O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona davlat universiteti
Matemetika-informatika fakulteti
“Matemetik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi
“Matematik analiz” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ikki karrali integrallarning tadbiqlari va taqribiy hisoblash
Bajardi: 20.04-guruh talabasi: G.Ergasheva
Ilmiy rahbar: o’qituvchi: F.Mamanazarova
FARG’ONA – 2022
Reja
KIRISH
ASOSIY QISM
1-§. Ikki karrali integral ta’rifi
2-§. Ikki karralari integrallarni taqribiy hisoblash
3-§. Ikki karrali integrallarning ba’zi tadbiqlari
4-§. Sirt yuzi va uning ikki karrali integral orqali ifodalanishi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 oymi, o’rganinglar. Agar bugun o’rganmasak, ertaga kech bo’ladi! Shavkat Mirziyoyev
Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob – axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz , qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan ,kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati bo’lib, mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar, ya’ni 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashini ko’z oldimizga keltirsak, juda e’tibor g’amxo’rlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga ko’rsatiladigan e’tibor ertaga ulkan yutuq va natijalarni ham beradi. Chunki hozir O’zbekiston mehnat resurslarning yarmidan ko’pi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan bo’ladi.
Mamlakatimizda eng katta e’tibor mustaqil fikrlaydigan, tashabusskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash qaratilgan bo’lib, bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ”Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi rivojlantirish bo’yicha ”Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi’’ gi PF – 4947 – son, 2017 – yil
5 –iyuldagi ” Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida ”gi PF-5106- son ,
2018- yil 25- yanvardagi ”Umumiy o;rta maxsus va kasb – hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi PF – 5313 – son farmonlari, shuningdek, ko’plabqaror va yoshlarga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan. Ayniqsa, bu borada ”Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo’llab – quvvatlashning huquqiy mehanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ma’lumki, maskur qonun 4 bob, 33 moddadan iborat bo’lib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakillantirish, ularning intelektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish. Unda va belgilangan normalar yoshlar huquq va erkinliklarini ta’minlagan.
Yoshlarda matematika faniga qiziqishni kuchaytirish, iqtidirli bolalarni seleksiya qilib, iqtisoslashtirilgan maktablar va keyinchalik oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish ishlarini to’g’ri tashkil qilish kerakligi takidlandi. Bolalar uchun mazkur fandan oddiy va tushunarli tilda yozilgan ommabop darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish, matematik ongni, kerak bo’lsa, bog’chadan boshlab shakillantirish vazifasi qo’yildi.
Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev Miromonovich.
Matematika fani bo’yicha o’quvchi, talaba va o’qituvchilar o’rtasida turli tanlovlar o’tkazib, g’oliblarni munosib rag’batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrundorlarga beriladigan mukofotlarni ko’paytirish muhimligi qayd etildi.
O’qitish sifatini yangi bosqichga ko’tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash bo’yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy o’quv yurtiga o’qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi.
Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to’liq mustaqillik berish lozimligi ko’rsatib o’tildi.
Mamlakatimizda matematika fani bo’yicha nufuzli xalqaro anjumanlar o’tkazish, davlat byudjeti va ” El – yurt umidi ” jamg’armasi hisobidan har yili yuz nafar olimni xorijdagi ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga yuborish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |