Baholash ishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tanishuv amaliyoti hisobot I bajardi: Kamalov Yorqin To’lqin o’g’li Rahbar: Toshkent-2021 Mundarija Reja: Kirish betlar Asosiy qism



Download 1,32 Mb.
bet6/8
Sana07.09.2022
Hajmi1,32 Mb.
#848300
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2021 y hisobot

3-Xarajatli yondashuv
Xarajatlarni prognoz qilishda baholovchi:
xarajatlar tuzilishini, o‘zgarmas va o‘zgaruvchi xarajatlar nisbatini tahlil qiladi;
bir martalik va favqulodda xarajatlar moddalarini aniqlaydi;
amortizatsiyalanadigan aktivlar mavjudligidan, ularning bo‘lg‘usi ko‘payishi va hisobdan chiqarilishi prognozidan kelib chiqib, amortizatsiya ajratmalari miqdorini aniqlaydi;
jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha foiz to‘lovlari miqdorini bu mablag‘larning prognoz qilinayotgan miqdoriga muvofiq aniqlaydi;
korxonaning asosiy vositalar va aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qiladi;
korxona xususiy aylanma kapitalining ortiqchaligi yoki taqchilligini hisoblaydi;
uzoq muddatli qarzlar hajmining o‘zgarishlarini hisoblaydi (xususiy kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun).
Diskontlash stavkasini hisoblash uchun, pul oqimi turiga qarab, quyidagi usullarning biridan foydalanilishi mumkin:
xususiy kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun ― kapital aktivlarni baholash usuli, kumulyativ tuzish usuli va diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usulidan;
investitsiyalangan kapitaldan olinadigan pul oqimi uchun ― kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati modelidan.
bu yerda:
FV ― baholash obyektining prognoz davri tugagandan keyingi qiymati;
CF(t+1) ― prognozdan keyingi davrning birinchi yili uchun pul oqimi;
D ― diskontlash stavkasi;
g ― sotuv pul oqimining o‘sish sur’ati;
mo‘ljallanayotgan sotuv, u baholash obyektini sotish majburiyati mavjud bo‘lgan yoki bunday sotish muayyan turdagi biznesga xos bo‘lgan holda qo‘llaniladi. Sotuv narxini hisoblash pul oqimini qiyosiy baholash obyektlari sotuvlariga doir;
sof aktivlar qiymatiga doir;
tugatish qiymatiga doir ma’lumotlar tahlili asosida olingan koeffitsiyentlar yordamida qiymat ko‘rsatkichlariga qayta hisoblashdan iborat.
Baholash obyektining joriy qiymati POD usuli bilan prognoz davri pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi joriy qiymati yig‘indisi sifatida hisoblanadi.
Baholash obyektining bozor qiymatini olish uchun quyidagi tuzatishlarni kiritish talab etiladi:
pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud bo‘lsa) qiymati qo‘shiladi;
xususiy aylanma kapitalning ortiqcha qismi qo‘shiladi (taqchilligi ayiriladi);
agar korxona xususiy kapitalining qiymatini hisoblash uchun investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanilayotgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarzlar miqdori ayirib tashlanadi.
Baholash obyekti biznesdagi mulk ulushi bo‘lgan holda ham baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga qarab tuzatishlar kiritadi.
Baholash obyekti qiymatini daromadni kapitallashtirish usuli yordamida aniqlash ayrim davr (qoida tariqasida ― bir yil) mobaynida olingan daromad miqdorini shu daromadga muvofiq bo‘lgan kapitallashtirish stavkasiga bo‘lish yo‘li bilan, quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:
bu yerda:
PV ― joriy qiymat;
CF ― yil (yoki boshqa tanlangan davr) mobaynida olish kutilayotgan daromad;
R ― kapitallashtirish stavkasi.
Kapitallashtirilishi lozim bo‘lgan daromad miqdori quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
joriy daromadlar usuli bilan ― kapitallashtirilishi lozim bo‘lgan daromad miqdori sifatida so‘nggi hisobot davri ko‘rsatkichlari olinadi;
daromadning oddiy o‘rtacha miqdorini hisoblash usuli bilan ― kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning o‘rtacha miqdoriga teng deb olinadi;
daromadning o‘lchangan o‘rtacha miqdorini hisoblash usuli bilan ― kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning o‘lchangan o‘rtacha miqdoriga teng deb olinadi, bunda daromadni olish davri baholash sanasiga qancha yaqin bo‘lsa, uning ko‘rsatkichi vazni shuncha salmoqli bo‘ladi;
Xarajatga oid yondashuv usullari uchun umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:
Korxona qiymati = Aktivlar qiymati ― Majburiyatlar qiymati
Ishlab turgan korxonani sof aktivlar usuli bilan baholash uchun baholovchi baholash sanasiga qadar so‘nggi korxona buxgalteriyasi (yoki mavjud bo‘lganda konsolidatsiya qilingan/birlashtirilgan) balansi asosida baholash balansi (iqtisodiy balans)ni tuzadi. Iqtisodiy balansda korxonaning barcha, shu jumladan buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlari (masalan, gudvill) va majburiyatlari bozor qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Iqtisodiy balansni tuzishda baholovchi:
ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlaydi;
mashinalar, uskunalar va transport vositalarining bozor qiymatini aniqlaydi;
nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini aniqlaydi. Aktivlarning tarmoq bo‘yicha o‘rtacha daromaddorligi haqida axborot mavjud bo‘lsa, gudvill qiymati quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi (bunda korxonaning balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati o‘rtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar, baholashga kiritilmaydi):

SD ― korxona sof daromadi;
ABQ ― korxona aktivlarining bozor qiymati;

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish