tarzda amalga oshirilishi mumkin.Taxlillash bosqichida esa asosiy ish amalga
oshirilishi lozim bo’ladi. Bunda matning jozibadorligini ta'minlagan estetik
omillar:
timsollar tizimi, personajlar ruhiyatini ko’rsatishda qo’llanilgan usullar,
ifoda tarzidagi uziga xoslik, til xususiyatlari singari jihatlar tekshiriladi. Tahlil
qilinayotgan asarning estetik qimmati, milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o’rni,
asarning millat estetik ongini rivojlantirishdagi o’rni belgilab beriladi. Xulosalash-
umumlashtirish bosqichida asarning muayyan ijodkor estetik taqdiri va milliy
badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o’rni yuzasidan umumlashma xulosa beriladi.
Badiiy tahlillash bosqichlari, deyarli hamisha badiiy tasvir bosqichlari bilan
baqamti keladi. Badiiy tasvirning mukammalashishi uchun filologik tahlil
chuqurlashmogi, filologik tahlil puxta bo’lishi uchun badiiy tasvirning yuksalishi
talab etiladi.
Chuqur badiiy tahlilsiz, teran badiiy tasvir bo’lishi gumondir. Ko’p
asrlik uzbek adabiyoti tarixi mobaynida badiiy matn rivoji bilan adabiy fikr, ya'ni
estetik tahlil taraqqiyoti yonma-yon keladi. Navoiy zamonasida buyuk adib
bitiklariga yaqin keladigan tanqidchilik mavjud bo’lganligi uchun ham yuksak
badiiy asarlar paydo bo’lgan. To’gri, u paytlarda hozirgi ma'nodagi tahlil
bo’lmagan esa-da, Taroziy, Navoiy, Bobur asarlarida namoyon bo’lgan badiiy
tahlil
adabiyottanuvning
qanday
saviyada
ekanligini
ko’rsatishi
jihatidanxarakterlidir. XX asr boshlarida o’zbek adabiyoti tashqi estetik-fasafiy
ta'sirlarga tula berildi. Natijada, milliy adabiyotning avvalgi mukammalligiga bir
qadar salbiy ta'sir ko’rsatildi. Milliy adabiyot jahoniy
estetik talablarni hisobga
olgan holda evrilishga uchraydi. Yangi janrlar yuzaga keldi, maishiy turmush,
oddiy odam tasvir ob'ektiga aylantirildi. Ijtimoiy muammolar badiiy adabiyotning
mavzusiga aylandi. Badiiy adabiyotning ijtimoiylashuvi uning bir qadar
primitivlashishiga olib keldi. Badiiy adabiyotning mafkuraviy siquvlarga yo’liqishi
va uning ijtimoiy qobiqlarni yorib chiqish tajribasi ortib borishiga hamda
adabiyotda tagma'noni berish san'atning rivojlanishiga monand ravishda yangi
o’zbek adabiyoti tasvirning besh bosqichini boshidan o’tkazdi. Bu bosqichlarni
quyidagicha ifodalash mumkin:
A) bayon etish (XX asr boshlari);B) tasvirlash (30-yillar);V) aks ettirish (50-
60);G) ifodalash (70-80-yillar);D) tadqiq etish (asr adogi).
Turkistonda asrlar mobaynida badiiy asarga estetik fenomen tarzida
yondashib kelingan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan e'tiboran
badiiy adabiyotga ijtimoiy yuk ortishga ahamiyat berildi.
Shu bois badiiy asarda
nimaning ifodalanganligi muhim bo’lib koldi. Bu davrdagi aksar bitiklarda muallif
goyasi bayon qilinishi birinchi planga chiqdi. Adiblar ko’p asrlik milliy ifoda
yusinidan uzoqlashib, Botish tajribasini o’zlashtira borgani sari shurolar
xukmronligining dastlabki davri, ya'ni 20-yillar mobaynidan mehnatkashlar hayoti,
kechinmalari, qahramonlarning xatti-harakatlari-yu tuygularini tasvirlash sa'natini
egalladilar. Adiblar endilikda aytib berish, ya'ni bayondan tiyilib, asarlarida
odamni sirtdan turib tasvirlashga e'tibor qildilar. Bu holda odamning hamma jihati
emas, balki zarur xususiyatlari ilgab olinib,
saralanib, tasvirga tortildi. Badiiy
tajribalar ortib boruvi barobarida aks ettirish bosqichiga usib utildi. Endi personaj,
qalamga olingan odam ichdan o’zi bo’lib ko’rsatildi, ya'ni aks ettirildi. Bu davrda
bayon ham, tasvir ham qoniqtirmay, hayot haqiqaatiga muvofiqlik asosiy mezonga
aylandi. Holbuki, turkiy adabiyot uchun hayot haqiqatiga rioya etish hech bir
zamonda ulchov bo’lmagan edi. XX asrning sunggi choragidan boshlab shu kunga
qadar bayon qilish, tasvirlash, aks ettirish singari faoliyat turlari bilan birgalikda
tadqiq etishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Hozirda asar qahramonlari
muayyan holga kelganligining ijtimoiy, psixologik, itellektual-fiziologik sabablari
tekshirilishi rasm bo’lib bormoqda. Badiiy matn yaratish borasidagi bosqichlarga
deyarli muvofiq ravishda badiiy tahlil ham muayyan bosqichlarni bosib o’tdi.
Jumladan, XX asrning boshlarida badiiy tahlil asar syujet bayonidan iborat bo’ldi.
Bu xil tahlil uchun asarning estetik qimmatini aniqlashdan ko’ra,
uning ijtimoiy
ahamiyatini belgilash muhim sanalardi. Shu sababdan badiiy matnga funksional
yondashuv qaror topdi. Har qanday jamiyat qarama-qarshi sinflardan iborat degan
qarash hukmronlik qilgan XX asrning 30-yillaridan 70-yillarga qadar bo’lgan
oraliqda badiiy matn tahliliga ijtimoiy yondashuv ustuvorlik qildi. Badiiy asar
faqat sinfiy-partiyaviy pozitsiyadan turib tahlil etildi. Aslida, bu xil yondashuvni
tahlil deyish qam qiyin. Bu davrda talqin yetakchilik qildi. Chunki bu xil tahlilda
matnning badiiy jihatlari, jozibasi emas, balki nimaga bagishlangani, qanday
masalani ko’tarib
chiqqanligi, qanday ijtimoiy kuchlarga xizmat qilganligi
tekshirilardi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab milliy tahlilchilikda chinakam
tahlilga yuz burildi, badiiy matn tadqiq etila boshlandi. Asarning jozibasini
ta'minlagan omillar, uning zavqiyobligiga sabab bo’lgan vositalar ko’rsatila
boshlandi. Aytish kerakki, badiiy tahlilning taraqqiyoti pastdan yuqoriga tarzda
jo’n sodir etilmay, o’ta murakkab tarzda namoyon bo’lgan jarayondir. Asr
boshlarida Fitrat, Qodiriy, Chulpon, V. Maxmud singari
badiiy matnga estetik
hodisa tarzida yondashuvchi va asarning jozibasini ta'minlagan omillarni
ko’rsatishni ko’zda tutgan tahlilchilar bo’lgani singari Ayn, S.Husayn, A.Sa'diy, R.
Trigulov, Tuygun singari sof vulgar sotsiologlar hamda Oybek, O.Hoshim,
H.Olimjon singari ijtimoiy va estetik yondashuvni uygunlashtirishga intilgan
tahlilchilar ham faoliyat ko’rsatishdi. Tahlil mahorati ortib borgani, tajriba
ko’paygani, estetik hodisalarga mafkuraviy yondashuv kamaygani sari ifodada
ta'sirchanlik va tabiiylik ham kuchayib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: