Ehtiros (havas)– Kuchli va shu bilan birga uzoq vaqt davom etadigan, qandaydir bir qiziqish, intilish va faoliyat bilan bog’liq bo`lgan barqaror his-tuyg’ulardir. Masalan, kishi fan, musiqa, sportga havas quyishi mumkin. Kishilarda ularning psixik va jismoniy holatiga yomon ta’sir ko`rsatadigan havaslar ham bo`ladi. Ular orasida ichkilikbozlikka, narkotiklarga (giyohvandlikka), qimor o`yinlariga hirs qo`yishni ko`rsatish mumkin. Agar kishi o`zida ana shu havaslarni yengish uchun iroda kuchini topa olmasa, ular uning sog’ligiga zarar yetkazadi va hatto halokatga ham olib borishi mumkin. Ayrim havaslar ancha barqaror bo`lib, uzoq davom etadi va kishini hayajonlantirib, nisbatan osoyishta o`tadi. Lekin shunday his-tuyg’ular ham borki, ular kimda paydo bo`lmasa, uni ayniqsa, kuchli va chuqur larzaga keltiradi. Psixologiyadagi bunday emotsional holatlarni stressli (zo`r berish) holatlar deb atash qabul qilingan.
Stress – odamni kuchli, chuqur larzaga keltiradigan his-tuyg’ular oqibatidagi emotsional holat. Ular kuchli psixik zur berishlarda: xavf – xatar vaqtida, ortiqcha jismoniy va aqliy mehnat qilishda, faoliyatning juda qiyin va mas’uliyatli damlarida vujudga keladi. Birinchi bo‘lib stress bo‘yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar. U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda «Psixika va tana» asari yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o‘zgarishlariga optimal (to‘la) moslasha oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. muvozanatIYA (lotincha – aldanish, haddan tashqari kutish, xafa bo`lish). Maqsadga erishishga xalaqit beradigan sabablar ostida paydo bo`lgan holat. Odam tajang, jahldor bo`ladi. Oqibatda odam nevroz kasaliga duchor bo`ladi.
Frustratsiya (lot. Frustratio — addanish, rejalarning barbod boʻlishi) muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yoʻlidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib boʻlmaydigan yoki subyektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo boʻladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. Frustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bogʻliq. Frustratsiya holatida shaxsning vaziyatni toʻgʻri baholash qobiliyati muhimdir. Shu bois turmushning nokulay taʼsirlariga qarshi kurashish uchun odam feʼlatvorida barqarorlikni shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi feʼlatvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini koʻrsatuvchi, shuningdek, oʻtkinchi holat boʻlishi mumkin. Frustratsiya, asosan, salbiy hissiyotlar uygʻotadi. Frustratsiyaning turlari: tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, gʻamginlik tuygʻusi, oʻziga ishonmaslik, kuchsizlik, mayuslik va b. Frustratsiyaning tajovuzkor holati koʻpincha oʻzini tuta olmaydigan, qoʻpol odamga xos boʻlsa, depressiya holati oʻziga ishonmaydigan shaxsga taalluklidir.Eng oddiy emotsiyalar asosida shartsiz reflekslar , miya po`stlog’i ostida ruy beradigan jarayonlar yotadi. Lekin miya po`stlog’i ostida ruy beradigan jarayonlarni miya katta yarim sharlari po`stlog’ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. Katta yarim sharlar po`stlog’idagi shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar tizimlari ancha murakkab his-tuyg’ularning fiziologik asosidir.
His-tuyg’ularning paydo bo`lishiga dinamik (kuchli), stereotip (qattiq) katta ahamiyatga ega. Pavlov to`qnashuvlar, qo`zg’alish va tormozlanish jarayonlarining turtkilari yoqimsiz kechinmalarning sababi bo`ladi deb hisoblagan. Emotsional holatda pustloq ostining, xususan, ko`rish bo`rtmasi deb ataluvchi orgganning faoliyati ham bir muncha rol o`ynaydi. Katta yarim sharlar po`stlog’i tomonidan nazorat qilinadigan qo`zg’alishlar o`sha joydan boshlanadi. His-tuyg’ularning biror maqsadni ko`zlashi va pritsipialliligiga shuningdek ularning ta’sirchanligi kishining so`zi bilan ishi bir bo`lgan barkamol shaxsga aylantiriladi. Ko`p narsani boshidan kechirsa ham, lekin passiv bo`lib qoladigan o`z tuyg’ulariga muvofiq ravishda harakat qilish uchun hech bir chora-tadbir ko`rmaydigan kishilarni esa sentimental kishilar deb ataydilar. Odamning ko`proq uchrab turadigan psixik holatlariga qarab, jahldor, quvnoq, ma’yus kishilarga ajratish mumkin. Ma’naviy his-tuyg’ular shaxsni jiddiy xarakterlab beradi. Agar ular kishini muayyan ijobiy harakatlarga undaydigan bo`lsa, bu hol shaxsning yuksak ma’naviy darajaga ega ekanligidan dalolat beradi. Qarama-qarshi his-tuyg’ularning kishilarga g’arazgo`ylik va hatto nafrat bilan qarash, rangi sovuqlikning kishini toshyurak , shafqatsiz o`zidan boshqani sevmaydigan befarq shaxsiyatparastga aylantiradi.O`zining emotsiyalarini boshqara bilish kishi hayotida katta ahamiyatga egadir. O`zining his-tuyg’ularini yaxshi bosib tura oladigan shaxs mayda, tuban kishini ezadigan kechinmalardan ancha yuqori turadi va chinakamiga baxtiyor bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |