Bank hisobi va audit


  .Banklarda  kassa  operatsiyalarini  tashkil  qilish,  bank  kassalarining



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232
1.  .Banklarda  kassa  operatsiyalarini  tashkil  qilish,  bank  kassalarining  
turlari 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 
asosiy  funkciyalaridan  biri  pul  emissiyasidir.  Banknotalar  va  tangalar 
ko‘rinishidagi  naqd  pullar  mamlakat  hududidagi  hisob  kitoblarda  cheklanmagan 
miqdorda qabul qilinuvchi yagona to‘lov vositasidir.  
 
 
7-rasm. O‘zbeksiton Respublikasi milliy valyutasi-banknotalar 
 
O‘zbekistonda  muomalada  bo‘lgan  naqd  pullar,  ya’ni  banknota  va  metall 
tangalar  kredit  pullar  bo‘lib  hisoblanadi.  Muomalaga  pul  chiqarish  iqtisodiyotni 
kreditlash  tartibida  amalga  oshiriladi.  Muomalaga  pul  chiqarish  va  olishning 
mutlaq  huquqi  O‘zbeksiton  Respublikasi  Markaziy  Bankiga  berilgan  bo‘lsada, 
lekin  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  naqd  pul  bilan  ta’minlash  asosan  tijorat 
banklari orqali amalga oshiriladi. 
Aholi  va  turli  korxona  va  tashkilotlar,  aholi  guruhlari  o‘rtasidagi  hisob 
kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga ish haqi, nafaqa, 
mukofot,  gonorar,  komandirovka  xarajatlari  to‘lashda  va  aksincha,  aholi 
tomonidan  savdo  tashkilotlari,  maishiy  xizmat,  madaniy  oqartuv  tashkilotlari, 
dehqon  bozori,  oziq-ovqat  va  kiyim-kechak  bozorida  aholi  guruhlari  o‘rtasidagi 


 
80 
 
aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.  
Naqd  pul  aylanmasi  hajm  jihatidan  naqd  pulsiz  aylanmaga  nisbatan  ancha 
kam  bo‘lsada,  iqtisodiyotdagi  iqtisodiy  aloqalarning  normal  holatda  tashkil 
etilishida  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  naqd  pul  ishlatiladigan  sohalarida 
tovarlarning sifati nazorat qilinadi.        
Har  bir  tijorat  bankida  korxona  va  tashkilotlarga  kassa  xizmatini  ko‘rsatish 
uchun  bir  qancha  kassalar  tashkil  etiladi,  ya’ni  bank  muassasasi  o‘z  tarkibida 
tarkibiy  bo‘linma  –  kassa  operatsiyalari  bo‘limiga  ega.  Kassa  operatsiyalari 
bo‘limida bajariladigan  kirim va chiqim  kassa operatsiyalari   Markaziy bankning 
“Emissiya-kassa  ishlari  va  naqd  pul  tushumini  inkassatsiya  qilish”  to‘g‘risidagi 
566-sonli    hamda  “Tijorat  banklarida  kassa  ishini  tashkil  qilish,  inkassatsiya  va 
qimmatliklarni  tashishga  doir  yo‘riqnoma”  (Ro‘yxat  raqami  1831,  2008  yil  27 
iyun) asosida tashkil etiladi. 
Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa operatsiyalari 
bo‘limi  tarkibida  quyidagi  kassalar  tashkil  etiladi.  Kirim  kassasi,  chiqim  kassasi, 
kirim-chiqim  kassasi,  maydalab  berish  kassasi,  qat’iy  hisobda  turadigan 
blankalarni berish kassasi, kechki kassalar tashkil etiladi.  
Ko‘rsatib o‘tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa xodimlarining 
belgilangan  shtatidan  kelib  chiqqan  holda  bank  muassasasi  farmoyishiga  binoan 
tashkil  etiladi.  Yirik bank  muassasalarida kassa operatsiyalari bo‘limini  boyliklar 
bilan  ishlashdan  ozod  etilgan  xodim,  ya’ni  kassa  operatsiyalari  bo‘limining 
boshlig‘i  boshqarishi  lozim.  U  kassa  apparati  ishi  ustidan  nazorat  o‘rnatadi  va 
uning  ishiga  rahbarlik  qiladi,  hamda  kassa  ishini  to‘g‘ri  tashkil  qilish,  bank 
muassasasidagi  barcha  boyliklarning  ishonchli  va  to‘liq  saqlanish  uchun  rahbar 
bilan teng darajada javob beradi. 
Kassa  operatsiyalari  bo‘limlarining  boshliqlari  egallab  turgan  lavozimlariga 
Markaziy  bank  va  tijorat  banklarning  viloyat  boshqarmalarida  tayinlanadilar, 
tasdiqlanadilar  va  undan  ozod  etiladilar.  Bo‘lim  boshlig‘i  yoki  kassa  mudiri 
lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxslar tayinlanadi. 
Operatsiya  kassasi,  har  bir  kassirning  ish  joyi  kabina  o‘rnatish  orqali  ajratib 
qo‘yilishi  lozim.  Bunday  holda  boyliklar  saqlanishi  ustidan  mas’ul  bo‘lgan 
shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug‘iladi. 
Kassirlar  stolida  qulflanadigan  tortmalar  bo‘lishi  kerak,  uning  kod  nomerini 
faqat  kassirlar  bilishi  kerak.  Kassirlar  kun  davomida  boyliklarni  saqlash  uchun 
seyflar,  metall shkaflar,  boyliklarni  tashish  uchun  aravachalar bilan  ta’minlanishi 
lozim.  Mijozlarga  xizmat  ko‘rsatiladigan  darchalarga  ichkari  tomonidan 
qulflanadigan eshikchalar o‘rnatilishi lozim. 
Kassirlarning  o‘z  pullari,  ustki  kiyimlari  hamda  shaxsiy  narsalari  kassa 
tarmog‘ida,  biroq  kassa  xonasidan  tashqarida  o‘rnatilgan  shkaflarda  yoki  maxsus 
ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim. 
Operatsiya  kassalarining  kassirlari  kirim  va  chiqim    kassa  hujjatlarini 
imzolash  vakolatiga  ega  bo‘lgan  hisob-kassa  xodimlarining  imzolari  namunalari 
bilan,  kirim-chiqim  kassa  operatsiyalarini  rasmiylashtirish  bilan  shug‘ullanadigan 
hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar imzosining namunalari bilan ta’minlanishi 
kerak. Imzolar namunalarini tegishli xodimlarga o‘z vaqtida berish va ular bekor 


 
81 
 
qilingach,  qaytarib  olish  ustidan  nazoratni  bank  muassasasining  bosh  buxgalteri 
amalga oshiradi. Ro‘yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra yangilanib turiladi. 
Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini tashkil qilish 
uchun  yangi  hisobvaraqalar  rejasining  “Aktivlar”  bo‘limida  bir  nechta 
hisobvaraqlar  ochilgan.  Hozirgi  amalda  bo‘lgan    hisobvaraqlar  rejasida  “Naqd 
pullar  va  kassa  hujjatlari”  nomli  10100  asosiy  hisobvarag‘ida  kassa 
operatsiyalarining  hisobi  olib  boriladi.  Bu  asosiy  hisobvaraq  bo‘yicha  bir  nechta 
yordamchi hisobvaraq, ya’ni subschet ochilgan:  
10101 
- Aylanma kassadagi naqd pullar 
10102 
- Naqd pullar zaxirasi 
10103 
- Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar 
10105 
 - Cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari 
10107 
- Bankomatlardagi naqd pullar 
10109 
- Yo‘ldagi pullar 
10111 
-  Bank  binosida  joylashmagan  operatsion  kassalardagi  naqd 
pullar 
 
Yuqorida  ko‘rsatilgan  barcha  hisobvaraqlar  ham  mazmun  jihatidan  aktivdir, 
ularda  qoldiq  va  mablarlarning  ko‘payishi  debet  tomonida,  mablag‘larning 
kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish