REJA;
Kirish;
I. Asosiy qism ;
1.1 Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘ining yoriqnomasi majburiyati va javobgarligi.
1.2 Texniklarni nazorat qilish turlari.
1.3. Texnikalarni qabul qilish va topshirish tartibi.
II. Xulosa;
III. Foydalanilgan adabiyotlar;
KIRISH
Bugungi kunda dunyodagi xalqaro ahvol, mintaqamizdagi notinch vaziyat armiyamiz oldiga yangi va yanada mas’uliyatli vazifalarniqo‘ymoqda. Bu qurolli kuchlarimizni tubdan isloh qilish, barcha zarur qurol-yarog‘ va texnika vositalari bilan ta’minlangan, tezkor, jangovar qobiliyati yuqori, ixcham, yuksak professional tayyorgarlikkaega bo‘lgan armiyani shakllantirishni taqozo etmoqda.
Dunyoda o‘zgarib borayogan harbiy-siyosiy vaziyatdan milliy armiyamizni yanada isloh qilishni, har jihatdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga professional jihatdan tayyor turishni talab qiladi. Bunday sharoitda Qurolli Kuchlarimizni yanada modernizatsiya qilish va ularning jangovar tayyorgarligi, mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga o‘z vaqtida va munosib zarba berish qobliyatini oshirishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan murakkab sharoitda yadroviy texnologiyalar va ommoviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi tobora kuchayib borayotgan qarama-qarshilik, siyosiy va diniy radikalizm va diniy ekstremizm chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda mojarolarning davom etayotgani birinchi navbatda bugungi kunda kiber jinoyatchilik,axborot texnologiya kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda salbiy informatsion ta’sir ko‘rsatishi kabi xalqaro xavsizlikka nisbatan ilgari surilmagan xaf-xatarlarning avj olayotgani yetarli darjada baho bermaslik va bu holatlarga beparvo bo‘lish mutlaqo mumkin emas.
O‘zbekiston mustaqillikga erishganidan keyin, har bir sohada muayyan yutuqlarga erishmoqda. Mamlakatimiz yildan yilga dunyoda va mintaqamizda o‘z mavqeyini ishonchli mustahkamlab bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xafsizlikka tahdid va borqarorlik shartlari taraqqiyot kafolatlari ” asarida O‘zbekiston Respublikasi milliy xafsizligini ta’minlashni aosiy tamoyillari va yo‘nalishlarini belgilab berar ekan. Bunda kuchli safarbarlikga ega bo‘lgan ,yaxshi qurollangan va har tamonlama tayyorgarlik ko‘rgan Qurolli Kuchkar zarurligini alohida uqtirib o‘tadi. Zamonaviy jangovar harakatlar tezroq harakterga ega, harakatlar keng frontda, katta chuqurlikda yuqori templarda aniq vazifalarni ko‘zlab olib borishga qaratilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun komandirlar olingan jangovar vazifani chuqur anglab, tezkor qarorlar qabul qilaolish , qo‘shni bo‘linmalar bilan uzliksiz hamkorlikda bo‘lishlari , o‘zgaruvchan holatni oldindan ko‘ra bilishlari, qo‘shinlar holatini hartomonlama tahlil qilaolishlari kerak bo‘ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |