O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“Neft va neft gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi
“MOYLAR VA MAXSUS SUYUQLIKLAR
TEXNOLOGIYASI”
fanidan kurs ishi
Mavzu: -
Mazutni vakuum sharoitida ikki bosqichda xaydash
BAJARDI:
24-16 guruhi talabasi
Usmonov M.E.
RAHBAR:
Butayev H.
Toshkent – 2020 y.
2 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
№
MUNDARIJA
Bet.
1.
KIRISH
3
2.
TEXNIK QISM (adabiy sharh)
8
3.
TEXNOLOGIK QISMI
19
4.
HISOBLASH QISMI(moddiy balans)
24
5.
XULOSA
25
6.
FOYDALANILGAN ADABIYODLAR
26
3 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
KIRISH
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni
neft- gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada
rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Neft-gaz sanoati
mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat
energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan
polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab
chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.
Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib
chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz
1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida
qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda
benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va
Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan
qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va
polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish
maqsadida
2030-yilgacha
geologiya-qidiruv
ishlari
olib
borish,
uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy
qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investits iya loyihasini amalga oshirish
belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar
koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.
Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga
geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya
qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash,
investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida
bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini
himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining
ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil
4 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot
izimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni
kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini
modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish
boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz
isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy
investitsiya va kreditlarni jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bungi kunda
tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli
mahsulotlar olinayotgan boʻlsa, kelgusi 10 yilda bu koʻrsatkichni 7 barobar
oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati
neft va gaz kimyosi yoʻnalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi
taʼkidlandi. Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol),
metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol,
polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va
polipropilen ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoniyati mavjud. Ushbu
loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablagʻ jalb qilinishi
lozim.Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan
Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini
jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi
murakkab va koʻp pogʻonali boʻlgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi
sust kechayotgani tanqid qilindi. Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish,
tarmoqqa oid boʻlmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar
berildi. Xususan, funksiyalari bir-birini takrorlaydigan boshqaruv boʻgʻinlarini
qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalari hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni
davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi taʼkidlandi. Sohada
mavjud toʻrtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida
5 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta
ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida eʼtibor
qaratish vazifasi qoʻyildi. 2017-yilda neft va gaz kondensati qazish suyultirilgan
gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar
davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan. Zaxiralar oshirib borilmagani
sababli 2017 -yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish
prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash
hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida
zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lar edi.Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash
ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53
foizga
bajarilgan, xolos.Tabiiy
gaz
qazish
quvvatlari
hamda
tarqatish
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas.
Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha
ushbu
tabiiy
boylikning
6 foizi yo‘qotilmoqda.Prezidentimiz shu kabi
kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib
chiqarishni ko ‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi.Geologiya-
qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018-yilda
tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6
million tonnaga ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.Joriy yilda 63 milliard kub metr
tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255
ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76
ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi.O‘zbekneftgaz” AJ
tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga
oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini
bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta
ishlash kompleksining 2- navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho‘rtan
gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi
“Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-
iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi. Mazkur 24 yirik
loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi.Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga
6 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi neft-gaz sohasi hissasiga to‘g‘ri
kelishi,
sarflangan
har
bir
dollar
iqtisodiy
foyda
keltirishi
zarurligi
ta’kidlandi.Davlat manfaatlari nuqtai nazaridan, mahsulot taqsimlash kelishuvlari
va qo‘shma korxonalar shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar
berildi.Sohaning logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, xomashyo importi
va mahsulot eksporti narxlarining arzonroq bo‘lishini kafolatlaydigan transport
yo‘laklari va tariflarini aniqlash, energiya iste’molini tejash va muqobil energiya
manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.Gaz
taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib
berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi. Xorijiy kompaniyalar
bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish,
avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek,
iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini
oshirish muhimligi qayd etildi.Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini ishlab chiqish, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kredit
reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.
Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar qabul qilish va
belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli
topshiriqlar. Hozirgi zamonda neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy
xomashyo hisoblanadi va bu xom-ashyoga bо‘lgan talab kun sayin oshib
bormoqda. Chunki texnika-texnologiyaning va iqtisodiyotimizning rivojlanishi
respublikamizda qazib chiqarilayotgan neft va gaz mahsulotlariga bog‘liqdir.
Neft va gaz energiyaning asosiy manbai va kimyo sanoatining xomashyosi b
о‘lib qolganligi uning iqtisodiy va siyosiy mavqeini har tomonlama oshirdi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida kimyo va kimyoviy texnologiya sanoati juda
kengayib bormoqda. Bunda neft va gaz muhim kimyoviy xom-ashyo bо‘lib,
hozirgi zamon sanoati va energetikasi barcha turlarida uning mahsulotlaridan
sezilarli miqdorda foydalaniladi. Respublikamiz mustaqilligidan sо‘ng, neft va gaz
kimyosi sohasining ham rivojlanishiga alohida e’tibor berilib, tо‘liq xom- ashyo
bazasini yaratish uchun harakat qilinmoqda.
7 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
Respublikamizda neft va gaz sanoati qisqa muddatlarda katta
muvaffaqiyatlarga erishdi, respublikamizda neft va gaz mahsulotlariga о‘z
ehtiyojlarini ta’minlash bilan bir qatorda ulahii qayta ishlash natijasida turli
xildagi xom-ashyo va tayyor mahsulotlar olish, hamda olingan mahsulotlahii
chet ellarga sotish amalga oshirilmoqda. Sohada yangi neft va gaz obektlari
ishga tushirilishi bilan jahon andozalari darajasiga javob beruvchi yuqori
texnologik quvvatli ishlab chiqarish qurilmalari va zamonaviy texnologik
jarayonlardan foydalanila boshlandi.
О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishida neft va gaz
mahsulotlari muhim о‘rin egallaydi. Bu sanoat tarmog‘i iqtisodiyotimizning katta
ulushini tashkil etadi. Hozirgi kunda shu sohada xizmat qilayotgan mutaxasislar oldida
bir talay vazifalar turibdi. Yuqorida keltirilgan vazifalarga neft, gaz va boshqa qazilma
boyliklarini qazib olish sur’atlarini oshirish, qazib olish vaqtida yer ostida qolib
ketayotgan qoldiq neftni ham chiqarib olish, qazib olingan mahsulotni
iste’molchilarga arzon narxlarda yetkazib berish va boshqa masalalar kiradi.
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi.
Respublikamizda neftgaz konlarini samarali ishlatish
va ulardagi zahiralahii
unumli qazib olishda burg‘ilanayotgan quduqlahiing ahamiyati katta b о‘lib,
kondan foydalanishda bosimning tushib borishi va mahsuldor qatlamining
qalinligi unchalik katta bо‘lmagan sharoitlarda ishlatish quduqlari sifatida
gorizontal quduqlarni burg‘ilashni qо‘llash yaxshi samara beradi. Gorizontal
ishlatish quduqlarini burg‘ilashda quduq konstruksiyasi, tog‘- geologik
sharoitlari barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy funknksiyalarini
bajaruvchi yuvish suyuqliklari va uning tarkibiga kiruvchi komponentlari va
kimyoviy reagentlari aniq quduq misolida ko’rish mumkin.
8 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
Do'stlaringiz bilan baham: |