Tayanch tushunchalar:
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har
qanday tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya
ifodalash vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik
asoslarga tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil
2. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil
3. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil
4. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil
5. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil
6. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil
Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochish
muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy
tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan
ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi
to’liq namoyon bo’lishi, o’rganilayotgan asarning goyasigina emas, balki aks
ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator
tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga
muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan
talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslikmumkin emas. Tamoyil tushunchasi
biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z
ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning
bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq
kategoriyalariva tafakkur tushunchalari qolipiga tuliq, tugal va beshikast agdarish
mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga tuliq agdarish, barcha jihatlarini beistisno
tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni
mantiqiy tushunchalarga sigmagan joydanboshlanadi. Binobarin, eng zur
tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan
tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining
mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan
tarzdayaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini gayri
estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning
uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal",
"Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomgir
tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish gazal", Abdulla Oripovning "O’ylarim",
"Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini
oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi.
Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan
izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy
matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi,
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto
ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har
xil idrok etilishimumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli
davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir.
Demak, badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga
qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza
xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin
emasligidir. Tahlilchi qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga
qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, sub'ektiv qarash
maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir
o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha
tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa
chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-
biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga
to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi
kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning hamma tomonidan birday qabul
etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga
solishga urinish edi.Kommunistik partiyaning oliy organlari tomonidan "Zvezda",
"Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, A.Axmatovalarning ijodi
to’grisidagi qatagonga chorlovchi qarorlarning yuzaga kelishi sababi hamda bu
jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil o’ylashga, aniqrogi
o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. Ular xar xil qabul
qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop etgandilar. Adabiy
asarning tahlili nechoglik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu xildagi talqinni
qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib baho berishi
mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan uning qabul
etilishi ham goyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. Adabiy
asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga
ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa
ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida
hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiyyondashish ustuvor mavqeda turganligi
hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish birmuncha uzoq davom etadigan
jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir goyani
o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur
talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda
bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan
solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda
bo’lishiningmumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan
solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish
"mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga yoki
ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan yoki ijtimoiy
hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning
voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo
etadi.Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq
san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va
buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati
bilan aytib o’tgan.Badiiy adabiyot insonning ichki tuygularini, nozik sezimlarini,
so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda
tutilgandagina tahlil soglom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantigiga muvofiq kelavermaydi.
Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq,
salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik
ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy
badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga
keladi. Bu haqda norvegiyalikmodernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm:
"Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas.
Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga
yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish
ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida
badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham,
ta'sir kuchini hammutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida
aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlilyuzaga
kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi
bo’lishimumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir.
Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga
ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetikbutunlik tarzida yondashishni taqozo
qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga
daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil
yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan
shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur
bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin
mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo
tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator
ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlarmajmuiga ega
yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga
aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo
qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi.Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik
tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va
adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil
qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha
bilish vauning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning
muvaffaqiyatini ta'minlaydiganomildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan
tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilikprinsipi yaxlitlik tamoyilining
mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgankomponentlarning muayyan
tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini
talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bogliq bo’lmagan biror badiiy
unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolaga, kichraytirish
singari qatortasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yigilib qolmaydi.
Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati
mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun
ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi
joiz.Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy
aloqadorlik silsilasi ko’zdatutadi. "O’gri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy
organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini
bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shuberilmaganligi, balki ayni
shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchiasosiy
omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu
portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy
asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy
asargatarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'kosi deb qarash
to’gri bo’lmasa-da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan
tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va
unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha
tarixiy davrning tamgasi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy
asarning yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki
bo’lganasosiy sababni bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga
kelishning imkoni yo’q. O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan
yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan
sabablarni ham tushunmaslik mumkin. Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar
asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib, faqat estetik mezonlar bilan
yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib kelmasligi mumkin. Chunki
agarmumtoz adabiyotning asl namunalari yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida
dunyoga kelgan vasan'atkor ajdodlarimiz uchun badiiy shakl ustuvor maqomda
turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik
idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum darajada buzib global tasvir
you’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi namoyandalaritomonidan
yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va
o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’gri tushunish hamda tushuntirish
imkonsiz. Chunonchi, Gafur Gulomning "Sen yetim emassan", E.Vohidovning
"Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona
Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur Burxon", "Qaysi yil ko’klamda
Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari asarlarini tahlillashda
tarixiyliktamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib bo’lmaydi.Adabiy asarni
tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi
tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning maqsadi nimaligi hamisha
ham to’gribelgilab olinavermaganligi uchun estetik asoslarning ustuvorligi
tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi
bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, engta'sirchan tuygular tasviri bilan yuzma-
yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga oshno etiladilar.
Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda kitobxonlar
o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, kishining tuygulari
o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar
ustuvor bo’lsagina,o’qkuvchilarning qalb ko’zi ochiladi va ular tuygusizlikdan,
hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida yurakdagi bepavorlik
illati solgan zanglar, kutirlardan tozalanish inson ma'naviyati uchun zo’r
saodatdir.Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar sirtginasida
manaman deb turmaydi.Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun uning badiiy
qatlamlarini kashf etish zarur. Buninguchun muayyan adabiy bilimlar majmuidan
tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham shakllangan
bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan bo’lsa,
go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan "shifrlangan"
badiiyma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini payqagan
mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test
savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik
kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik
asoslar ustuvorligida o’tkazish nozik sezimlarni ilgashga kalit topish
demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni
faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda
yondashish asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning
"Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin
osmonga tushdi o’t" matla'si bilan boshlanadigan gazali faqat mantiqiy
tushunchalar asosida tahlil qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur
falsafiy ma'no ham topa olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat
ifodasi tarzidayondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -
qizil bo’lib ochilgan cheksizchegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka
tashna lirik qahramon ma'shuqasiga yetolmayshunchalar kuyadiki, ichi olovga
to’lib ketgan. Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik
lolazor emas, balki ma'shuqa firogidan kuygan gamboda oshiqning ohidan dunyoni
tutib ketgan olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri
emas, balki oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan
tutashgan joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib
kelmoqda. Shu xildagi izohginaasarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga
estetik tamoyil asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik
reallikka kirish, badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har
qanday ijodkor aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi.
Buning uchun adibni ommadarajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor
darajasiga ko’tarish talab qilinadi. Badiiyat bagridagi yashirin go’zallikni
sezmaslik kishining nafaqat nafosat va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy
taraqqiyot jihatidan ham kamolot bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni
amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning
o’zi hissiyotga asoslangan hodisa. Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish
muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik
o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlilshunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va
hayotiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir
kishining tuygulari olamiga daxl qilsin, ularda muayyan hissiyotlaruygotsin.
Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini
tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif
holatiga tushirish, ularning qaygu va quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski,
tahlil tajribasida emotsionallik tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda
emotsionallik tamoyiliga amal qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u
haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzagakeladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |