Bank hisobi va audit


Turli  banklarga  qarashli  banklararo  hisob-kitoblarning  mazmuni



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   232
4.Turli  banklarga  qarashli  banklararo  hisob-kitoblarning  mazmuni, 
yuritilishi va hisobi. 
Yuqorida  eslatib  o‘tganimizdek,  Hisob-kitob  markazi  bu-  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
buxgalteriya 
hisobi 
va 
hisob-kitoblar 
boshqarmasining  bo‘limi  bo‘lib,  uning  funksiyasiga  banklarning  vakillik 
hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini 
ta’minlash kiradi.  
Hisob-kitob  Markazi  elektron  to‘lov  tizimiga  ulangan  tijorat  banklari  bilan 
belgilangan  vaqt  davomida  alohida  tarmoq  orqali  axborot  almashish  tartibida  ish 
olib  boradi.  Elektron  to‘lov  tizimi  bo‘yicha  ish  kuni  boshlanishidan  banklarning 
ichki  va  tashqi  vakillik  hisobvaraqlarining  qoldiqlari  va  aylanmalari  qiymatining 
mosligi  qilingandan  so‘ng  banklarga  tizimda  ishlashga  ruxsat  etiladi.  Fayllarni 
qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish, jo‘natish avtomatik rejimda seanslar 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Bosh banklar o‘rtasida banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun Markaziy 
bank  qoshida  ochilgan  Toshkent  shahar  hisob-kitob  Markazida  27416  balans 
hisobvarag‘i  ajratilgan.  Tijorat  banklaridan  elektron  hujjatlarni  qabul  qilib  olgan 
Hisob-kitob  Markazi  ularni  banklar  bo‘yicha  saralaydi.  Bu  hujjatlarning  o‘zi 
alohida  debet  va  kredit  hujjatlariga  bo‘linadi.  Shundan  keyin,    debet  hujjatlari 
bo‘yicha  alohida,  kredit  hujjatlari  bo‘yicha  alohida  buxgalteriya  yozuvlari 
o‘tkaziladi. Debet hujjatlari bo‘yicha dastlab quyidagi provodka o‘tkaziladi.  
Debet 27416  “Banklararo hisob-kitoblar” 
Kredit 21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”  
Bir vaqtning o‘zida quyidagi javob provodkasi o‘tkaziladi. 
Debet  21302      “Tijorat  bankning  Markaziy  bankdagi  vakillik  hisobvarag‘i”   
TB  B 
Kredit 27416 “Banklararo hisob-kitoblar” 
Bu  ikki  yozuv  orqali  27416-  hisobvarag‘ining  tranzit  hisobvaraq  ekanligi  va 
bir vaqtning o‘zida yopilishini ko‘rish mumkin.  
Hisob-kitob  Markazlariga,  tijorat  banklariga  tushadigan  hujjatlarning  asosiy 
qismi kredit hujjatlaridir.  Kredit hujjatlari bo‘yicha ham Hisob-kitob markazlarida 
buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi.   
Bosh  bank  o‘z  filiallaridan  kelgan  elektron  to‘lovlarni  qayta  ishlab  o‘zining 
yagona  vakillik  hisobvarag‘i  orqali  Toshkent  shahar  Hisob-kitob  markaziga  


 
78 
 
modem  aloqasi  orqali  jo‘natadi.  Bu  operatsiya  bo‘yicha  Bosh  bankda  quyidagi 
buxgalteriya amallari bajariladi: 
Debet  22204  “Filiallar  va  banklararo  hisob-kitoblar  bo‘yicha  to‘lanadigan 
hisobvaraqlar” A filial 
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” A bank 
Hisob-kitob  markazi  bir  tijorat  bankining  vakillik  hisobvarag‘ida  pul 
mablag‘larining kamayishi bo‘yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi: 
Debet 21302  TB “A”  
Kredit 27416  
Ikkinchi  tijorat  bankining  vakillik  hisobvarag‘ida  pul  mablag‘larining 
ko‘payishi bo‘yicha provodka quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:  
Debet 27416     
Kredit 21302 TB “B”   
Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish 
va  bu  vakillik  hisobvarag‘iga  mablag‘larni  o‘tkazish  har  bir  kelib  tushgan 
yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun 
barcha  to‘lov  hujjatlari  bir  vaqtning  o‘zida  27416  hisobvarag‘ining  ham  debeti,  
ham krediti bo‘yicha aks  ettiriladi.  
Bu  hol  har  bir  operatsiya  bo‘yicha  va  mos  ravishda  kun  yakunlari  bo‘yicha 
27416 - hisobvarag‘ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi.27416 – hisob 
raqamining  0  ga  yopilishi  tijorat  banklari  o‘rtasida  hisob-kitoblarning 
muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko‘rsatadi.  
Turli  tipdagi  bosh  tijorat  banklarining  vakillik  hisobvarag‘i  bo‘yicha 
chiqariladigan  ko‘chirmalarda  27416  –  shaxsiy  hisobvaraqda  va  hudud  ichidagi 
o‘tkazmalar jurnalida aks ettiriladi.  
Hisob-kitob  markazidan  elektron  to‘lov  mablag‘  oluvchi  Bosh  bankka 
o‘tkaziladi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov Bosh bankka kelib 
tushganda dasturiy yo‘l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi: 
Debet  22204  “Filiallar  va  banklararo  hisob-kitoblar  bo‘yicha  to‘lanadigan 
hisobvaraqlar”B filial 
Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i”  B bank 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish