Kayfiyat – zaif yoki o`rtacha kuchga ega bo`lgan va odatda ancha barqaror emotsional holatdir. Frantsuz yozuvchisi Mopassan bunday degan edi: «Bizning vaqti chog’ligimizni qayg’uga, laqmaligimizni azobga aylantiradigan o`sha sirli ta’sirlar qaerdan kelib chiqadi? Men juda xursand bo`lib o`yg’onaman, qo`shiq aytgim keladi. Buning sababi nima? Daryo bo`ylab pastga tushaman va unchalik ko`p sayr qilmay, tusatdan uyga g’amgin bo`lib qaytaman, guyo uyda meni qandaydir falokat kutayotgandek. Buning sababi nima?». Bu avtorga sababsiz bo`lib tuyulgan tipik kayfiyatning namunasidir.
Inson kayfiyatini paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi quyidagi ikkita omillarni tahlil qilish lozim: Ulardan bittasi obyektiv va subyektiv xususiyatli vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki issiqligi); b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchisini bir manba sifatida talqin qilish mumkin, bu-subyektiv, shart- sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliyatiga kerakli vositalarning mavjudligi. Ikkinchi subyektiv munosabatlar, iliq psixologik muhit, muloqatmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatiga tegmaslik, teng xuquqlilik, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokozo.
Affekt – tez paydo bo`ladigan, nihoyat darajada kuchli, g’oyat jushqinlik bilan o`tadigan qisqa muddatli emotsional holat. Masalan, birdaniga achchiqlanish, g’azablanish, to`satdan qo`rqish. Bu paytda odam o`zini boshqara olmay qoladi. Affektiv holatning paydo bo`lishi miya pustlog’ida kuchli qo`zg’alish manbaining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Buning natijasida tormozlanish jarayonlari sussayadi va katta yarim sharlar po`stlog’i pustloq osti markazlaridan kelayotgan shiddatli impul’slar oqimini nazorat qilish, bostirish imkoniga ega bo`lmay qoladi. Shunday qilib, miya po`stlog’i bilan pustloq osti faoliyati o`rtasidagi zarur muvozanat o`zgaradi. Lekin har bir kishi bu emotsional ta’sirlanishga qarshi kurasha olishi mumkin. Masalan, g’azabning oshganini his qilgan vaqtingda o`z fikringni qandaydir boshqa bir predmetga qaratishga intilish ayniqsa muhimdir. Bu affekt holatiga uning boshlanish vaqtidayok barham berishga, dastlabki ta’sirlanishni tezda bosish qiyin bo`ladigan kuchli tuyg’ularga aylanishning oldini olishga yordam beradi.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan: 1) teatr tomoshabinlarida; 2)tantana nashidasini surayotgan olomonlarda; 3)es-xushini yo‘qotgan telbasimon odamlarda; 4) ilmiy kashfiyot laxzasida; 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda, jo‘shqin shodliklarda mujassamlashadi.Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini tushunish, o‘zini qo‘lga olish, uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, o‘ylamasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar ma’suliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir harakati uchun javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lgandan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish, barcha narsalarga loqayd munosabat, harakatsizlik, faollikning barham topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi sodir bo‘lib turishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |