Bajardi: guruh talabasi Rahbar: " " kafedrasi


Kurs ishining tuzulishi va hajmi



Download 136,59 Kb.
bet3/16
Sana14.06.2023
Hajmi136,59 Kb.
#951094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Umumiy psixalogiya1

Kurs ishining tuzulishi va hajmi:ushbu kurs ishi kirish,ikki bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.


I.BOB EMOTSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


1.1Emotsiyaning maqsad va vazifalari uning turlari
Emotsiya (lotincha emoveo larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori boʻlganida emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki taʼsir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiyani oʻrganish, hosil boʻlgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi. Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun emotsiyalar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi
Inson xulq-atvorini boshqarishda emotsiyaning rolini baholash qiyin. Emotsiyani o’rgangan barcha olimlar, ularning motivatsiyaga undovchi kuch ekanligini, ularni ehtiyojlar va ularning qondirilishi bilan bog'liqligini ttakidlashad. Emotsiya borasida tadqiqotlar olib borilayotganligiga 100 yildan oshdi, emotsiyalar haqida tomlar yozilgan, juda ko’plab murakkab eksperimentlar o’tkazilgan, lekin shunga qaramay XXI asrda «emotsiyalarga aniq ilmiy tushuncha berib bo’lmaydi» kabi fikrlarni uchratish mumkin.
Hissiyot yoki tuyg‘u – emotsiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki, bunda tashqi ta’sirotning xarakteri va shaxsning unga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi. Hissiyot so‘zilotin tilidan kiritilgan bo‘lib, “hayajonlantiriaman”, degan ma’noni anglatadi.2 “Hissiyot” ko‘p hollarda emotsiya so‘zi bilan bir ma’noda ishlatiladi. Hissiyot shaxsning voqiylika bo‘lgan munosabati va unihisqilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoji va qiziqishlari bilan bog‘liq yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardir. Biror narsadan huzurlanish ba’zan behuzur bo‘lish, suyunish, qayg‘urish, muhabbat, qahrug‘azab, g‘ayratvashijoat, qo‘rqish, iztirobchekish, tashvish, xotirjamlik kabi holatlarning harqaysisi hissiyot yoki emotsiyaga misol bo‘la oladi. Bu tuyg‘ular kishida harqanday ijtimoiy sharoitda ham bo‘ladi. Biz his bilan sezgi o‘rtasidagi farqni o‘quvchilarga aniq tushuntirishimiz zarur. Ko‘pincha “Hidini his qildim”, “Ko‘nglim alla nechuk xavotirni sezayapti” deyishadi. Ammo haqiqatda hid bilishs ezishdir, xavotirlanish- hissiyotning mahsulidir. Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir. Insonning hissiyotiga ko‘ra, uning holatihaqida fikr yuritish mumkin. His-tuyg‘ular – kishiningo‘zhayotidanimalaryuzberayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bulayotganiga nisbatan o‘zichaturli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuy g‘ularning kechishi sub’ekt alohida his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-birnarsani idrok etish va tushunib etish, biror narsa tug‘risida bilib olish idrok etilayotgan, ushuni bolinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan birgalikda ro‘yberadi. Shuhollarning barchasida histuyg‘ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so‘z yuritiladi
Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo‘l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a’zolar faoliyatining va holatining o‘zgarishida, uchinchidan tabiatda, ya’ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi.His-tuyg‘ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo-ishora, vajohat va qaddu-qomatning o‘zgarishi, ayiruv, tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (so‘lak ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning faol o‘zgarishlari, «ovoz mimikasi» va gaplar tarkibining sintaksis o‘zgarishi, «tutilmasdan gapirish», yoki alohida «silliqlik» hamda «ifodalilik»ning yuzaga kelishi nihoyat hissiyot o‘zining to‘la qisman ifodasini topadigan xatti- harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalari vaqtida nutqining tezligi o‘zgaradi. Ko‘pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ahamiyati o‘zgaradi. O‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, g‘amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, so‘zlashgan kishining tovushi ham bo‘linib-bo‘linib chiqadi.
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti- harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «yulduzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turg‘unov lug‘atida stenik hisga quyidagi ta’riflar uchraydi: stenik hislar – shaxsning hayot faoliyatini kuch-g‘ayratining orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi.Ba’zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi. Shu sababdan favqulotda shaxsdagi befoyda emotsional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o‘zining aniq tashqi ifodasiga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Emotsional o‘zgarishlar organizmning tashqi o‘zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko‘rinishiga qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini, g‘azablanganligini yoxud biror narsadan qo‘rqib ketganini va shu kabi his- tuyg‘ularning ko‘pini aytib bera olamiz. Hissiyotlarning tashqi alomatlari ifodali harakatlar deb ataladi.Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi.
Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a’zolarining ishlarida o‘zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg‘ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg‘ular ustun kelganda kamayadi, qo‘zg‘algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo‘r berish vaqtida- sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo‘rquvda sekinlashadi va hokazolar.
Turli emotsional holatlarda nafas olishning o‘zgarishi
A)Nafas olish bir minutiga 17 marta;
B)xafalikda 9 marta;
D) qo‘rqishda 64 marta;
C)Jahl chiqqanda 40 marta.
Ikkinchidan, emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi
Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo‘ladigan yanada chuqur o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi.Demak, emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, aft-bashara va qad-qomatning o‘zgarishlari, ayrim tashqi sekretsiya bezlarining faoliyati yosh so‘lak, ter ajralishi hamda ayrim harakatlarning xususiyatlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni ularning tezligi, kuchi, koordinatsiyasi va hokazolar kiradi.Emotsiyalarning eng aniq va yaqqol ko‘rinishlaridan biri kulgi bilan yig‘idir.
L.N.Tolstoy o‘z asarlarida odamning ruhiy holatini ifodalovchi nigohlarning 85 xilini va kulishning 97 xilini tasvir etgan. «Har xil sabab bilan yig‘lagan paytda odamning boshi va og‘zi har xil qiyofada o‘zgaradi» - degan edi. Leanardo da-Vinchi.
Rus psixologi P.M.Yakobson tomonidan ishlangan rasmlardan ko‘rinib turibdiki, odamning aftidagi qiyofa asosan lablar, qosh va ko‘z o‘zgarishlarining bir-biriga nisbatan turlicha holatga, shuningdek, ko‘zning qanchalik chaqnab turishiga bog‘liqdir.3 Ko‘zning qanchalik chaqnashi ko‘z yoshining miqdori, ko‘z shilliq pardasidagi tomirlarning kattalashuvi bilan belgilanadi. Maskaning tagida ko‘rinib turgan ko‘z o‘zining ifodasini yo‘qotgan bo‘ladi. Ko‘z, lab, qovoq, qoshning har xil holati, xatto odam chehrasini ham turli qiyofaga kiritadi.
Odam hissiyotlarini bildirishning eng nozigi va eng kuchlisi san’at, xususan, muzika bilan lirik she’rlardir, ularni tom ma’noda hissiyotning tili deyish mumkin.Odam o‘zini va gavda harakatlarini, shuningdek tovushni ataylab chiroyli qilib ko‘rsatishi mumkin. U garchi «muayyan hissiyotlarni o‘zi kechirmayotgan bo‘lsa ham o‘sha hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar qila oladi.Har bir kishi ham o‘z hissiyotlarining tashqi ifodalarini ma’lum darajada o‘zgartirishi mumkin. Odamlarni kundalik muomalalarida badanning xilma-xil ifodali xarakatlari, imo-ishoralar xususan, ko‘z bilan qilinadigan imo-ishoralar, tovushning ohangi, g‘amginligi muhim ahamiyatga ega. Shunchaki bir xo‘mrayish, salgina jilmayib kulish, еlka qisish kabi ifodali harakatlar kishining maqsadini anglatadi.
Tibbiy manbalarda yozilishicha, emotsiyalarning stenik va astenik turlari farqlanadi. Emotsiyalarning stenik turi insonni ishonch, energiya, quvonch, kuch-g‘ayrat bilan boyitadi. Astenik emotsiyalar esa salbiy bo‘yoqdorlikka ega tuyg‘ular bo‘lib, ruhiyatni ezishi, insonni g‘amginlikka solib qo‘yishi mumkin. Inson ijobiy hislarni (stenik emotsiyalar) qancha ko‘p tuysa, ifodalasa, organizmda baxt gormoni bo‘lmish serotonin va endorfin ishlab chiqarilishi ortadi. Bu esa umumiy tananing turli salbiy omillarga qarshi kurashish qobiliyatini mustahkamlaydi. Kishi “yengilmas” bo‘lib boradi. Kayfiyati ko‘tariladi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Bunday insonlar, albatta, kasalliklarga chalinmaydi va baxtli hayot kechiradi.
Emotsiyalar aktiv yoki passiv bo`lishi mumkin. Agar kishi hayajonlangan, diqqati kuchaytirilgan bo`lsa (masalan imtihon oldida turgan talaba) yoki alohida ko`tarinkilikni (ijodiy ish davrida) his qilsa, uning tuyg’ulari aktiv bo`ladi. Aksincha kishining holati noaniq bo`lsa, his-tuyg’ulari ham sust o`tib boradi. His-tuyg’ularning aktivligi ularni stenik (g’ayrat o`yg’otuvchi) tuyg’ularga aylantiradi. Ular kishining kuch va g’ayratini oshiradi. Aksincha, emotsiyalarning passivligi shunda ifodalanadiki, ular astenik (bushashtiruvchi) tuyg’ularga aylanib, ishchanlikni, g’ayratni pasaytiradi. Stenik tuyg’ularga mardlik, jangovar ruh, g’alaba quvonchini kiritish mumkin. Astenik tuyg’ular qayg’u – xasrat, umidsizlik, loqaydlik va hokozolardir. Emotsiyalar intensivlik va davomiylikning turli darajasiga ega bo`ladi. Ba’zan ular uzoq davom etsa ham, lekin sust bo`ladi. Boshqa vaqtda xuddi shu kishida ular juda kuchli davom etib, uni yetarli o`ylab ko`rilmagan harakatlar qilishga undaydi. Emotsiyalar ko`pincha kishining xulq atvoriga alohida bir hissiy oxang bagishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-tuyg’ular birdaniga paydo bo`lib, shiddatli va nisbatan tez o`tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qisqa muddatli kechinmalar psixik yoki emotsional holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga kayfiyatlar, affektlar (qattiq hayajonlanish), hirslar, frustratsiya, stressli holatlar kiradi.

Download 136,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish