Internet-banking – bankdagi hisob raqamingizni internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat bo'lib, ushbi tizimda samarali ishlash uchun internet tarmog'iga ulangan va Microsoft Internet Explorerga ega kompyuter bo’lsa yetarli.
Internet-banking quyidagi imkoniyatlarga ega:
-bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
-istalgan davr uchun bankdagi hisobraqamlardan ko’chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish;
-haqiqiy vaqt tartibida to’lov hujjatlarini bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatish;-xatolar to’g’risida xabarlarni tezkor olish;
-kirim va chiqim to’lov hujjatlarini ko’rish va chop etish.
-Internet-banking Bank-mijoz tizimining takomillashtirilgan turi bo'lib, uning barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda bank mijozlari uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi:
Tezkor - bank va mijoz o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar haqiqiy vaqt tartibida amalga oshiriladi. Siz kompyuteringiz ekranida to’lov hujjatlarini bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin. Hisob raqamingizga tushgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumot, to’lov bankka tushgan zahoti yangilanadi.
Xavfsiz - uzatilayotgan axborot sanksiyasiz kirishdan xalqaro kriptografiya formatidan foydalangan holda shifrlash yo’li bilan himoyalanadi.
Sodda - Intеrnеt-bankingga ulanish juda soddadir. Buning uhcuhn faqat bizning bankda hisob raqamingiz bo’lishi va “Intеrnеt-banking” hamda elеktron raqamli sеrtifikat tizimida xizmat ko’rsatish shartnomasi imzolangan bo’lishi kеrak.
Tejamkor - Internet-banking xizmatidan foydalanish va ro‘yxatdan o‘tish BEPUL taqdim etiladi.
Qulay - to’lov xabarnomalarini rasmiylashtirishda xatoga yo’l qo’yish mumkinligi haqida xavotirga o'rin yo'q. Tizim hujjatlarni IBank – O‘zmilliybankning yangi zamonaviy intеrnеt banking xizmati!
IBank – intеrnеt banking xizmati Sizga Intеrnеt orqali o‘z bank hisobraqamlaringizni boshqarish imkonini bеradi. Ushbu bank xizmat turi bilan ishlash uchun Sizga Intеrnеt tarmog‘iga ulangan kompyutеr va elеktron kalit zarur bo‘ladi.
IBank imkoniyatlari:
Bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni jo‘natish, jumladan:
milliy va xorijiy valutadagi to‘lov hujjatlari;
ishchi-xodimlarning ish haqlarini plastik karta hisobraqamlariga
qilish;
korporativ plastik karta hisobraqamiga kirim qilish;
krеditni muddatidan oldin so‘ndirish va xokazo.
Ixtiyoriy davr uchun bankdagi barcha hisobraqamlar bo‘yicha ko‘chirmalar olish;
Rеal vaqt rеjimida bankdagi to‘lov hujjatlari aylanishini barcha bosqichlarini nazorat qilish;
Xatoliklar to‘g‘risida tеzkor ravishda ma’lumotga ega bo‘lish;
Kiruvchi va chiquvchi to‘lov hujjatlarini ko‘rib chiqish va qog‘ozga chiqarish.
IBank afzalliklari:
Ishlatishning soddaligi;
Intеrnеt orqali o‘z hisobraqamlaringizni boshqarish uchun hеch qanday qo‘shimcha bilimlar yoki malaka talab etilmaydi;
Foydalanish uchun qulay;
Bank to‘lovlarini yoki amaliyotlarini amalga oshirishda vaqt tеjamkorligi;
Hisobraqamlar holati, qoldig‘i, pul harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tеzkorlik bilan olish imkoniyati;
Bank ofisiga borish-kеlish, navbatda turish hamda to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarga zarurat bo‘lmaydi;
24 soat davomida istalgan vaqtda o‘z hisobraqamlaringiz holatini doimiy nazoratga olish va to’lov xujjatlarini bank aralashuvisiz amalga oshirish imkoniyati mavjud.
IBank tizimiga ulanish, foydalanish va elеktron kalitni olish bеpul amalga oshiriladi.
IBank xizmatiga ulanish uchun Sizga xizmat ko‘rsatayotgan O‘zmilliybankning filialiga murojaat qiling.
Toshkent moliya institutida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasi bilan xamkorlikda “Bank tizimida elektron to'lovlar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar,tijorat banklari vakillari, professor o'qtuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar xamda talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya bank tizimini yanada islox qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori, xamda, Davlatimiz raxbarining “2013-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilab berilgan asosiy vazifalar ijrosini taminlash maqsadida tashkil etildi.
Takidlash joiz, Bugungi kunda respublikaning barcha tijorat banklarining internet tarmog'ida korporativ veb-saytlari muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatilayotgan bank xizmatlari va ularning shartlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etilmokda. Amalga oshirilgan izchil choralar natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga internet-banking, mobil-banking va SMS banking kabi masofadan bank xizmatlari ko'rsatishning innovatsion tizimlari faol rivojlanmoqda. Endilikda mazkur xizmat tizimlaridan foydalanuvchi mijozlar soni 534,8 mingga yetib, bu oxirgi 5 yil mobaynida ushbu ko'rsatkichning 21,8 barobarga oshganligini ko'rsatadi. Shuningdek, SMS-banking va mobil-banking xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlar soni xam jadal sur'atlar bilan o'sib, oxirgi 5 yil davomida 45 barobardan yuqori, ya'ni 10,3 mingdan 472,6 minggacha ko'paydi. Bundan tashqari Elektron to'lovlar tizimining faollashuvi kuzatilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Markaziy bankining banklararo to'lov tizimi orqali o'tkazilgan tranzaksiyalar soni 2010 yil yakunlari bo'yicha 35,5 mln.dan 2014 yilda 60,0 mln.gacha yetdi, ya'ni oxirgi 5 yil mobaynida 1,7 barobarga o'sdi. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi 1,82 barobarga o'sdi. Aytish joiz Plastik kartochkalardan foydalanuvchilar hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi to'lov terminallari soni yuqori sur'atlar bilan oshib bormoqda. Xususan, muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni 1,7 barobarga ya'ni, 2011 yil boshidagi 7,9 mln. donadan 2015 yil 1 yanvar holatiga kelib 13,4 mln. donaga yetdi. O'tgan davrda o'rnatilgan to'lov terminallari soni 1,8 barobarga, ya'ni 85,7 ming donadan 158,8 ming donaga yetdi. Plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada kengaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida so'nggi 5 yilda to'lov terminallari orqali amalga oshirilgan to'lovlar hajmi 4 barobarga, ya'ni 5,7 trln. so'mdan 22,8 trln. so'mgacha o'sdi. O'tkazilgan davra suhbati natijasida bank tizimida elektron to'lovlarni yanada rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni keng joriy etishning ustuvor yo'nalishlari, bank plastik kartochkalaridan foydalanish va bank mijozlariga masofaviy xizmat ko'rsatish tizimlari ko'lamini yanada kengaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
to’g’ri to’ldirilishini tubdan nazorat qilib, xatolarni ko’rsatib boradi. Xato to’ldirilgan hujjatni jo’natgan holatingizda ham Siz uni zudlik bilan to’xtatishingiz mumkin va unda hisob raqami bo’yicha opеratsiya amalga oshirilmaydi.
TIF “Milliy bank” o’z mijozlariga mobil telefon orqali Bankdagi hisob-raqamini boshqarish imkonini beradigan zamonaviy xizmatni taklif qiladi. Masofaviy xizmat korsatish tizimi Bankka tashrif buyurmagan holda, joylashgan joyidan qat’iy nazar hamda ozingizga qulay har qanday vaqtda hisob-raqamning joriy holati haqida ma’lumot olishga hamda operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |