optimal  tanlanganligigina  banklarning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi 
uchun asos bo’lishi mumkin. 
 
Depozit  operatsiyalarning  subyektlari  bo’lib  bir  tomondan  tijorat  banklari 
qatnashsa, ikkinchi tomondan: 
     - davlat korxona va tashkilotlari; 
     - moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar; 
     - xususiy korxona va tashkilotlar; 
     - aktsioner kompaniyalar; 
     - banklar va boshqa kredit muassasalari; 
     - qo’shma korxonalar, kooperativlar; 
     - jamoa tashkilotlari va fondlar; 
     - alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. 
Depozit  operatsiyalarining  obyekti  bo’lib  ehtiyojdan  ortiqcha  pul 
mablag’lari  (qo’yilmalar)  hisoblanadi.  Depozit  operatsiyalarini  tashkil  qilishning 
asosi    bo’lib,  balans  likvidliligi,  mijozlarning    moliyaviy  ahvolining  barqarorligi 
hisoblanadi.  Depozit  operatsiyalari  tijorat  banklarining  depozit  siyosatini  amalga 
oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni: 
                                                 
14
 O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami. –
Toshkent: O’zbekiston, 2003. 92-b. 


 
56 
 
     -  depozit  operatsiyalari  bank  daromadining  oshishga  yoki  kelajakda 
daromad olishga sharoit yaratishi kerak; 
     -  bank  balansining  likvidliligini  saqlash  maqsadida  depozit  siyosatini 
amalga oshirish kerak; 
     -  depozit  operatsiyalarini  amalga  oshirishda  muddatli  qo’yilmalarga 
e’tibor qaratish lozim; 
    -  depozitlarni  jalb  kilish  va  ularni  vaqtida  qaytarib  berish  bilan  bog’lik 
bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar. 
Pul  qo’yuvchilar  toifasidan  kelib  chiqqan  holda  depozitlar  quyidagilarga 
bo’linadi: 
     - yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;  
     - jismoniy shaxslar qo’yilmalari; 
       Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:  
     - muddatli depozit mablag’lar; 
     - talab kilib olingunga qadar depozit mablag’lar; 
     - aholining jamg’arma qo’yilmalari. 
Tijorat  banklarining  depozit  siyoatini  ishlab  chiqish,  birinchi  navbatda, 
depozit siyosatining umumiy va xususiy mezonlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. 
Bunda asosiy e’tibor umumiy mezonlarni belgilab olishga karatiladi. 
Tijorat  banklarida  ochiladigan  depozitlar  (omonat)lar  quyidagi  turlarga 
bo’linadi: 
Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar; 
Jamg’arma omonatlar; 
Muddatli omonatlar; 
Omonat sertifikatlari; 
Banklar  omonatlar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  qonun  hujjatlarida 
belgilangan talablarga amal qilgan holda sir saqlanishini ta’minlashlari lozim. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish