oddiy haydash
usuli bilan ajratib olinadi. Avval past haroratda qaynaydigan modda ajratib, keyin
yuqori haroratda qaynaydigan modda haydashda yoki qattiq modda ajralib kristallanib
qoladi.
11 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
Moddalarning qaynash haroratidagi farq unchalik katta bo’lmaganda, avval
past haroratda qaynaydigan I modda haydaladi. Bu birinchi fraksiya deyiladi va uni
alohida ajratib olinadi. Harorat ko’tarila boshlag’ich yiggich kolbani almashtiramiz,
bunda harorat asta ko’tarilib, yuqori haroratda qaynaydigan (II modda) ham
qo’shilib haydala boshlaydi bu II fraksiya deyiladi. Huddi shunday uchinchi marta
harorat ko’tarilishi bilan yig’gich kolba almashtiriladi va toza ikkinchi modda
ajraladi bu III fraksiyadir. Demak bunda avval I modda haydaladi, ya’ni
aralashma uchta fraksiyaga bo’linadi. Bu fraksiyalab haydash deyiladi.
Bosimni ikki marta kamaytirish moddalarning qaynash haroratini 14–20
0
C ga,
bosimni 10–20 mm. simob ustuniga kamaytirish esa moddaning qaynash haroratini
atmosfera bosimidagiga qaraganda 80–120
0
C ga kamaytirishga olib keladi.
Masalan: modda normal atmosfera bosimida 220
0
C da qaynasa, 380 mm simob
ustinida 200–205
0
C da, 10–20 mm. Simob ustunida 200–205
0
C da 190 mm
simob ustunida 185– 190
0
C da, 10–20 mm.simob ustunida esa 100– 120
0
C da
qaynaydi.
Neftni haydash.
Tabiiy neft tarkibida hamma vaqt suv, mineral tuzlar va
turli hil mexanik aralashmalar bo’ladi. Shuning uchun neftni haydashdan oldin suv,
tuz va boshqa aralashmalardan tozalash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Laboratoriyada neftni haydash yo’li bilan birin-ketin fraksiyalarga ajratib, neft
mahsulotlari olinadi. Bu usulni sanoatda tadbiq etib bo’lmaydi. Bu usul juda
unumsiz, ko’p mablag’ sarflanadi va uglevodorodlarni molekulyar massasiga mos
holda fraksiyalarga aniq ajratib berolmaydi.
Neftni uzluksiz ishlaydigan naysimon asboblarda haydash usulida
haydaladi. Qurilma ikkita asosiy qurilmadan – neft qizdiriladigan naysimon pech va
dektifikastiyalash kolannasidan iborat; bu kolonnada neft fraksiyalarga
(distillyatlarga) – qaynash haroratlariga qarab, ayrim uglevodorodlar aralashmasiga
benzin, ligroin, kerosin va boshqalarga ajraladi. Naysimon pechning ichida U
shaklidagi uzun turboprovod joylashgan. Pech mazut yoki gaz yoqib qizdiriladi.
Turboprovoddan neft to’xtovsiz o’tab turadi. Turboprovodda neft 320–350
0
C ga
gacha isib, bug’ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikastiyalash kollonasiga
tushadi.
12 Usmonov Muhammadkomilbek 24-16 guruhi
Do'stlaringiz bilan baham: |