Tayanch tushunchalar:
Ilmiy tahlil , Ilmiy tahlil maqsadi , Ilmiy tahlilning vazifalari, Yozuvchi, O’quvchi,
matn munosabatlari xarakteri , Davr va tahlil , tahlil va milliy mentalitet .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati:
1. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., Sharq, 2002 yil
2. G. Garkaevich. Osnovnie problema nauke o literature. – M.,1980g.
3. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – Toshkent: 2004 yil
4. Mustaqillik nasri poetikasi. – Toshkent: 2006 yil
5. A. Rustamov. So’z xususida so’z. – Toshkent: 1987 yil
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada
turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil
tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan
asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir.
Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini
aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning
millat badiiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat
a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur
taraqqiyotidagi o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish
kabi vazifalar turadi.
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda
tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish
ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir
didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi.
Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va
intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar.
Chunki ilmiy tahlilda tadqiqqilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni
qabul qiluvchi kishilar youmuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda
ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyatmavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik
tahlilda
faqat
tahlilning
teranligi,
xulosalarning
asosliekanligi
hamda
tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proqqirralari qamrab olinishi
vaunga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi.
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida
borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida
shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi
qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har
qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn.
San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik
jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki
bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga
matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish
uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham
filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik
hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining
hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni
moddiylashtirishga intilgani maqul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi,
rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi
ekanligini belgilab qo’ygani maqul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib
ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi.
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, holisligi, ilmiy
jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga
bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning
saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi
mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda
ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda
ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda
badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli
fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik
jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash",
U.Normatovning "O’tkan kunlar" xayrati", "Abdulla Qaqqorni anglash
mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir.
Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir
qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga
yo’grilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda
ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston
xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz.
Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor:
"Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda
Tura Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech mini yuq kishidir. Guzal
Baxmal toglari qo’ynidagi Aldashmon qishlogida tugilgan bo’lajak shoirning
armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatagon davriga to’gri keldi.
Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy
hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab,
kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra
siniqibroq, uychanroq bo’lib usdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va
butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi sezilib turadi.
She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay
qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini
ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi
Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u
togda dunyoga kelib, chulda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga
tushgan shurishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash,
birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir
umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u
olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida
qaray olmasdi. U ko’p o’qirdi, butunbutun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq
nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga
tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay
yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. O’sha vaqtlar
yozgan bir she'rida u o’zini she'riyat dunyosida umid bilan yo’lga chiqqan
karvonga o’xshatadi:
Men ham umid bilan safarga chiqib,
Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman,
Birda Sirday toshib, birda tutoqib,
Katta yulga chiqqan,
Kichik karvonman.
She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning
boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib
shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa
olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda.
Olamni boridan guzalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni
doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lganadi, izlanadi:
Suvlar ham tinidi sunbula kelib,
Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot.
Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan
Hecham konikmadi, bu ko’nglim, hayhot!
Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib
yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yulini malollanmay bosib
kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini
to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z
yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa,
Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yuli unga begaraz
muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi
bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi
iztiroblarini aytib ado qilolmaydi:
Men seni suydim, Qorako’z,
Suydim, suydirolmadim.
Ishqingda kuydim, Qorako’z,
Kuydim, kuydirolmadim.
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji
yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik-
dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi
dardmand. Ular guzallikning, ezgulikning dardi bilan ogrigan bemorlar. Barcha
chinakam asarlar gamning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk
ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo
vayron yozajakman",- deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon
o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning pichogi sanchilar butkul",- deb ozorlanganida
haq edilar. Bilasizki, Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yogdirilgan qirq
kunlik yomgirning o’ttiz tuqqiz kuni gam, bir kuni shodlik yomgiri edi. Navoiy
hazratlari: "Ko’ngilda gam yuqligi o’zi gamdur, Alam yo’qligi asru alamdir",-
deganlarida barcha ijodkorlarning kungillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan
bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday
she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi:
Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolgiz garib bo’ldim,
Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman.
Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan kishining
adoqsiz armonlari ifodasiga qarang:
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Bahor, ketma, mening bogimdan.
Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham gamli ohang bo’lib
misralarga quyiladi:
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam,
Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam,
Bir betayin kimsaning oyogida bosh ko’rsam...
Ko’nglimda armon yotar terskaydagi ko’r misol.
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z
ojizligidan iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan
o’ziga xos yusinda tasvirlaydi:
Bu maskan kopkasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir,
Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir.
T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk,
salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r
bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan
mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir:
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar,
Qaydan bilsin ulanni bagri toshlar.
Tura Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va
zalvorli fikrlarshe'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat"
degan xadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi.
Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi
eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta
kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon goyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal
badiiy topildiqlarni sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay
tasvirlash yo’lidan boriyapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib
boradi. T.Sulaymon ijodida esa,soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod
buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay
turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi
odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi.
Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalongoch, himoyasiz, ro’y bergan
hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr
o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. Qishloqda nari borsa, un yetti
yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay
bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular
faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan
vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning:
“Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat
hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati
deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish,
qattiq xursand bo’lish yoki qaygurish, shu holatini qogozga kuchirmaslikning
ilojini topolmaslik ruzgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi.
Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi,
ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash
yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan
zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga
o’xshab ko’rinadi. Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan
cheklanganroq bo’lsa borki, ortik emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin
bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan
ijodning erkinligini anglatadi. Shoir o’z tuygulariga, hissiyotiga xo’jayin
bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham
biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. Unda faqat junbushga
bo’lgan tuyguni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor,
xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas,
ko’ngillari tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos
qildingiz, bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod
sohiblari va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga
tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom
chala nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyguga, butun yurakka egaligi
haqida faxr bilan yozadi:
Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz to’la tun kerak.
Men y’rtilab muhabbatni olmayman,
Men yorti do’st xonasida qolmayman.
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi,
chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuygusiga ega bo’lganligidan gururlanadi.
Tuygular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuygu olib, birovning ovozi
bilan kuylab, birovning so’zi-la tasvirlab, e'tirof qozonish mumkin emas. Shoir
shuning uchun: "o’zga sozni chalgulik qilma" deya iltijoetadi. T.Sulaymon butun
ijodiy umri mobaynida o’z sozini chalishga urinib kelmoqda. Quyidagimisralarga
e'tibor bering. Uchdan biri shoir bulgan biznikiday yurtda ham boshqa birovnikiga
uxshatib buladimi ularni?
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Buy qizlarning ichida bir shu egma qosh tanxo,
Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho,
Go’rugli sulton bir yon, To’ra Sulaymon bir yon.
Yoki mana bu tashbeh boshqa biror shoirni esga soladimi: ,,Osmon o’rtasinda
nozlanadir oy.,,Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga mos ruhiy holatga
tushiradi. So’zning qudrati shuda! To’ra Sulaymon so’zning jilosini teran his etadi.
So’zning xotirasidan ko’tarilgan xalqona ohangdor shakllarini, unut bo’layozgan
qadimiy ma'nolarini topadi. Shoir so’z izlamaydi, balki holatga nom qidiradi.
Uning tuygulari-xalqona. Binobarin, ifoda ham shunga mos. Holatga yarashikli
so’z topa bilish shoir uchun saodat. "To’lganoy" dostonida: "Uni chechan
demakimta'biri yarashmasa..." deydi shoir va o’zi imkon boricha yarashikli ta'bir
topishga, ta'sirli tasvir qilishga urinadi. Har qanday ijodkorning asl qiyofasini
uning tili belgilaydi. Shu ma'noda To’ra Sulaymon tamomila o’ziga xos shoirdir.
To’gri, u ham boshqalar foydalanib yurgan so’zlarni ishlatadi. Lekin u bu so’zlarni
kitobdan olmaydi. Kitobdan olingan so’z obrazlarga yopishmaydi. Badiiy matnda
ham begonaligi bilinib turadi. T.Sulaymon so’zga ayricha bir erkinlik bilan
yondashadi. U har qanday asov so’zni ham yuvvosh torttiradi. So’zni ruhga
buysindira biladi. O’zi so’zning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi.
Oddiygina so’zdan faqat To’ra Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga keltira
oladi. Quyidagi tasvirlarga e'tibor qiling:
Ko’kda suzgan bulut momiqdan ham oq,
Koshkiydi boshlansa yomgir yogaloq.
Bulutni paxtaga o’xshatish kimlardan qolmagan, lekin momiqqa o’xshatilish
uslubni o’zgartirgan. She'rning ohangi mirtemirona edi. Ammo ustoz bulutni
"paga", "oq" deya sifatlardi. Cho’lda,paxta orasida ulgaygan T.Sulaymon uning
momiqqa o’xshashligini ko’ra bildi. "Soginish" she'rida: "Yaylovlarda maysa
kimtir qo’y-qo’zi" tarzidagi tasvirda "kimtir" bagoyat urnida ishlatilgan, bu
so’zdagi ma'no nozikligini hammayam ilgayvermaydi. Hodisalarni "turachasi"ga
kurish namunasi: "Toglar tushi yorishdi, demak tong otayotir". Quyosh haqida bir
so’z demay, uni ko’rsatish mumkin ekan. Goyat mavhum, moddiylashtirib
bo’lmaydigan holatni aniq tasvirlay olish mahorati namoyon bo’lgan tasvir:
"Kelinlarning labida bo’saning isi qoldi". Shoir she'rlarida hissiyotini izohlamaydi.
Uni shunday bir ifoda bilan beradiki, shu ifoda qatida ruhiy holatni tugdirgan
sababga munosabat ham yashiringan bo’ladi: "Ko’nglimda armon yotar
terskaydagi qor misol,-" deydi bir she'rida. Quyoshga ters tarafdagi qor uzoq vaqt
erimay, kirlanib yotganiday, lirik qahramon kunglidagi armon erib ketadigan emas,
o’shandoq bo’lsa, unga shoirning munosabati tayin, albatta, va u o’z-o’zidan
she'rxonga ham yuqadi. To’ra Sulaymon badiiy tajribalar o’tkazishga o’ch emas. U
qachonlardir paydo bo’lgan tajribalardan ustalik bilan foydalanadi. Eski shaklning
yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir so’zning birlamchi ma'nolariga murojaat
etishni xush ko’radi: "bo’y qiz" deydi bo’yga yetgan qiz haqida, "buzalam" deydi
biz chimzor deb yurgan tushunchani, "uzangidosh" deb ataydi xo’p o’zbeki qilib,
xo’p ta'sirchan qilib, dust, tengdosh, jura, safdosh singari bir qancha so’zlarni isrof
qilib ham to’liq ifodalab bo’lmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha
bo’lgan, endilikda ayrim keksalargina qo’llayotgan xushyor ma'nosidagi "sok"
so’zi joyida ishlatilgani bois ifodaviylikninecha barobar oshirib yuboradi. To’ra
Sulaymon so’zga avaylab, qizganib yondashadi. Ularning bemavrid yuqolishiga
yo’l qo’ymaslikka urinadi. "To’lganoy" dostonida "turlab sadrga tushganda" degan
jumla bor. Toglik qipchoqlarda hayotdan yosh ketgan yigitning kiyimlarini ot
ustigatashlab, ot bilan sadr tushish odati bo’lgan. Yuqoridagi jumladan ana shu
holat ifodasini topgan.Besh yashar otning yilkichilar tilida "tulan" ekanini hamma
ham bilavermaydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, u bu xildagi so’zlarni,
ma'lumotlarni shunchaki ekzotika uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda o’rinli
va tabiiy tasvir vositasi tarzida ishlatadi.
T.Sulaymonovning so’zga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi,
ehtiromi, fikrlarini hikmat yusinda ifodalaganida yaqqolroq ko’rinadi. Shoir
asarlari sinchiklab ko’rib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqolu
hikmatlar yaratilganiga guvoh bo’lish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir suzogon
kelar", "Toqatliga toglar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib o’lgan-
ko’mgulik" va x.k. El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan gap bor.
Millatimizaro keng tarqalgan o’nlab qo’shiqlarning o;z o’quvchilariga ega bo’lgan
o’n tuqqiz kitobning muallifi To’ra Sulaymonov o’zbek badiiy tafakkurining
kamyob siymolaridan biri. U hamon qizgin ijodiy faoliyat bilan band.
"O’lmaslikka ishora o’langa oshiqligim",- deya umidlangan shoirga ijodiy omadlar
yor bo’ladi".
Do'stlaringiz bilan baham: |