Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi  TEXNOLOGIK QISMI



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana02.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#478333
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
130 Усмонов Мухаммадкомилбек Элбек ўғли 24 16

 


19 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi 
TEXNOLOGIK QISMI
Mazutni vakuumli haydash texnologik tizimi tavsifi
Neftning har qanday tovarli surkov moylarini ishlab chiqarish 
jarayoni 4 bosqichdan iborat: 
I Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni 
olish
II Moyli fraksiyalarni tozalash bazali moylarni olish 
III Moylarga prisadkalar tayyorlash 
IV Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) va moylarni tovarli 
navlarini olish uchun prisadkalarni qo’shish 
Mazutni vakuumli haydash bilan moyli fraksiyalar va gudronni olish
Birinchi bosqichni mazutni (qoldiq >350 
0
C) vakuumli haydash bilan 
amalga oshiradilar. 350-500 
0
C dagi fraksiya birinchi navbatda etiborga loyiqdir, bu 
fraksiyani moyli distillyatlar va qoldiq ( >500 
0
C ) aytadilar. 
Mazutni vakuumli haydashda moyli distillyatli fraksiyalarni oladilar, bu 
fraksiyalar vakuumli ustun (kolonna) larning yonaki haydash mahsulotlari sifatida 
ajratib olinadi. Bu 300-400, 350-420, 400-450, 450-500 
0
C dagi fraksiyalardir. 
Gudrondan olingan moylar (qoldiq >500 
0
C) qoldiqli deb ataladi. Moyli 
fraksiyalarni olish bilan sodir bo’ladigan mazutni vakuumli haydash jarayoni 7- bobda 
batafsil bayon etilgan. 
Moyli distillyatlar va gudron o’z tarkibida oltingugurtli va azotli 
birikmalarni, 
smola 
va 
asfaltenlarni, 
porfirinlar, 
ko’phalqali 
aromatik 
uglevodorodlar, qattiq parafinlarni saqlaydi. Bu birikmalar va yuqorida aytilgan 
uglevodorodlar moyli fraksiyalarning surkovchi xossalarini yomonlashtiradi. 
Shuning uchun moyli distillyatlar va gurdonni yuqorida tilga olingan birikmalardan 
tozalash tovarli moylarni olish yo’lidagi ikkinchi bosqich bo’lib hisoblanadi. Bu 
bosqichdan keyin bazali moylarning komponentlari olinadi. 
Bazali moylarning komponentlarini moyli distillyatlar va gudrondan ularni 
zararli qo’shimchalardan tozalash yo’li bilan olinadi. II-bobda ko’rsatilganidek 
tozalashning fizik va fizik-kimyoviy usullari mavjud (sinflanishi ham o’sha erda 
keltirilgan). 


20 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi 
Hozirgi vaqtda termogidrokatalitik jarayonlar (gidrotozalash va 
gidrokreking) 
moyli distillyatlar va gudronni keraksiz birikmalardan tozalashning asosiy 
usullaridan olinishiga ko’maklashadi (bu jarayonlar 10 –bobda batafsil ko’rib 
chiqilgan). Hozirgi vaqtda bu jarayonlar mavjud bo’lgan barcha tozalash usullari 
o’rnini olishi mumkin. 
Shu bilan birga deasfaltlash, selektiv tozalash va deparafinlashlar o’z 
ahamiyatini yoqotmagan, bazi NQIZda hali ham tozalashning adsorbstion, kislotali 
va ishqorli usullari qo’llanib kelinmoqda. 
Uglevodlarni 
eritish 
qobiliyatiga qarab organik 
va bazi 
anorganik 
erituvchilarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga kiritilgan erituvchilar 
odatdagi haroratda xomashyoning suyuq komponentlari bilan deyarli barcha 
holatlarda aralashadi. Bunday erituvchilarga masalan qutbsiz birikmalar past 
molekulyar parafin qatoridan suyuq va suyuqlantirilgan uglevodlar hamda dipol 
momenti uncha katta bo’lmagan birikmalar- uglerod tetraxlorid, etil efiri, xloroform 
va boshqalar misol bo’la oladi. 
Deasfaltlashda birinchi guruhga kiruvchi erituvchilar-past molekulali 
parafinlar (
n
-propan, 
n
-butan, 
n-
geptan va boshqalar) ni qo’llaydilar. 
Ikkinchi guruh erituvchilari bu dipol momenti yuqori bo’lgan qutbli organik 
birikmalardir, ularga fenol, furfurol, krezollar, alifatik ketonlar, dietilenglikol va 
boshqalar kiradi. Neft xom ashyosi komponentlarining bu erituvchilardagi 
eruvchanligi, ularning nisbati va haroratiga bog’liq bo’ladi. Neft xomashyosining 
turli komponentlariga nisbatan turli erish qobiliyatini namoyon qiladigan 
erituvchilar selektiv (tanlab eritadigan) erituvchilar deb ataladi va ularni selektiv 
tozalashga hamda deparafinlashda qo’llaydilar. 
Odatdagi haroratda neft xomashyosida ko’p bo’lmagan miqdordagi erituvchi 
eriydi. Erituvchining eriganligi oshishi bilan (xomashyo hajmiga nisbatan erituvchi 
hajmining oshishi bilan) ikki fazali sistema hosil bo’ladi: bir fazada-ko’p 
bo’lmagan miqdorda erituvchini saqlagan neft mahsuloti, boshqa fazada esa 
tarkibida xomashyo komponetlarining bir qismini saqlagan erituvchilardir. 
Keyinchalik 
erituvchi 
karraligining 
oshirilishidagi 
xomashyo 


21 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi 
komponentlarining erituvchidagi eruvchanligining oshishiga va natijada uning 
xomashyo bilan to’liq aralashishiga olib keladi. 
Erituvchining karraligi o’zgarmas bo’lganda harorat ko’tarilishi bilan erituvchida 
dastlabki xomashyo erigan komponentlarining miqdori oshadi va nihoyat erishning 
kritik 
harorati (EKH) deb ataladigan malum haroratga etganda xomashyo erituvchi 
bilan to’liq aralashadi, yani sistema bir fazali bo’ladi. 
Aromatik uglevodorodlar eng kichik EKH ga egadirlar. Ulardan keyin 
naftenaromatik va naften uglevodorodlar turadi. Bu ketma-ketlikka binoan, 
ularning qutbli erituvchilarda erishining kritik harorati molekulalarning tuzulishi 
bir xil yoki o’xshash bo’lgan sharoitda oshadi. Normal tuzulishli parafin 
uglevodorodlari eng yuqori EKH ga ega. 
EKH 
ning 
kattaligiga 
kimyoviy 
tabiatidan 
tashqari 
uglevodorodlar 
molekulasining tuzulishi ham tasir qiladi. Masalan, uglevodorodlardagi halqalar soni 
oshishi bilan zanjirlarning uzunligi oshishi bilan oshadi. 
Aromatik va naften uglevodorodlar molekulasidagi halqalar soniga EKH 
pasayishining bog’liqligi to’g’ri chiziqlidir. Qutbli erituvchida birinchi navbatda 
ko’phalqali aromatic uglevodorodlar eriydi. Naften va parafin uglevodorodlar 
qutbli erituvchilarda sezilarli darajada yomon eriydi. 
Keton molekulalardagi uglevodorod radikali uzunligi oshishi bilan ularning 
erituvchilik qobiliyati oshadi. Bunday erituvchilarning erituvchilik qobiliyatini 
oshirilishida qobiliyatiga qarab uglevodorod radikallarini quyidagi qatorga 
joylashtirishi mumkin: alifatik radikal →benzol halqasi →tiofen halqasi→furan 
halqasi. 
Mazutni vakuum sharotida haydash ikki variant bo’yicha o’tkaziladi: I variant 
yoqilgi olish, ya’ni katalitik kreking qurilmasi xomashyosi bo’lgan engil va og’ir 
gazoyllar olish; II variant moy distillyatlarini olishdir. Vakuum sharoitida mazutni ikki 
bosqichda haydash orqali I bosqichda – vakuum fraksiyalash kolonnasidan solyar 
distillyati, keng frakstion tarkibli (350 –575
0
C) moy distilyatlari va gudron 
chiqariladi, II bosqichda olingan moy 
distillyatlaridan uch distillyat: parafinli
(350 – 4600C), avtol (460-490
0
C) silindr moylariga ajratiladi. 
Jarayon texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Xoma shyo mazut


22 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi 
3-pechga 
qizdirishga kiritilishga
qadar 
ikki 
oqimda 
ishlayotgan 
issiqlik 
almashtirgichlar 29,28, va 22 dan birinchi oqim, 25 va 24 dan esa ikkinchi oqim o’tadi, 
so’ngra 1 va 2-issiqlik almashtirgichlarda qurilmadan chiqarilayotgan gudron issiqligi 
hisobiga qizdirilib, pechga yuboriladi. Mazut 3-pechda 435
0
C gacha qizdiriladi. 
Mazutdan solyar, keng 
frakstion tarkibli moy distillyatlari va gudron ajralishi uchun 
6-vakuum kolonna xizmat kiladi. Moyli fraksiya 7-yig’gichga to’planadi, gudron 
5-nasos yordamida kolonnadan chiqariladi. Solyar 4-nasos yordamida yarim berk 
tarelkadan 29-issiqlik almashtirgich va 32-sovutgichda sovutiladi, so’ngra 
sovutilgan solyar distillyatni bir qismi 6- vakuum kolonnaga qaytariladi.
Moy distillyati 7-yig’ichdan 8-nasos yordamida haydalib, 28-issiqlik 
almashtirgich, 23-qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va 
21- suvni qizdirish qurilmasidan o’tib, 6-kolonna o’rta qismiga restirkulyat 
sifatida qaytariladi. Moy distillyatining balans miqdori 7-yig’gichdan 9-nasos 
yordamida 10- pechda (385
0
C) qizdirilib, 13-vakuum kolonnaga yuboriladi. 
Bu kolonna mahsulotlari: yarim berk tarelkada yig’iluvchi parafin distillyati, 
14- bug’latuvchi sekstiya orqali chiqariluvchi avtol distillyati va 24-issiqlik 
almashtirgich, qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) 26 va
27 sovutgichdan o’tib chiqariladigan stilindr distillyatlari hisoblanadi. 
Avtol distillyatining stirkulyastiyalanuvchi qismi 16-nasos yordamida quyilib, 
11 va 12-qurilmalarda sovutilgan holda 13-kolonna o’rta qismiga uch oqimda 
beriladi. Balans miqdori rezervuarga yuboriladi. Parafin distillyati 13-kolonnadan 
chiqishda 25-issiqlik almashtirgich, 34-suv qizdirish va 35-sovutgichda ketma-
ketlikda sovutilib, bir qismi kolonnaga to’yintirish yoki sovuq quyilishga
qaytariladi, ortiqchasi rezervuarga yuboriladi. Gudron markazdan qochma tipdagi 
19-nasos yordamida qurilmadan chiqarilguncha o’z issiqligini 1 va 2-issiqlik 
almashtirgichlar orqali xom ashyo mazutga beradi. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish