Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1. Adabiy tur va janrlar.Uch jildlik. – Toshkent: Fan, 1991- 1992 yil
2. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil
3. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2006 yil
4.N. Ivanov. Osobennosti analiza xudajestvennogo proizvedenie.-M., 2001g.
5. U.Jo’raqulov.Hududsiz jilva. – Toshkend: Fan, 2006 yil
Badiiy tahlil tushunchasi ko’p asrlar mobaynida o’z ta'rifiga ega bo’lmay
keldi. Tahlilga dastlabki ta'rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asr ikkinchi
yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin)
tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan
ko’proq ijtimoiy ma'no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga
qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni ko’zda tutgan holda amalga
oshirilishi kerak degan savolga qat'iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish
filologlari tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta
bir qator kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta'rif berilgan emas. Har
bir olim badiiy asar tahlilini uzicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev "Milliy
oliy o’quv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari"
mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini shunday
tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini
idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil
qilishning asosiga quyilishi lozim". Mazkur qarash ko’p jixatdan, tahlilga oid
xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga
yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab
yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san'at
namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va
badiiy ma'noni to’lik anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun muallif
darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy
bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan
tashqari ma'nolarni tashiydigan, uning muljalidan ko’ra ogirroq ijtimoiy-estetik
"yuk"ni zimmasiga olgan, muallifning o’zi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy
kashfiyotlarga aylangan ko’plab asarlar borligiga adabiyot tarixi guvoh. Chunki
muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy
manzara hamisha ham bir xil bo’lavermaydi. Ba'zan o’quvchi adib mutlaqo ko’zda
tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo
o’quvchi tugri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki
hayotiy vaziyatning o’zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba'zan
ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial ma'no keltirib chiqaradi. Haqiqiy
badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub bo’la
olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: "San'atni ko’proq darajada
kechikkan munosobat deyishmumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta'sir
ko’rsata boshlashi o’rtasida hamisha ozdir ko’pdir zamoniy oraliq bo’ladi",- degan
fikri bunga dalil bo’la oladi. Zamoniy oraliq o’quvchiga adabiy asardan o’zi
yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham
davriga mos zavq olabilish imkonini beradi. Usmon Nosirning faxriya
xarakteridagi iqrori shoir shaxsga siginish qurboni bo’lib ketganidan sung mutlaqo
o’zgacha ma'no kasb etdi, san'atkorni bashoratchi maqomiga ko’tardi:
Ilhomimning vaqti yuk, selday keladi,
Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi.
Ayondir bir kuni aylaydi xarob...
satrlari bitilgan fursatda shoir o’zining qatagon qurboni bo’lishini xayoliga ham
keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha
ma'noga ega bo’lgan, ammo bugungi o’quvchi uchun tamomila bo’lakcha mazmun
tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she'ridagi:
Majnuntol tagiga utqazing meni,
Men uchun yiglasin, men yiglab bo’ldim.
misralari, aslida, bemor san'atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi bo’lgan.
Bugungi o’quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan kutulgan
zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan
norozi isyonkorning nolasi darajasiga ko’tarilgan. Badiiy ijod tarixida
yuqoridagilardan ham ta'sirliroq misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holat
ko’rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish,
muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga
unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idrok qilish
imkonini bermas ekani. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq
qilish tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa
bir qator omillarga bogliq ekanligi ma'lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh
bo’lgan ijodkorlarning asarlari aksariyat o’zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo
bir-biriga zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy
niyati, san'atkorlik mahoratini o’zicha anglaganligi ham shuni ko’rsatadi. Badiiy
tahlilni asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan
mutaxassislar ham bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy
asarni tugridan-tugri va jun tushunish urniga fikran ma'noli qism va unsurlarga
bo’lib qabul etishni ko’zda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan
mutaxassislarning qarashlarida asosli urinlar juda ko’p.
Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jun, to’pori qabul etishdan, uni
hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri
nima bo’ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari
hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy o’ziga xosligini, estetik hodisa
ekanini yo’qqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa
tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va
mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo’qqa chiqarishi aniq.
G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida
yondashish ekanligini ta'kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini
tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib urganish
asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi.
Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil
nazariyasi va amaliyoti" risolasida " ..tahlil adabiy asarning badiiy mantigiga
singishish maqsad qilib qo’yilgan ilmiy izohdir" tarzida ta'rif beriladi. Badiiy
tahlilning asl mantigini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning
qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham,
"adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o’z holicha badiiy tahlil
mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga
yetishish yo’lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur
xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi,
unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi ko’zda tutilmaydi. To’gri, badiiy
adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat
asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi.
Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy
mantiq tushunchalari yon -mayon qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga
quyidagicha ta'rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy
mantigi hamda estetik jozibasinianglashga yunaltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy
tahlilga ana shu tarira ta'rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy
xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo’lib,
"halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma'nolarini
anglatadi. Ya'ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma'nosi va jozibasining halollab
berilishi, o’quvchiga begona bo’lgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga
qaratilgan faoliyat ko’zda tutiladi. San'at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma'noni
topish, estetik unsurlarni kashfetish, urganilayotgan asarning boshqa asarlardan
farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyatestetik tafakkurini rivojlantirishga
qo’shgan hissasini korsatish goyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai
nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta'sirlanishga olib kelgan badiiy
omillar, ko’rkam so’zning mantiqiy tushunchalar doirasiga sigmaydigan jozibasi
qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o’ta ahamiyatlidir.
Badiiy tahlil shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi:1) ogzaki;2) yozma.
Badiiy asar ogzaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma
ravishda tayyorgarlik ko’rilsa, samaraliroq bo’ladi. Badiiy tahlil orasida yozma
shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay,
keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so’ng ham odamlarga ta'sir ko’rsatishi,
millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib
utishi bilan xarakterlanadi.
Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga kura:
1) ilmiy (filologik);
2) o’quv (didaktik) singari ikki turga bo’lish mumkin.
Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning mantigi va estetik xosligini
anglashga yunaltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy
asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga
muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham
mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’lishi lozimdir.
Shuningdek, ilmiy tahlilda urganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi urni
va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri darajasi ko’rsatilishi ko’zda tutilishi kerak.
Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy hodisaga
mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy narsa
badiiy asarning badiiyligini, ta'sirchanligini, jozibasini, sehrini ta'minlagan
jihatlarni ko’rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U,
asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shugullanayotgan
mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo’ladi.
Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o’zi belgilab olgan bosh maqsadga
qarab intiladi. Uo’quv tahlili estetik-pedagogik faoliyat bo’lib, o’quvchilarni
barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun
amalga oshiriladi. Oquv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega
emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu
jarayonda o’quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi
lozim bo’ladi. Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan
murakkabroqdir. Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va
o’quvchi faoliyati quyidagi uch yunalishda uyushtirilishi mumkin:
A) muallifga yoki mantga ergashib yoxud yalpi tahlil;
B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish;
V) uo’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish.
Birinchi yunalishda adabiyot o’qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va matn
mantigini, uning tartibini aslo o’zgartirmagan holda asar zamiridagi ma'noning
jozibani uo’quvchilarga ko’rsata boradi.Bu usulni tekstual tahlil usuli deyish
mumkin va bunda o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi.
Ikkinchi yunalishda o’qituvchining e'tibori asardagi personajlarga qaratiladi
va obrazlar ruhiyatini anglab borish jarayonida asarning badiiy ma'nosi
o’zlashtiriladi. Adibning san'atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik
jonli va ta'sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yunalishni
timsoli tahlil yuli deyish mumkin va bu yunalishda o’quvchilarning ham anchagina
faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo’ladi.
Uchinchi yunalishda esa tahlil asosan o’quvchilar tomonidan olib borilishi
ko’zda tutiladi. O’qituvchi talabalar oldiga muammo qo’yadi va ularga bu
muammoni yechish yullarini ko’rsatadi. Asar tahlili jarayonida o’quvchilar faqat
bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy
tushunchalarni o’zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo’lib ishlaydilar.
Uzaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o’quvchilarning
ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ladi.
O’quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki,
tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yunalishlar emas.
Adabiy ta'lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq
holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib
bo’lmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin
emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham
matnning sehru jozibasini ochishga xizmat qilishi joiz. Tekstual tahlilda matnning
maromini buzmaslik, muallif yurgan yulga, u urnatgan badiiy tartibga rioya qilish
ustovor bo’ladi, lekin tahlilning qolgan ikki turida ham badiiy matn asosiy o’rin
tutadi. Shu ma'noda, har qanday tahlil mohiyat e'tibori bilan tektual tahlildir.
Tekstual tahlil ko’proq 6-7-sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan mashgulotlarda
qo’llaniladi. Ayniqsa, kichikroq hajmli nasriy asarlarni didaktik tahlil etishda bu
usul juda qo’l keladi. Ta'kidlash joizki, asar yuzasidan amalga oshiriladigan har
qanday faoliyat faqat matnga tayanishi, matndan kelib chiqishi, matnning
jozibasini ochishga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham har qanday usulda
o’quv tahlilini amalga oshirishdan oldin, albatta, o’quvchilar badiiy matn bilan
yaxshi tanish bo’lishlari shart. Aks holda tahlildan kuzatilgan maqsadga erishib
bo’lmaydi. Katta hajmli epik asarlar ko’proq yuqori sinflarda o’rganiladi. Ularni
o’rgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki
o’rganiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bo’lgani uchun ularni
tekstual tahlil qilishning imkoni yo’q. Bunday vaqtlarda asosiy etibor
o’rganilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Timsollarning ruhiyati, o’ylari,
kechinmalari, xatti- harakatlari, sa'jiyalari ham hayotiylik, ham badiiylik nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi va shu yo’sinda muallifning badiiy mahorati namoyon
etiladi. O’quvchilar timsollarni jonli odamlar, o’z taqdiriga, o’ziga xos insoniy
tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu
timsollar tuygan tuygular o’quvchilarga ham yuqadi, ta'sirlantiradi, binobarin,
tarbiyalaydi. Shuningdek, badiiy timsollarning ijobiy va salbiy guruhlarga
ajratilishiga yo’l qo’ymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi
nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga e'tibor qaratilishi lozim.
Atrofimizdagi odamlarni jo’ngina yaxshi va yomonga ajratish noto’gri
bo’lganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to’gri
emasligini o’quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib boorish zarur. Olam
cheksiz va o’ta murakkab bo’lgani kabi, odam ham goyat murakkab va tabiatning
qirralari adadsiz tovlanishlarga ega bo’lgan mavjudotdir. Shuning uchun ham
murakkab insonning timsolini qandaydir tavsifiy qolipga tushirib quyish uning
qiyofasini nursizlantiradi. Hayotdagi har bir alohida odam tuliq yechimi hech
qachon topilmaydigan muammodir. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning
qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish
orqali uo’quvchini o’zgani his etishga, begona kishining dardini anglashga
odatlantiradi. Timsoliy tahlil natijasida har bir o’quvchida tabiati, yunalishi va
qiziqishlari xarakteriga qarab, bola ruhiyatida muayyan sifatlar hosil qilinadi.
Qandaydir shaxslik fazilatlari shakllantiriladi. Adabiy asarni muammoli tahlil
qilish yuli milliy metodika ilmida juda kam o’rganilgan bulib, adabiy ta'lim
amaliyotida ham uning qo’llanilish doirasi ancha tor. Bu usulning nazariy jihatlari
ishlab chikilmaganligi uchun ham adabiyot o’qituvchilarining ko’pchiligi uni qay
yusinda tadbiq etishni bilishmaydi. Ayrim novator, o’z ustida ishlaydigan va
izlanadigan o’qituvchilargina muammoli usul bilan badiiy tahlil qilishga qo’l
uradilar. Badiiy asar muammoli tahlil etilganda, o’quvchilarning fikri chegara
bilmaydi, xayoloti erkin parvoz qiladi, badiiy va hayotiy muammoni o’z
tushunchasi hamda tajribasidan kelib chiqib hal etishga urinadi. O’quvchilar puxta
muammoli tahlil qila olishlari uchun badiiy matn bilan yaxshi tanishibgina qolmay,
uni to’liq hazm qilgan bo’lishlari ham kerak. Chunki o’zlashtirilgan fikr fikr
uygotadi, singdirilgan hissiyot tuyguqo’zgatadi.
Muammoli usul bilan tahlil etishda o’quvchilarni shunchaki bahsga tortish
kerak emas, balki ularning butun kuchi badiiy matnning magzini ochishga
yunaltirilgan bo’lishi lozim. Muammoli tahlil samara berishi uchun matnga
o’quvchilar hayotiy tajribalari va egallagan bilimlari darajasidan kelib chiqib erkin
yondasha olishlari zarur. Misol uchun, Sofoklning "Shoh Edip" asari urganiladi.
Agar mazkur asar muammoli yo’l bilan tax hlil etiladigan bo’lsa, o’qituvchi
bolalar oldiga: "Edip aybdormi yoki gunohkor?" tarzida savol qo’yish va
o’quvchilardan o’z fikrlarini badiiy matnga tayangan holda asoslashlarini talab
etishi mumkin. Gunoh, gunohkorlik, ayb, aybdorlik, qismat, unga ishonish, kibr,
inson ma'naviyati singari tushunchalar atrofida fikr yuritish jarayonida o’quvchilar
Edip shaxsining ulkan fojiasini yaqindan bevosita his etadilar. O’zlarining hayotiy
va ma'naviy-axloqiy tajribalaridan kelib chiqib Edip va atrofidagilarning
xattiharakatlariga baho beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |