“Ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish”



Download 142,71 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi142,71 Kb.
#905025
Bog'liq
Isroilova Hilola


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Fizika va kimyo” fakulteti,
“Ilmiy va metodologik kimyo” kafedrasi
Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi
IV bosqich 19/3-guruh talabasi
Isroilova Hilola Abdakim qizining

“Ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish” mavzusidagi
Bitiruv malakaviy ishi bo’yicha yarim yillik
HISOBOTI
Ilmiy rahbar: Ilmiy va metodologik kimyo kafedrasi
p.f.f.d.dotsent (PhD) Shayzakova D.A
Ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda maktab o’quvchilari orasida kimyo faniga bo’lgan qiziqish susayganini ko’p uchratishimiz mumkin. Buning sababi ularda bir savol bor: “Kimyo fanini o’rganish menga nima uchun kerak, uning menga nima foydasi bor?” . Ana shunday savollardan kelib chiqqan holda hayotiy faoliyatimizdan foydalanib, ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyilidan foydalangan holda o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni oshirish zarur.
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng islohotlar o’quvchilarning bilim olishlari uchun yo’l ochib bermoqda. Ana shunday sharoitardan foydalangan holda o’quvchilarni o’z faniga qiziqtirish zamonaviy pedagogning eng muhim vazifasi hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi: Tanish va notanish vaziyatlarda o’rgangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish malakasiga ega bo’lish uchun ta’lim va hayot o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish.
TADQIQOTNING VAZIFALARI:
Metodik tahlillarni amalga oshirish uchun adabiyotlarni tahlil qilish.
Diagnostik usullarni tanlash va aniqlashtirish
Kimyoga qiziqish uyg’otish uchun imkoniyatlar yaratish mumkin bo’lgan vositalar majmuasini aniqlash.
Maktab o’quvchilarida kimyo faniga bo’lgan qiziqishnishakllanganligini aniqlash uchun tajriba ishlanmasini ishlab chiqish.
Pedagogika, psixologiya va kimyo o’qitish metodikasida ushbu mavzu muammosi holatini aniqlash.
BMI ning obyekti: Umumiy o’rta ta’lim
maktabidagi o’quvchilarda ta’lim va hayot
o’rtasidagi bog’liqlik tamoyili asosida kimyo
faniga bo’lgan qiziqishni shakllantirish
jarayoni;
BMI ning predmeti: Umumiy o’rta
ta’lim maktabining 7-8-9-11-sinf
o’quvchilarida kimyo faniga bo’lgan
qiziqishni amaliy tajribalar orqali
shakllantirish
ADABIYOTLAR TAHLILI
Biz izlanishni boshlar ekanmiz tarixga nazar tashlamaslikning iloji yo’q. Tadqiqotlarning ilk bosqichlari ham tarixga borib taqaladi. Kimyo o`qitish metodikasida hayot bilan bog`liqlik tamoyilini amalga oshirish asosida kimyoga qiziqishni shakllantirish masalasi bir necha bor ko`tarilgan. Maktab o‘quvchilarining kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini ta`lim va hayot o`rtasidagi bog`liqlik tamoyili asosida ularning bilish faolligini, qiziquvchanligini va mustaqil fikrlashini rivojlantirish zamonaviy maktabning eng muhim vazifasidir. Zamonaviy umumta'lim maktabining uslubiy adabiyotlari va amaliyotida bu masalaga katta e'tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda ham jahonda ham kimyo o‘qitish metodikasi tarixida bu masala o‘quv dasturida boshqacha o‘rin tutgan.
Turli tarixiy davrlarda bu masalaga maktab kimyo kursida turlicha vaqt ajratilgan. Tarixiy sharoitga qarab o‘qituvchi faoliyati ham turli shakl va usullarga ega bo`lgan.
Kimyo o`qitish metodikasida kimyoning hayot bilan bog`lanishiga bag`ishlangan asarlar mavjud. I.M.Titova kimyo fani uchun o'quv motivatsiyasining turli jihatlarini yoritib bergan, G.V. Pichugina “Kimyo va insonning kundalik hayoti” kitobida inson hayoti sohasidagi kimyo bilan bog`liq muammolarga bag'ishlangan vazifalarni taklif qiladi, L.Yu.Alikberova tarixiy ma'lumotlarga va ko'rgazmali tajribalarga katta e'tibor bergan holda “Kimyo-jiddiy fan uni o’rganish oson emas, uni o’rganishning dastlabki bosqichida ma’lumotlar tushunarsiz bo’lsa, tez orada qolganlari ham tushunarsiz bo’lib qoladi va zerikishga olib keladi”-deb ta’kidlaydi. I.A.Linson kimyogarlarning eng yirik kashfiyotlari tarixi va usullarini ko'rib chiqadi. A.A.Jurin fanlar integratsiya masalasini o'rganadi. Izlanishlarga qaramay, hayot bilan bog'liqlik tamoyilini qo'llash asosida kimyoga qiziqishni shakllantirish masalasi hali to`liq o'rganilmagan. O‘qituvchilar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida ushbu masala holatini o‘rganish ham shundan dalolat beradi.
Bu masalani tarixiy nuqtai nazardan ko'rib chiqish muhim ahamiyatga ega, chunki o'tmishda rad etilgan ko'plab o'qitish shakllari va usullari endi yangi ma'no kasb etmoqda va kimyoviy bilimlarni amaliy qo'llash nuqtai nazaridan aniq ko'rib chiqilmoqda. O'rganishni hayot bilan bog'lash zarurati doimo qayd etilgan.
Ta`lim va hayot o`rtasidagi bog'liqlik tamoyilining rivojlanishiga D.I.Mendeleev katta hissa qo'shgan bo'lib, “insonlar fanlardan bitta adabiy-klassik yo'nalish belgilagandan ko'ra ko'proq hayotiy foyda talab qilsalar, mavzuni aniqroq tushunadilar”- deb ta’kidlagan. D.I.Mendeleyev kimyo o‘qitish tamoyillari va usullarini ishlab chiqdi va unda o‘qitish o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilarning ijodiy faolligini uyg‘otishga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT
Download 142,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish