Sobir o‘nar hikoyalarida obrazlar tizimi



Download 20,19 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi20,19 Kb.
#499013
Bog'liq
Gilimmetova Saodatjon maqola


SOBIR O‘NAR HIKOYALARIDA OBRAZLAR TIZIMI
Saodatjon GULIMMETOVA
UrDU o‘qituvchisi
saodatjon.gulimmetova@gmail.com

XX asrning boshlarida yuzaga kelgan o‘zbek hikoyachiligining rivojlanishida ijtimoiy voqelik, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar muhim ahamiyatga egaligi shubhasiz. Adabiyotning bosh maqsadi insonni tahlil qilish ekan, bu o‘zgarishlar uning hayotiga, ong-u shuuriga qanday ta’sir etayotganini o‘zida aks ettirmog‘i lozim.


Asrning dastlabki yillarida yuzaga kelgan hikoyachilik janrida hayot haqiqatlari ro‘y-rost aks ettirilib, realistik tasvir ustuvorlik qilgan bo‘lsa, jamiyat taraqqiy etgani sayin adabiyotda ham voqea-hodisalarni o‘zgacha shakl, usullarda tasvirlash yuzaga kela boshladi. Ushbu davrda yaratilgan asarlar zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining shakllanishi uchun asos bo‘ldi. Bugungi kunda nasriy asarlar yaratish jarayonida hikoya janrida yozilgan badiiy namunalar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligiga o‘zining sara asarlari bilan hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar safi tobora kengaymoqda. Ana shunday serqirra adiblardan biri Sobir O‘nardir.
Yozuvchi Sobir O‘narni “Chambilbelning oydalasi”, “Dunyo shundoq tururmu?”, “Bibisora”, “Aka-ukalar” singari bir qancha qissa va hikoyalari orqali o‘z ohangi, ifoda yo‘siniga ega bo‘lgan iste’dodli adib sifatida bilamiz. Uning asarlaridagi kenglik, xulq-atvorning benihoya o‘zbekonaligi, tabiiyligidan zavq tuyamiz. Goho muallif va qahramonlar tilining aralashib ketishidan ozorlanamiz ham. Ammo ilhom va aytmoqchi bo‘lgan fikr zalvori o‘quvchini o‘z o‘zaniga tortib keta oladi.
Adibning o‘zining tug‘ilib o‘sgan diyorini mana shunday xotirlaydi: “Ko‘pincha bolaligim o‘tgan ovloq manzillarda xayolan uloqib yuraman. Holbuki, u yerlardan uzilib ketganimga o‘ttiz yildan oshibdi. Ko‘ngil rishtasi esa o‘sha yoqlarga, bolalik hayotimga bog‘lab tashlagan”. Yozuvchining bolaligi kechgan davrdagi voqealar bevosita uning asarlariga ta’sir qilgan
Dunyoni anglash, inson va jamiyat muammolarini his qilish, inson ruhiyatining sirli dunyosini tushunish, obrazlarni ruhiy iztiroblar va qalb kechinmalari og‘ushida tasvirlash bugungi kunda adabiyotning asosiy obyektiga aylangan. Biz bilan zamondosh bir havodan nafas olayotgan inson olamini tasvirlash uchun ijodkorlar badiiy izlanishlar olib borishdan to‘xtamayabdilar. Shu jihatdan olib qaraganda, iste’dodli yozuvchi Sobir O‘narning hikoyalari ham o‘ziga xos uslubda yaratilgani bilan ham kitobxon diqqatini o‘ziga tortadi. Abdurauf Fitrat o‘zining “Adabiyot qoidalari” asarida uslub haqidagi qarashlarini shunday bayon qiladi: “Uslubning adabiyotdagi o‘rni juda katta, juda muhimdir. Bir asardagi fikrlar, ma’lumotlar eski, boshqa shoirlar tomonidan aytilgan bo‘lishi mumkindir, ularni bizga sezdirmasdan bildirmasdan ifoda qilib, bizga o‘qita olg‘an kuch uslubdir”
Biz tadqiq qilayotgan Sobir O‘nar hikoyalari ham o‘ziga xos uslubda sodda o‘ynoqi til bilan yozilgan. Kitobxon beixtiyor qahramonlarning iztiroblariga sherik bo‘lib, quvonch-u qayg‘ularini birga baham ko‘ra boshlaydi. Adibning “Kunsuluvning sirli xatlari” hikoyasida qishloq odamlarining sodda va samimiy turmush tarzi va ruhiy kechinmalari o‘z aksini topgan. Asar voqealari endigina borliqning sir-sinoatini taniyotgan uch-to‘rt yoshlardagi bola – Jamshidning bolalarga xos beg‘ubor his-tuyg‘ulari tasviri bilan boshlanadi. Jamshid va uning yangasi Kunsuluv orasidagi samimiy suhbatlar va beg‘araz tortishuvlar tasviri orqali o‘zbekona pokiza his-tuyg‘ular jilolarini asar qatiga singdira olgan. Hikoyada ijodkor qahramonlarning jo‘shqin va tushkin kayfiyatlarini dialoglar asosida tasvirlagan. Hikoyaning bosh qahramoni Kunsuluvning hurmat yuzasidan qaynisi Jamshidning ismini aytib murojaat qilmasligi ularning oilaviy munosabatlarini tasvirlash asnosida yozuvchi o‘zbek oilalariga xos an’analarni mohirona ifodalagan. Mahallada bo‘lgan to‘yda Kunsuluv raqsga taklif qilgan yigitning taklifini rad qilib, davraga tushib o‘ynamaganligi, o‘sha yigitning kinoyali gaplariga nisbatan o‘z obro‘siga yarasha javob qaytarganligi kabi o‘rinlar orqali uning naqadar hayoli nomusli ayol ekanligini ko‘ramiz. Yozuvchi hikoyada hozirgi kunda ham jamiyatdagi muhim muammolardan biriga e’tibor qaratgan. Bugungi davrda ba’zi yosh oilalarning hayoti qaynona va qaynota aralashuvi hamda ularning noroziligi sababli buzilib ketayotganligi ham sir emas. Xolnazar va Kunsuluv ham bir-birini qanchalik ardoqlab hurmat qilmasin, ularning farzandsizligi sababli ko‘ngli o‘ksik edi. Xolnazarning ota-onasi ham shu sababli ularning birga yashashlariga qarshilik qiladilar va oilasi buzilib ketishiga sababchi bo‘ladilar.
Muallif asarda Kunsuluv siymosida sabr-bardoshli, sadqoqatli o‘zbek ayolining teran qiyofasini tasvirlagan. Uning o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘ulari tasviri va qaynisi Jamshid bilan kechgan suhbatlarei hikoyaga jonlilik, joziba baxsh etadi. Adib Kunsuluv siymosida turmush mashaqqatlari va qismat bitigidan ozor chekkan ko‘plab mushfiq ayollar dardini aks ettiradi. “Kunsuluvning sirli xatlari” hikoyasi ayol qalbining sirli hilqat, ochilmas tilsim va buyuk muhabbat sohibasi ekanligini naoyon etgan asarlar sirasiga kiradi.
Sobir O‘nar hikoyalari sodda va jozibador tili, asarlar qatiga singdirilgan milliylik va umuminsoniy g‘oyalar uyg‘unligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Uning asarlarini mutolaa qilish orqali kitobxon sof o‘zbekona adabiyot taftini his qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ahmedova H. Tungi marvaridgullar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988. – B. 75.

  2. Ahmedova H. Erk darichasi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. – B. 120.

  3. Ahmedova H. Umid soyasi. – Toshkent: “Nihol”, 2008. – B. 168.

Download 20,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish