Bank hisobi va audit


  Kirim  kassa  operatsiyalari  bo’yicha  hujjatlar  aylanishi,  hisobi  va



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232
 
2.  Kirim  kassa  operatsiyalari  bo’yicha  hujjatlar  aylanishi,  hisobi  va 
nazorati.  
Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag‘larini o‘zlari tanlagan banklaridagi 
tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, ya’ni bankka topshirilgan 
naqd  pul  bank  kassasiga  kirim  qilinadi,  topshirilgan  pul  summasi  korxona 
hisobvarag‘iga yoziladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi aholidan naqd pulning 
qabul qilinishi majburiy ravishda nazorat kassa apparatlarini qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi.  Naqd  pullarning  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  topshirilishi  bankning  pul 
muomalasi bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. 
 
Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi. 
Endi  kirim  kassa  operatsiyalarini  bajarish  tartibi  haqida  batafsil  tanishib 
chiqamiz. Kirim  kassa  operatsiyalarini  bajarishdagi asosiy  hujjat  - bu badalnoma, 
ya’ni pul topshirganlik haqidagi e’londir. Pul topshirishdan avval mijoz tomonidan 
ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badalnomaning o‘zi 3 qismdan iborat: 
1. Badalnomaning o‘zi. 
2. Order. 
3.  Kvitansiya. 
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko‘rsatkichlar to‘ldirilishi shart. Ya’ni 
hujjat  rasmiylashtirilgan  sana,  mijoz  korxona  nomi,  uning  hisob-kitob  ya’ni  talab 
qilib olinadigan depozitlar hisobvaraqasi nomeri, operatsiya mazmuni, ya’ni nima 
maqsadda  pul  topshirilayotganligi,  pul  topshirayotgan  shaxsning  familiyasi,  ismi, 
pul summasi to‘liq ko‘rsatilishi va imzo qo‘yilishi kerak. Badalnomaning nomerini 
esa  uni  qabul  qilayotgan  mas’ul  bank  xodimi  bankka  kelib  tushayotgan 


 
82 
 
badalnomalarni  qayd  etish  tartibida  belgilaydi.  Badalnomani  qabul  qilish  bankda 
asosan  nazoratchiga  yuklatiladi.  Ba’zi  banklarda,  ularning  ichki  tartibidan  kelib 
chiqqan  holda  bu  vazifa  shu  korxonaga  xizmat  ko‘rsatuvchi  mas’ul  ijrochi 
tomonidan  yoki  bosh  buxgalter  yordamchisi  tomonidan  bajariladi.  Hujjatni  qabul 
qilib  olgan  bank  xodimi  uni  uchala  qismining  bir  xil,  to‘liq  va  to‘g‘ri  
to‘ldirilganligini  tekshirib  chiqadi,  agar  operatsiya  o‘tkazish  mumkin  deb  topsa, 
hujjatning  barcha  qismlariga  o‘z  imzosini  qo‘yib,  ushbu hujjatni kassaning  kirim 
jurnaliga  qayd  etadi.  kunning  oxirida  kassaning  kirim  operatsiyalari  bo‘yicha 
quyidagi  bugalteriya  yozuvlari  amalga  oshiriladi.  Ya’ni  bu  holda  bank  kassasi 
bilan    birga  pul  topshirgan  korxona  hisobvarag‘ida  ham    topshirgan  summada 
mablag‘ ortadi.                          
Debet 10101 – Bankning aylanma  kassasidagi naqd pullar  
Kredit 20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan  depozitlari 
Agar  pul  topshiruvchi  korxona  xususiy  korxona  bo‘lsa,  u  holda  quyidagi 
buxgalteriya provodkasi bajariladi.  
Debet   10101 –    
Kredit  20208 –    
Bu  buxgalteriya  yozuvlaridan  shuni  ko‘rish  mumkinki,  bir  tomondan  bank 
kassasi,  ikkinchi  tomondan  korxona  depozit  hisobvarag‘i  ko‘payyapti,  bu 
hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, shuning uchun bank balansining 
har ikkala ham aktiv, ham passiv tomoni bir xil summaga ortadi. 
Mijozlarga bank  tomonidan  kreditlar  naqd  pulda  berilgan  bo‘lsa ular  albatta 
naqd pul ko‘rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan olingan kredit grafik 
asosida  belgilangan  muddatlarda  naqd  pul  topshirish  orqali  qaytariladi.  Agar 
kreditni qaytarish  uchun naqd pullar bankka topshirilsa, bu operatsiya   quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi asosida bajariladi. 
 
Debet – “Aylanma  kassadagi  naqd  pullar” 
Kredit – “Mijozlarning  kredit bo‘yicha tegishli   hisobvarag‘i” 
 
Agar olingan kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lovi  naqd pulda amalga  oshirilgan  
bo‘lsa: 
Debet   10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” 
Kredit  16309 – “Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar”    
  
Umumiy  qilib,  kassaning  kirim  opertsiyalari  bo‘yicha  hujjatlar  aylanishini 
quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish