Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. T. Boboev. Adabyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil
2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil
3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil
4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil
5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil
Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning soglom aqlga, haqiqiy san'at
tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor kilingandagina
yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi.
Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan
qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi.
Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo
va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tugri estetik
idrok etish va tasvirlashmumkin emas. Falsafiy asos tugri bo’lmaganligi uchun
ba'zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilanguzallik tushunchalariga yondashuv
tamomila noto’gri, gayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Istbqlolgacha
adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga
majbur etildb.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bulmish
badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning siru sanoatlarini ochish mumkin
bo’lmay qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar
estetik hodisa mimesis natijasi bo’lsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha
xalqlarda bir xilda bulishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq
o’rab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi.
Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek
adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik
xalqdostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas. Falsafiy asos,
tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi
mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila
o’ziga xos yunalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan,
Selengurda saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonugdir. Falsafiy asosning
turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi
mumkin. Shu bois o’zbek filologlari turlicha falsafiy yunalishlardan xabardor
bo’lganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks
etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil to’laqonli chikishi mumkin.
Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham
uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi
lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki guzallik namunasi hisoblangan hodisa
ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi,
o’zbeklar uchun guzallik timsoli bo’lmish oy ruslar uchun loyqaydlik, befarqlik
ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma
obrazlari Farb kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat
timsoli sanalsa, o’zbek kitobxonlarida, ko”pincha, bu ayollar buzuq kimsalar
sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan tahdirdagina badiiy
tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin. Falsafiy
asos soglom bo’lmagach, tahlil qanchalar o’ziga xoslik va bilimdonlik bilan
amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri tuliq namoyon etilishi
mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani singari badiiy tahlilda
ham milliy adabiyotshunosligimiz sho’ro davrida markscha-lenincha falsafaga
asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur taraqqiyoti qamda
inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va
bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga birlamchi o’rin
ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab
kurinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma'naviy va
o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan tushunchalarga ikkinchi darajali
hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni
inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham
inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning o’ziga xosligidan kelib chiqib
emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi.
Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan
iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adogi yuqziddiyatlar zanjiri
deb talqin qilindi. Binobarin, markscha-lenincha falsafiy ta'limotga tayangan
adabiyotshunoslik adabiy asarga undagi inson timsolini tadqiq etishga,
tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda bo’ldi. Bunday hol
ko’plab asarlardan mutlaqo nosoglom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat
olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar
bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at asariga ijtimoiy
munosabat uni tabiiy ravishda dagallashtirardi. Soglom falsafa ilmi uchun Alloh,
olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam
yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilgash, sezgi
a'zolariga buy bermaydigan tushunchalarni ham payqash va ta'riflash, inson ruhiy
olamining beqiyos rang-barangligidan kelib chiqqan holda san'at asarlariga
yondashish bu xil falsafaning asosiy tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning
boyligi insonni o’zga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy
aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai
nazarni ustuvor bilib munosabatda bo’lish bu xil metodologiyaning asosiy
talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chikish (Shark) badiiy ijodga Botish (Garb)
estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan yondoshgan. Chunonchi, Aristotel
ta'limoti asosida shakllangan Botish estetikasida san'at asari borliqqa taqlid -
mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari voqelikka taqlid natijasida
vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi uning hayot haqiqatiga
qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning naqadar ustalik bilan
amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish guzallik ilmi, xususan, Turkiston
estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy asos kalom
falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu bois har
bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy
asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun olamdagi
moddiy va ma'naviy narsalar Allohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu
tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan
iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli,
mu'jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy
asarning eng kichik unsuridan ham guzallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy
asarlardan chiqadigan ma'no, fikr, goyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida
qaralgan. Chunki har qanday guzal shakl, avvalo, tamkinlik, uygunlik,
mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi
tabiiy hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani
Allohning namoyon bo’lishi, emanatsiyasi tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida
izohlash mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turgun, qotib
qolgan va o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar
kilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik
hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiqbo’lmagan. Chunki
badiiy guzallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham
Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab
etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantigi bilan izohlash
milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor
turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning goyasi, qanday
fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining guzalligiga chiroyli libos,
jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish
estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday
tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod
asosida hamisha guzzalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos
xususiyatlar tajallisi o’laroq guzal ekani va san'at asari ana shu guzallikni imkon
qadar baland pardalarda nazokat bilan kuylashi kerakligi ko’zda tutilgan.Shuning
uchun ham Chiqish adabiyotida Kunbotar ahli uchun bir qadar erish hamda siyqa
tuyuladigan gul va bulbul obrazlari eskirmas timsollar bo’lib keladi.Badiiy
ijodning butun sehri ham eski vositalar yordamida yangi tuygularni, tarovatli ruhiy
holatlarni aks ettirishda ekanligi Kunchiqar estetikasi uchun oddiy haqiqat
sanalgan. Xullas, o’zbek adabiyotshunosligi yakkash ijtimoiy qarashlardan qutulib,
badiiy adabiyotga muammo ko’tarish, masala quyish vositasi deya yondashish
odatlaridan forig bo’lsagina san'at asarini tugri tahlil qilish va uning jamiyat
hayotidagi urnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. San'at asarlariga
estetik fenomen emas, balki ijtimoiy hodisa tarzidagina yondashish uning haqiqiy
qiymatini ko’rmaslikka olib keladi.Badiiy ijod maxsuliga sotsiologik qarashga
odatlanib qolinganligi uchun ham Abdulla Qodiriyining "O’tgan kunlar" romani
hanuz haqiqiy badiiy talqinini topmay kelayotir.Bir zamonlar shaxsga siginish avj
olgan, qatagon oyboltasi qonsiragandavrda bu asardan aksilrus munosabatlari,
millatchilik ham, aksilruslik ham yuqligini, yozuvchining bor-yugi "aybi"
jamiyatdagi chinakam ilgor kuchlarni kurolmaganligida ekani haqida "muruvvat"
bilan fikr bildirdilar.Yurtimiz mustaqillikka erishgach esa, "O’tgan kunlar", aynan,
rus bosqinchiligiga qarshi nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da'vat
etish uchun yozilgan degan da'volar qilinmoqda va har bir qarash o’ziga xos
dalillar bilan asoslab berilmoqda. Holbuki, "O’tgan kunlar"day dohiyona asar biror
gap aytish uchungina yozilmaydi. Adib uchun bu asarni yozmaslikning imkoni
bulmay qolgan. U xayolida yurgan goyani singdirish uchun obrazlar yaratmagan va
ularning ogziga o’z qarashlarini chaynab solib quymagan. Romandagi har bir obraz
tirik odam, o’zigagina xos sajiyaga ega shaxslar, asar qahramonlari faqat o’z
tabiatlari mantigiga muvofiq harakat qilishadi va biror o’rinda ham adib ularni
yetovda olib yurishga urinmaydi. Gap aytish, fikr bildirish maqsad bo’lganda
yozuvchi obrazlarning tabiati haqida emas, balki ularning qarashlari haqida
ko’proq qaygurgan va binobarin, qayerdadir notabiiylikka yo’l quygan bo’lardi.
Qodiriyni kecha millatchi edi deyish qanchalar tuhmat bo’lsa, bugun, ha, u
millatimiz mustaqilligini saqlab qolish kerakligini bildirish uchungina "O’tgan
kunlar"ni yozgan deyish ham o’shanchalik tuhmatdir. Chinakam san'atkor asarini
ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki uning dahosini nursizlantiradi.
Adabiyotni yuksak arshidan, kushkidan zaminga tushirib qo’yadi. Turkiston birligi
uchun bevosita kurashgan, bu haqda o’nlab ilmiy-tarixiy asarlar yozgan Zaki
Validi Tugon yoxud Boymirza Xayit ijodi bilan Abdulla Qodiriy romannavisligi
urtasida juda katta farq borligi kurinib turgan haqiqat. Gap badiiy tahlil vositasida
ana shu farq nimadiligini-yu Qodiriy dahosining siri qayerdaligini ko’rsatib
berishda. "Shum bola", "O’gri", "Ruhlar isyoni", "Jannatga yo’l", "O’ylarim",
"Yuzma-yuz",
"Adashgan
ruh"
singari
yuksak
san'at
namunalarini
ijtimoiypozitsiyalardan turib baholash bu asarlarning chin tarovatlarini yuqqa
chiqarishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |