Laboratoriya ishi topografik karta bilan ishlash



Download 0,79 Mb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#208473
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Laboratoriya ishi


1-LABORATORIYA ISHI

TOPOGRAFIK KARTA BILAN ISHLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarda karta masshtabini hisobga olgan holda masofalarni o‘lchash, turli masshtablardagi karta varaqlarini nomenklaturasini va nomenklaturasi bo‘yicha karta masshtablarini aniqlash, shuningdek topografik kartada masalalar yechish usullari bilan tanishish.

Geografik karta – bu ma’lum matematik qoidalar asosida tekislikda qurilgan yer yuzasining tasviridir.

Karta masshtabi deb, kartadagi chiziq uzunligi joydagi haqiqiy kattaligidan necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi munosabatga aytiladi.

Masshtab kartaning har bir varag‘ida ramkaning janubiy (pastki) tomonida sonli (sonli masshtab) va grafik (chiziqli masshtab) ko‘rinishida ko‘rsatiladi.

Sonli masshtab umumiy holda ya’ni biron bir uzunlik o‘lchov tizimiga bog‘liq bo‘lmagan holda kartalarda 1:M munosabat ko‘rinishida ifodalanadi. Bu yerda M – joydagi chiziq uzunliklarini kartada tasvirlashda necha marta kichraytirilganligini ko‘rsatuvchi son. 1:50000 masshtab kartadagi uzunlikning istalgan birligi joydagi 50000 xuddi shunday birlikka to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Sonli masshtabdan karta bo‘yicha o‘lchash ishlarida amaliy foydalanish uchun bevosita masshtab kattaligini ko‘rsatuvchi sanoq sondan ya’ni kartadagi 1sm ga to‘g‘ri keladigan joydagi masofadan foydalaniladi. 1:50000 karta uchun masshtab kattaligi 500m ga teng.

Bundan kelib chiqadiki, joydagi chiziq uzunligi masshtab kattaligini kartada santimetrlarda o‘lchangan kesma uzunligiga ko‘paytmasiga teng. Misol: 1:100000 masshtabdagi kartada 3,95sm kesma uzunligi joydagi d=1km x 3,95=3,95km masofaga to‘g‘ri keladi. Qoidani eslab qoling: agar munosabatning o‘ng qismidagi oxirgi ikkita nolni o‘chirilsa, u holda qolgan son kartadagi 1sm joydagi necha metrga to‘g‘ri kelishini ya’ni masshtab kattaligini ko‘rsatadi.

Chiziqli mashtab bevosita kartadan masofalarni (kilometrlarda, metrlarda) aniqlashga mo‘ljallangan grafikni ifodalaydi. Ammo dala sharoitida qo‘shilgan (aralash) kartalar bilan ishlashga to‘g‘ri kelganda undan nisbatan kam foydalaniladi, kartadagi kesmalar esa millimetrli (masshtabli) chizg‘ich yordamida o‘lchanadi.

Bir necha masshtablarni taqqoslaganda mahraji (yoki munosabatning o‘ng qismidagi son) kichik bo‘lgani katta va aksincha mahraji qancha katta bo‘lsa, masshtab shuncha kichik bo‘ladi. Faraz qilaylik, bitta joy uchastkasi uchun 1:25000, 1:50000 va 1:100000 masshtabli kartalar mavjud. Ulardan 1:25000 masshtab eng kattasi, 1:100000 masshtab esa eng kichigi bo‘ladi.

Karta masshtabi qancha katta bo‘lsa, joy unda shunchalik batafsil, to‘liq tasvirlangan bo‘ladi. Karta masshtabining kichrayishi bilan unga tushiriladigan joy detallarining miqdori ham kamayib boradi. Bitta joy uchastkasi uchun turli mashtabli kartalardagi tasvirlarni taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, 1:25000 va 1:50000 masshtabli kartalarda ko‘rsatilgan kichik o‘lchamli ko‘llar, dala va boshqa grunt yo‘llari, shuningdek boshqa mahalliy predmetlar va rel’yef detallarini 1:100000 va 1:200000 masshtabli kartalarda ifodalab bo‘lmaydi.

Joyning kartografik tasviri o‘lchamlari, karta tafsiloti, o‘lchashlar aniqligi karta masshtabiga bog‘liq bo‘ladi.

Topografik kartalarga joyni batafsil tasvirlovchi 1:1000000 va undan yirik mashtabli umumgeografik kartalar kiradi.

Kartalarni alohida varaqlarga bo‘lish tizimi grafalarga bo‘lish, karta varaqlarini nomlash esa nomenklatura deb ataladi.

Topografik kartalar meridian va parallellar bilan alohida varaqlarga ajratiladi. 1:1000000 masshtabli kartalarni grafalarga ajratish uchun butun Yer yuzasi parallellar yordamida qatorlarga (har 4°da), meridianlar yordamida kolonnalarga (har 6°da) bo‘linadi. Hosil bo‘lgan trapetsiya tomonlari 1:1000000 masshtabli karta varag‘i chegaralari bo‘lib xizmat qiladi. Qatorlar ekvatordan boshlab ikkala qutblarga tomon A dan V gacha lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Kolonnalar esa 180° meridiandan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon arab sonlari bilan belgilanadi. Karta varag‘i nomenklaturasi qator o‘rnini ko‘rsatuvchi harf va kolonna nomeridan iborat. Misol: Toshkent shahri joylashgan varaq K-42 bilan belgilanadi (1.1-rasm).




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish