Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. I. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent:“SHarq”nashriyot-matbaa
kontserni bosh tahririyati. 1999 yil
2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san’at
nashriyoti, 2001yil
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil
"Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan
professional
darajada
ishlashga
urgatish
omilidir.
Dunyoning
kupgina
universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya ,Qozogiston, Ukraina singari
mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon
"Badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy
tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik
ta'limni samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi
darajasidan
orkadaligi,
xermenevtik
usullardan
yiroqligi,
psixoanalitik,
strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan,
sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik
amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim
zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham
unga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq
adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad
Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir
islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy
ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega
egadir. Chunki u inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan
vositadir. Goyat ko’p o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot
o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-
ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga
ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili
alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga
erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab
olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga
oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn
o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, ma'naviyatining shakllanishiga xizmat
qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi.
Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan
ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, xolos. Natijada, adabiyot o’q’itish quruq
nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi.
Bu faqat O’zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik
mafkura hukmronlik qilgan barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi
atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangoch
haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar,
adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb
qaralar, yoshlar chinakam badiiy so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan
bevosita zavqlanishdan uzib quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy
haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy
yo’qotish bo’lmagani holda, biror ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni
uzlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz o’rta maktablarida tahsil
ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan
iborat ekanligini tutilmay aytib beroladi. "Tugri burchakli uchburchak gipotenuzasi
kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga teng" ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi
uchun uzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat hisoblanadi. Holbuki, bu ta'rifni
uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na jamiyat, na shaxs rivojiga hal
qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish o’quvchi
ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor teoremasini bilganda ham,
bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning mohiyati uzgarishsiz
qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning:
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't,
Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't.
matla'li, yoki:
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.
tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va
mantiqiy qudratidanxabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot
ham boshqacharoq bo'lib qolishianiq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida,
uning tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har
satridan insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar
o'quvchi tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi:
Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat.
Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug',
Nimanidir qidiraman nondan azizroq.
Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug',
Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq.
...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim.
...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini
Inson uchun ming otashda kuyar edim men.
O, qanchalar sevar edim inson zotini,
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men.
Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin,
O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar.
Men insonni bir insonday sevardim, lekin
Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar...
Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go'zallik kitobxonning
ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs
sifatida shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat
hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy
vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob
bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda
yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson
tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu
xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani
tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi.
Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi
ahamiyati anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson
ma'naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi
o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo
bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari
o'quv rejalariga kiritilib, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham
badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh
mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim.
Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab
chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda
bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari
filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga
muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining
o'zbek filologik ta'limidagi xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida
o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy
asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday
janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan
kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha,
adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy
nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni
oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni barkamol shaxsni shakllantirishga
erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy
adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma'naviyatini kambag'allashtirish
davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega
bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni
ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil
va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga
solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar adabiyot bo’yicha ijobiy baho
olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam
tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma
turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga
"yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil
mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi
u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas!
Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan
ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta'lim
muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz
shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz
o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini qo’yayotgan
ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi
shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri,
siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma'no payqalmay
qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun
ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab
kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar
butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani
yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni
yengil-elpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni
haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabko’rlik)ga, didsizlikka olib boradi. Estetik
shabko’rlik, didsizlik kishini ma'naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib
keladi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta'sirlana bilmagan
kishi ma'naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo’ladi. Chunki bunday
kishiga uzgani his etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik
illatlari xuruj qilish imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga
oshirish oddiy didaktik yumush emas, balki o’ta muhim ma'naviy tadbir hamdir.
"Badiiy tahlil asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugullanmaydigan o’z
predmeti mavjud. Ya'ni uzbek filologik ta'lim tizimida mavjud bulgan birorta fan
bevosita badiiy matnni tahlil kilish yullarini urgatish bilan shugullanmaydi."Badiiy
tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil
bo’lmagan joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan
filolog uzgaodamning ma'naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi.
Holbuki, filologlar millat ahlima'naviyatini shakllantirishga mas'ul bo’lgan kasb
egalaridirlar. Jamiyat a'zolari hayotida badiiyadabiyotning baland martabadaligi,
ta'lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan
ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma'naviiy- axloqiy qadriyatlar ham shu
yunalishdagi muayyan tajribalarni uzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba har
bir odamning uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari
holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuygulari junbushga kelganligi sababini
tushunish kishida xuddi usha qahramonlarniki singari sezimlarning shakllanishiga
sabab bo’ladi."Badiiy tahlil asoslari" fanining o’ziga xos tadqiqot metodlari ham
mavjuddir. Chunonchi,komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya,
umumlashtirish, shartlilik, psixologikasoslanganlik singari metodlar mazkur fanga
doir xulosalarni chiqarishda qullaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot
metodlari fanning boshqa sohalarini tadqiq etishda boshqachayusinda ishlatiladi.
Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohidafanligini
ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |