AO‘D ― aktivlarning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha daromadliligi;
KS ― kapitallashtirish stavkasi;
korxona moliyaviy qo‘yilmalarining bozor qiymatini, shu jumladan korxonaning qimmatli qog‘ozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga investitsiyalarini, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarni aniqlaydi. Fond bozorida kotirovka qilinadigan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarning bozor qiymatini baholashda baholovchi ushbu qimmatli qog‘ozlarning bozordagi kotirovkalariga asoslanadi.
Tugatish qiymati usuli korxona tugatilganda va uning aktivlari alohida-alohida sotilganda mulkdor olishi mumkin bo‘lgan qiymatni aniqlashga asoslanadi.
Baholovchi korxona aktivlarining joriy qiymatini bu aktivlarning mo‘ljallanayotgan sotish sanasida aniqlangan, baholash sanasida aktivni sotish bilan bog‘liq tavakkalchilikni hisobga oluvchi diskontlash stavkasi bo‘yicha keltirilgan joriy qiymati sifatida aniqlanadi. Tugatish shartlari bilan bunday aktivni sotishga xos bo‘lgan muddatdan kamroq sotish muddati belgilangan bo‘lsa, aktivning bozor qiymatidan qisqartirilgan sotish muddatiga chegirmani ayirib tashlash talab etiladi.
Tugatish xarajatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tugatish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar ― vositachilarga haq, jalb qilinadigan tashkilotlar xizmatiga haq to‘lash, aktivlarni sotishda to‘lanadigan soliqlar;
aktivlarga ular sotilgunga qadar egalik qilish bilan bog‘liq xarajatlar ― tayyor mahsulot zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, ko‘chmas mulk obyektlarini saqlab turish xarajatlari va korxonani tugatish yakunlangunga qadar uning ishini quvvatlash bo‘yicha boshqaruv xarajatlari.
Korxonaning tugatish qiymati tugatish xarajatlari ayirib tashlangan aktivlarning joriy qiymati bilan korxona majburiyatlarining joriy qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Mulk ulushining qiymati korxonaning tugatish qiymatiga nisbatan mutanosib qism sifatida hisoblanadi.
4-Qo‘llanilgan yondashuvlar doirasida olingan natijalarni muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini hisoblash
Baholash natijalarini quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usuli;
matematik o‘lchash usuli.
Solishtirma o‘lchovlarni aniqlashda baholovchi quyidagi asosiy omillarni tahlil qilishi lozim:
tahlil va hisoblashlarga asos bo‘lgan axborotning ishonchliligi va yetarliligini;
baholash yondashuvi baholash obyektiga xos bo‘lgan narx belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligini;
yondashuv baholash obyektiga o‘xshash obyektlarning qoida tariqasidagi xaridorlari va sotuvchilari motivatsiyasini aks ettirishga qodirligini;
baholash yondashuvi hisoblanayotgan qiymat turiga muvofiqligini.
Baholash obyekti qiymatining yakuniy miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Kyak = Kxar * S1 + Kdar * S2 + Kqiyos * S3 , bu yerda:
Kyak ― baholash obyektining yakuniy qiymati;
Kxar, Kdar, Kqiyos ― tegishlicha xarajatga oid, daromadga oid va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar;
S1, S2, S3 ― har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli solishtirma o‘lchovlar. Bunda quyidagi shart bajarilishi lozim:
S1 + S2 + S3 = 1
Xulosa
“PROFESSIONAL EXPERTISE”MCHJdagi amaliyot jarayonida menda ko’plab ko’nikmalar hosil boldi, o’z ishimga yanada mas’uliyatliroq yondashish, tirishqoqlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, izlanish olib borish kabi ko’nikmalarga ega bo’ldim. Eng muhimi men amaliyot davomida baholash faoliyatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlab oldim. Garchi ushbu amaliyot tanishuv amaliyoti bo’lsa ham menda ulkan ijobiy taasurot, bilim va ko’nikmalar qoldirdi. O’zim uchun notanish bo’lgan terminlarni o’rganib ularni sharxlay oladigan bo’ldim. Endilikda amaliyot jarayonida o’rgangan bilim va ko’nikmalarimni astoydil o’qish jarayonida qo’llayman va albatta kelajakda o’z sohamning yetuk mutaxassisi bo’lish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
Mamlakatimzda ushbu faoliyatni yuksaltirish borasida ko’plab chora-tadbirlab qo’llanilib kelinmoqda. Bularning dalili qilib “O’zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti” yaratilgani,baholash faoliyat bo’yicha Jahon iqtisodiyotida yuqori o’rinlarda turgan mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasidagi say harakatlarni keltirsak bo’ladi. Kelajakda men ham albatta yetuk kadr bo’lib baholash faoliyati borasida ko’plab yutuqlarga erishib, o’z sohamni rivojlantirish uchun ulkan hissa qo’shishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.
Umumiy xulosa qilib aytadigan bo’lsam tanishuv amaliyoti biz kabi talabalar uchun juda foydali bo’lib,kelajakda o’z sohasining yetuk mutaxasisi uchun, talabada mutaxassislik yo’nalishi bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni olish uchun zamin yaratib beradgan ulkan shart-sharoit desak adashmagan bo’laman. Faqatgina bu imkoniyattan har bir talaba unumli foydalangan holda o’z bilim ko’nikmalarini mustahkamlab olishi kerak.
Men ham kelajakda shu imkoniyatlardan foydalangan holda o’z mutaxassizligim bo’yicha yetuk kadr bo’lib,O’zbekistonda baholash faoliyati rivojlantirmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |