"O‘zmilliybank" AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:
Men ishlab chiqarish amaliyotini o’tagan bankdagi faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat :
∆ Xizmat ko‘rsatish sifati va tеzkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish;
∆ Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdеk, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar bеrish va axborot ko‘magini ko‘rsatish;
∆ Aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish;
∆ Birinchi navbatda milliy valutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini divеrsifikatsiya qilish;
∆ Savdo-eksport moliyalashtirish biznеsi mahsulotlarini rivojlantirish va uning gеografiyasini kеngaytirish, shuningdеk, rеspublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish;
∆korporativ mijozlarga invеstitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish vajoylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish kabilardir.
Bank boshqaruv raisi
Barcha tijorat banklaridagi har birtta bo’lim a’zolari va rahbarlarining o’z vazifalari huquq va majburiyatlari mavjud bo’lib ular quyidagilardir :
Bank faoliyatiga doir barcha masalalarni hal etadi, ushbu Ustavda O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining Bank Kеngashi va Boshqaruvining vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir;
ishonchnomasiz Bank nomidan ish ko‘radi, rеspublika organlari, korxonalari va tashkilotlarida, shuningdеk boshqa davlatlarda Bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Bank nomidan vakillik qiladi;
Bank Kеngashi tomonidan bеlgilanadigan tartibda bank mol-mulkini tasarruf etadi, ko‘chmas mulk bundan mustasno;
shartnomalar, bitimlar, shu jumladan, mеhnat shartnomalari tuzadi;
ishonchnomalar bеradi;
mablag‘larni, shu jumladan, xayriya ehsonlari uchun tasarruf etish huquqidan foydalanadi, xizmat safariga, vakillik qilishga va boshqa maqsadlarga sarflanadigan xarajatlarning eng yuqori miqdorini bеlgilaydi;
Bank uning filiallari va vakolatxonalarining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Bank xodimlarining mеhnatiga to‘lanadigan haq, shuningdеk boshqa daromadlari shakli va miqdorini mustaqil bеlgilaydi;
xodimlarni mukofatlash to‘g‘risidagi, tuzilma bo‘linmalari haqidagi, Bank xodimlari lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;
Bankning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan bo‘yruq, farmoyishlar chiqaradi;
O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankida kеlishishni va tasdiqlashni talab qilmaydigan Bankning uslubiy ko‘rsatmalarini, yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;
Bank faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi, hal etadi.
Bo‘linmalar faoliyati boshqaruvini amalga oshiradi va nazorat qiladi:
Axborot va bank xavfsizligi dеpartamеnti;
Bankni strategik rivojlantirish departamenti;
Transformatsion ofis;
Birinchi bo‘lim;
Bank-moliya akadеmiyasi.
“O’zmilliybank “ AJ ga 2021 yil 25 dekabrda faoliaytini amalga oshirishga ruxsat etilgan bo’lib litsenziyasini quyida ilova etgan holda ko’rsatganman.
Men amaliyotni o’tagan bankda hamma tashkilotlardagi kabi har bir ishchi xodimning ish joyidagi o’zini yurish turishi uchun axloq odob kodekslari tartib qoidalari ham mavjud ekan bo’lib ular har brtta xodim ishga olinayotgan vaqtda tanishtirilar ekan.va ular ish joylarida shu axlob odob kodeksiga amal qilishlari majburdirlar.Bank xodimlari amal qilishi zarur bo’lgan kodeksni ilova qildim.
Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan.
Kodeks banklarning barcha xodimlari rioya etadigan odob-ahloq haqidagi me’yoriy hujjat bo’lib hisoblanar ekan.
Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-ahloqiga rioya etishlari, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-ahloq me’yorlariga muvofiqligining qo’shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo’lib xizmat qiladi.
Shuningdek men amaliyot o’tagan bankda har bir xodimning o’z majburiyatlari va har bir mijozlar va hamkorlari oldida ham majburiyatlari mavjud bo’lar ekan ularni ham quyida ilova qilib o’tdim.
BANKNING O’Z AKTSIYADORLARI OLDIDAGI MAJBURIYATI
Aktsiyadorlarni bank faoliyatini boshqarishda, dastavval hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda korporativ tamoyillarga asoslangan holda ularning real ishtirokini ta’minlash;
aktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yishga yo’l qo’ymaslik;
bank boshqaruvi organlari faoliyatida maksimal shaffoflikka erishish, aktsiyadorlarni bank faoliyati haqida doimiy va o’z vaqtida axborotlar bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish.
BANKLARARO HAMKORLIK BO’YIChA ASOSIY MAJBURIYATLAR
munosabatlarni ishonch va hurmat asosida o’rnatish;
ishga aloqador bo’lgan hamkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki ushbu munosabatlar bilan belgilangan shartnomaviy va boshqa o’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish tamoyiliga qat’iy amal qilish;
raqobatchilar bilan munosabatlarda odob-ahloqning yuqori etik standartlariga rioya qilish va bunda bank siyosati, raqobatchini tanqid qilishga emas, balki o’z xizmatlari va xodimlarining sifati va raqobatbardoshligiga e’tiborini qaratishi lozimligini nazarda tutish lozim;
kelishmovchilik va munozaralar yuzaga kelganda muzokara va murosaga kelish yo’llarini izlashga ustuvorlikni berish;
haqqoniy raqobatchilik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, yangi mijozlarni jalb qilish uchun qonunchilikka xilof bo’lgan choralarni ko’rmaslik.
MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARDAGI ASOSOIY MAJBURIYATLAR
banklarning mijozlar bilan munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi. Shu bilan birga, bank xodimlari mijozlarga nisbatan iltifotli, xayrixoh va e’tiborli bo’lishlari kerak;
umumqabul qilingan yagona mazmundagi ibora va so’zlarni ishlatishlari va o’zaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida qurishlari lozim;
bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va talab etiladigan texnik talablarga mos kelishi lozim;
ko’rsatiladigan xizmatlar va bank mahsulotlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar taqdim etishda, mijozlarda qiyinchlik tug’dirgan masalalarning echimini topishda ko’mak ko’rsatish zarur;
mijozlarning murojaatlarini o’z vaqtida va har tomonlama ko’rib chiqishlari zarur; bank xodimlari mazkur Kodeks talablariga qat’iy rioya qilishlari zarur;
bank xodimlari tomonidan mazkur Kodeksga zid harakatlarni amalga oshirilishiga yo’l qo’ymaslik borasida tegishli choralarni qabul qilish.
BANKLARNING O’Z XODIMLARI OLDIDAGI MAJBURIYATLARI
xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnatga haq to’lashda va xizmat pag’onasidan ko’tarilishida har qanday kamsitishga yo’l qo’ymaslik;
xodimlarning professional o’sishiga, ularning salomatligini va ijtimoiy farovonligini mustahkamlashda tegishli mehnat sharoitlarini yaratib berish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish;
xodimlarni yuridik va ma’muriy tomondan qo’llab-quvvatlash;
bank farovonligini ta’minlash uchun xodimlarning shaxsiy manfaatdorligini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini va tashabbuskorligini rag’batlantirish;
xodimlarni tasdiqlangan standartlar asosida tegishli kiyim-kechak formasi bilan ta’minlash (ilovada keltirilgan);
xodimlarning jamotchilik faoliyatida ishtirok etish huquqini hurmat qilish.
KORPORATIV XULQ ODOBI QOIDALARI
o’z jamoasini va mehnatni qadrlaydi, bankning umumiy ishi uchun o’zida javobgarlik hissini tarbiyalab borishi zarur;
korporativ xulq odobi qoidalarini va qabul qilingan qo’shma qarorlarni hurmat qilishi, jamoa ishlarida ishtirok etishi, ishbilarmonlik va samarali hamkorlikka intilishlari zarur;
hamkasblari va mijozlar bilan muloqot davrida xayrixoh bo’lishlari lozim;
bank tizimi obro’sini tushirishga va bank xodimini mehnat imijini pastga urilishiga yo’l qo’ymasligi zarur;
bank tizimining yaxshi an’analarini saqlashi, bank tizimida yangi ish boshlagan xodimlarga ushbu an’analarni, kasbiy tajraba va ko’nikmalarni etkazishi zarur.
XIZMATDAGI ODOB-AHLOQ QOIDALARI
mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida bank tizimining roli va o’rnini chuqur anglashi lozim;
Davlat va korporativ manfaatlarni himoya qilishda qat’iyatli bo’lishi zarur; qonunchilik va bank faoliyati tamoyillariga qat’iy rioya qilishi zarur;
bank xodimlari turli xolatlarda o’z harakatlarida, qabul qilgan qarorlarida odob-ahloq talablariga rioya etgan holda yuqori darajada o’zini boshqarishi va tutishi lozim;
bank yoki uning mijozlariga zarar keltirishi mumkin bo’lgan axborotning tarqatilishiga yo’l qo’ymasligi, bank va tijorat sirini saqlashi zarur;
shaxsiy manfaat yoki boshqa shaxslarning g’ayriqonuniy manfaatlarini qondirish uchun xizmat mavqeidan foydalanmasligi kerak;
xizmat mavqei va o’zining shaxsiy hatti-harakati bilan qonunga va odob-ahloq qoidalariga xilof harakatlarni amalaga oshirishga yo’l qo’ymasligi, bank xodimi o’zining rostgo’ylik, insoflilik va pok vijdnlilik fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi zarur
ISHGA DOIR ODOB-AHLOQ QOIDALARI
o’zlarining ishga doir madaniyatlarini namoyon qiluvchi tashqi kiyim va ko’rinishlarini doimiy ravishda kuzatib boradilar va odmi ko’rinishdagi uslubga, tajribaga, xushmuomalalik va odoblilik qoidalariga rioya qiladilar;
hamkasblar bilan o’zaro munosabatlarda xushfe’llik va xayrixohlikni namoyon qiladilar, ish yuzasidagi munosabatlarda subordinatsiyaga rioya qiladilar;
boshqa tashkilotlar xodimlari va fuqarolar bilan munosabatlarda ishchanlik uslubiga va xayrixohlikka rioya qilgan holda, professionallik va bosiqlikni namoyon qiladilar; rasmiy uchrashuvlarda ish tartibiga qat’iy rioya qiladilar;
o’zlarining va boshqalarning vaqtini qadrlaydilar. Og’zaki va yozma ravishda tushunarli, aniq va lo’nda fikr bildiradilar; mazkur Kodeks ilovasiga muvofiq, tijorat banklari xodimlari uchun kiyim va tashqi ko’rinishga oid talablar bo’yicha o’zlarining tashqi ko’rinishlariga mos holda ishbilarmon va ozoda ko’rinishda bo’ladilar.
BANKLARNING MAS’ULIYATI
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasining Umumiy yig’ilishiga aybdor bankni Assotsiatsiya ishtirokchilari qatoridan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
Mazkur Kodeks qoidalarini buzgan banklarni javobgarlikka tortish uchun asoslarni aniqlash va ularga mas’uliyatni yuklash O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi Kengashi zimmasiga yuklatiladi.
BANK XODIMLARINING MAS’ULIYATI
Mazkur Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo’llanilishi mumkin.
Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilish bo’yicha nazorat tizimi hamda xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
Bank mijozlariga, shu jumladan kichik …biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda bank
xodimlarining ishbilarmonlik va kasb odobiga rioya etishlari lozim bo’lgan
T A L A B L A R
Xizmat ko’rsatish madaniyatining xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me’yorlari va qoidalariga rioya etgan holda, bank faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq xizmat ko’rsatishni tashkil etish.
Bank xodimining xulqi, kasbiy odob-ahloq Kodeksi talablariga rioya etish.
Xizmat ko’rsatish madaniyati, muomala va muloqot odobi, bank xodimlarining kiyimi va tashqi ko’rinishiga qo’yilgan talablarga rioya etish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash.
Xizmatlar ko’rsatishda byurokratizm va sansalorlik xolatlariga yo’l qo’ymaslik.
Halollik, beg’arazlik va adolatlilik tamoyillari asosida ish yuritish.
Mijozlar bilan iltifotli va xayrixohlik ruhida muomala qilish.
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:
bankni tashkil etish bo‘yicha biznes rejaning maqbulligi;
bank ustav kapitalining etarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
daromadlilikning istiqbollari;
tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obro‘si;
bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi
Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
bankni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi;
bank ustav kapitali miqdori;
muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni to‘lash miqdori va tartibi;
muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ kollegial va maslahatlashuv organlari
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning bank hatarlarini nazorat qilish Qo‘mitasi – Bankning Kuzatuv kengashi qarori bilan tuzilgan bo‘lib, doimiy ravishda faoliyat yuritadigan va kollegial-maslahatlashuv organi hisoblanadi. Qo‘mitaning asosiy maqsadi Kuzatuv qo‘mitasiga Bank xatarlarini boshqarishning sifatli, samarali va zamonaviy tizimini yaratish va uni belgilangan darajada ishlashini amalga oshirishni ta'minlashdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ Auditorlik qo‘mitasi – mazkur Qo‘mitaning asosiy maqsadi Bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar kerakli darajada ishonchli bo‘lishi ustidan nazorat o‘rnatish hamda, Bank faoliyati risklarini minimallashtirish orqali “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning investorlari va omonatchilari qiziqishlarini himoya qilishdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ aktivlar va pasivlarini boshqarish qo‘mitasi – mazkur qo‘mita Bankning bo‘linmalari harakatlarini yo‘naltirish maqsadida tuzilgan bo‘lib Bankning kollegial organi hisoblanadi. Qo‘mitaning vazifasi Bank balansi likvidligining zarur darajasini yo‘naltirish, kapital adekvatliligi, daromadning rejalashtirilganligi, foydani maksimallashtirish va boshqalarni ta'minlashdan iborat.
“O‘zmilliybank” AJ ning kredit qo‘mitalari – Bank bo‘linmalarining kredit faoliyatini yo‘naltirish va tartibga solish, kredit mahsulotlari, shu jumladan, faktoring, kafolat, akkreditiv, lizing operatsiyalarini taqdim etish bo‘yicha qaror qabul qilish hamda, kreditlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa savollarni muvofiqlashtirish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan.
“O‘zmilliybank” AJ investisiya qo‘mitasi – doimiy amaldagi kollegial organ bo‘lib, uning maqsadi amaldagi qonunchilik va Bankning Investisiya siyosati asosida qabul qilingan va Bankning Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi qarorlarining ijrosini muvofiqlashtirish va tartibga solishdan iborat.
“ O‘zmilliybank ” AJ ning reytingi darajasi
Men amaliyot o’tagan bankning tashkil etilganinga 30 yil bo’lib jahon banklaridan namuna olgan holda barcha tarmoqlari o’rnak bo’la oladigan darajada rivojlanib kelayotgan banklar qatoridan joy olgan. "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ o‘z faoliyatini 30 yil davomida amalga oshirib, O‘zbekistonning eng yirik banklaridan biriga aylandi.Ushbu moliya instituti faoliyatining barqarorligi “Standard & Poor’s”, “MOODY’S”, “Fitch” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari baholari bilan tasdiqlaniladi.2020 yil 9 iyun kuni “Standard & Poor’s” agentligi O‘zmilliybankka "Salbiy" prognozi bilan BB-/B darajasida kredit reytingini taqdim qildi. Ushbu “Salbiy” prognoz agentlik tomonidan O‘zbekistonning suveren reytingi prognozi yil boshida qayta ko‘rib chiqilgani hisobida berilgan.2020 yil 28 iyul kuni “MOODY’S” agentligi O‘zmilliybankiga "B1" darajada milliy valyutada va "B2" darajada xorijiy valyutada uzoq muddatli reyting depozitlarini taqdim etdi. Depozitlar reytingi bo‘yicha prognoz - "barqaror" bo‘lib, bu yaqin 12 oy davomida O‘zmilliybankning barqaror bozor pozisiyasini va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi.O‘z navbatida, Fitch Ratings agentligi 2020 yil 19 avgust kuni emitent defolti bo‘yicha O‘zmilliybankka "Barqaror" prognozi bilan «BB-» uzoq muddatli reyting va "B" qisqa muddatli reytinglarni taqdim etdi. "Barqaror" prognozi suveren reyting bo‘yicha prognozni aks ettiradi. Aholining istе’mol ehtiyojlari uchun foydalaniladigan O‘zbеkiston Rеspublikasida ishlab chiqarilgan quyidagi tovar va xizmatlarni sotib olishga ajratiladi:
Tijorat bankidagi blokchen texnalogiyalari asosida yaratilgan bank maxsulotlariga to’xtalib o’taman va ularni yoritib o’taman :
TIF “Milliy bank” mijozlarga hozirda barcha banklarda keng qo’llaniladigan xizmat turlari orqali o’z mijozlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga innovatsion xizmat ko’rsatib kelmoqda. Jumladan:
Internet-banking xizmati;
Mobil bank xizmati;
SMS-banking;
MMS-banking;
Home-banking xizmatlari orqali mijozlar masofadan turib o’z o’zlariga bank xodimlari yordamisiz xizmat ko’rsatishlari mumkin.
Endilikda ularga ta’rif berib o’taman birma bir yoritaman :
Do'stlaringiz bilan baham: |