Bank hisobi va audit


 Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   232
1. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni va ularning rivojlanish tarixi. 
Hozirgi  kunda  respublikamizda  juda  ko‘plab  filial  va  mini  banklarga  ega 
bo‘lgan keng tarmoqli 31 ta tijorat banklari Markaziy bank boshchiligida faoliyat 
ko‘rsatib  kelmoqda.  Bu  tijorat  banklarining  har  biri  turli  mulkchilik  shakllariga 
tegishli  bo‘lgan  korxona,  tashkilot,  muassasalar  hamda  yuridik  maqomga  ega 
bo‘lmagan  tadbirkorlar  va  barcha  jismoniy  shaxslarga  xizmat  ko‘satadi.  Banklar 
tomonidan  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlariga  tegishli  bo‘lgan  turli  mulkchilik 
shakllaridagi  korxona,  tashkilot,  muassasalar,  tadbirkorlar,  dehqon  va  fermer 
xo‘jaliklariga hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida banklararo munosabatlar 
vujudga keladi.  
Chunki,  har  doim  ham  bu  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar    bir  bank  mijozi  
bo‘lavermaydilar. Banklararo munosabatlar banklararo hisob-kitoblar (aylanmalar) 
orqali olib boriladi. Banklararo aylanmalarning mazmuni shundan iboratki, bunda 
bir  bank  xizmatidan  foydalanuvchi  korxonaning  hisobvarag‘idan  boshqa  bank 
xizmatidan  foydalanuvchi  korxonaning  hisobvarag‘iga  hujjatda  ko‘rsatilgan 
summa buxgalteriya yozuvlari orqali  o‘tkaziladi.     
Demak, 
bir-birlari 
bilan  hisob-kitoblarni 
yurituvchi  korxonalarning 
hisobvaraqlari turli banklarda ochilganligi  ikkita bank o‘rtasidagi hisob-kitoblarni 
yuzaga keltiradi. Agar o‘zaro aloqada bo‘lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank 
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo aylanmalar vujudga kelmaydi. Unda 
pul o‘tkazish operatsiyalari bir bankning o‘zida amalga oshiriladi.  
Operatsiyalarni  boshlagan  bankdagi  aylanmalar  boshlang‘ich  bank 
aylanmalari  deyiladi.  Operatsiyalarni  tugallagan  bankdagi  aylanmalar  yakuniy 
aylanmalar deyiladi. Har bir boshlang‘ich aylanmaga yakuniy aylanma mos kelishi 
shart. Bu banklar o‘rtasida operatsiyalar yakunlanganini bildiradi. 


 
75 
 
Mustaqillik  yillarida  yangi  bank  tizimi  barpo  etilishi  munosabati  bilan 
banklararo  hisob-kitoblarga  ham  o‘zgarishlar  kiritildi,  progressiv  usullar  izlab 
topildi,  yangi  dasturlar  yaratildi  va  takomillashtirib  borildi.  1995-yilda  Markaziy 
bank tomonidan  hisob-kitoblarni tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy 
bank  boshqarmalari  qoshida  hisob-markazlari  tashkil  etish  haqida  qaror  qabul 
qilindi. 90-yillarning boshlarida tashkil etilgan kliring markazlari tugatildi. Pochta 
orqali  jo‘natiladigan  ogohnomalar  ham  bekor  qilindi.  Yangi  hisob-kitob  tizimi 
“elektron pochta” to‘lov tizimi joriy etildi.  
2002-yildan boshlab respublika bank tizimida yana katta  o‘zgarishlar bo‘lib, 
banklararo  hisob-  kitoblar  yagona  vakillik  hisobvarag‘i  asosida  tashkil  etila 
boshlandi. Hududiy hisob-kitob Markazlarining faoliyati  tugatilib, faqat Toshkent 
shahar  Hisob-kitob  Markazi  faoliyati  saqlab  qolindi.  Hozirgi  kunda  turli  tipdagi 
banklar  o‘rtasidagi  banklararo  hisob-kitoblar  aynan  Toshkent  shahar  Hisob-kitob 
Markazi  orqali  amalga  oshiriladi.  Bir  tipdagi  bankka  tegishli  bo‘lgan  barcha 
operatsiyalar  bosh  bankning  yagona  vakillik    hisobvarag‘i    orqali    o‘tkazila 
boshlandi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish