Tayanch tushunchalar:
Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati, Badiiy
tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va mazmunning
falsafa hamda estetikadagi o’rni.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil
2. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy.
3. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil
4. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil
5. A. Gafurov. Badiiylik - bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil
Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda
ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy
tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek,
har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil
qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga
tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham
pedagogik problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan
zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday
qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobgaolinmay, unga sof ilmiy
fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sababadabiyotshunoslikda
badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali
mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original,
hech kimnikiga o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun
birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da,
ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik
goyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga
qaratilgan adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik
badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap
borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi
vujudga kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va
biri boshqasini taqozo etadiganestetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi
shundaki, u muayyan estetik mazmunnitashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga
emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifodaetilishi bilan falsafiy
ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki,mazmun
birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san'atni
mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi
yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon
bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiyasarning shakli bilan mazmuni bir-
biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi
ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha goya emas.Mazmunda
xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, goyada tendensiozlik, tarafkashlik,
sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal
hiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va
muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan
mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunlishakl
(soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga
qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning
badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy,
estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga
o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham
nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kamemas. Badiiy
matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali,
hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga ko’proq ahamiyat berish kerak:
shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiyasardagi shakldan mazmun sari borish
kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan
ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga
goyagaaylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo’lmaganda va har qanday
asarga, avvalo, qandaygoyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor
turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala
qo’yib utirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, goya qidiradigan
va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana bunday demoqchi..."
qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina. Tahlilda
shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf
etishimkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz
imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan
badiiy mazmun terinlashib, xilmaxillashib boraveradi. Asar tahlili goya qidirishdan
boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor
joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to’xtagan joyda badiiy
asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu'jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda,
o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi
jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning "Binafsha",
"Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki
tong", "gazal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob",
Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yogar", "Xato qildim", Omon
Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y
bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal
shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga
burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga
odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik
shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy
asarlarni o’rganishda mazmunni anglashgatutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu
ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun
izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi.
Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan,
RaufParfining "Yomgir yogar" she'ri tahlili xarakterlidir:
Yomgir yogar, shigalab yogar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomgir yogar, shigalab yogar,
Ham qaygumga, ham quvonchimga...
Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va
uning teng yarmi -olti misrasi "Yomgir yogar, shigalab yogar" satrlari takroridan
iboratdir. Filolog – tahlilchimushtariylarning e'tiborini misralar zamiriga
yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shigalab yogayotgan
ezgin yomgir, yomgir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan shoir,
sochlarga tomayotgan tomchilar, yogayotgan yomgirning lirik qahramon
qaygusiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy
holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomgir tagida turgan nozikta'b lirik
qahramon holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yogayotgan yomgir singari
moddiy narsa tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomgir yogayotgani haqida
xabar bermaydi, balki yomgirni she'rxon ko’z o’ngida "yogdiradi". O’quvchi
misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomgirning behudud shitirini,chakkilab
tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomgir yogar, shigalab yogar, Tomchilar
tomchilarsochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi
chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she'rxon
tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning bir
misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikkima'no tashishini
kashf qiladi. Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub bo’lib,
urgu"i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub bo’lib,
urgu "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki
so’zning yonma-yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa bilish kishining
fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo’l ochadi.
Shigalab yogayotgan yomgir sehriga berilibyomgirni unutgan, uning sirli
musiqasiga asir bo’lgan shoirning ko’ngli ham yomgirga aylanadi va she'r so’ngida
shunday misralar quyilib keladi: "Yomgir yogar, shigalab yogar, Yoga boshlar
qogozga ko’ngil". Matn tahliliga to’gri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati
shaklga mohirlikbilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat
emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi
shubhasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib
chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunini yo’qqa chiqarmaydi, balkiuning ta'sir
kuchini oshirishga xizmat qiladi.Shaklga e'tiborsizlik, unga bepisandlik bilan
qarash ba'zan uning butun go’zalligini yo’qqa chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud,
daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqayerga kuchirish izsiz
utmaganidek, chin badiiy asarga vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl
qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri
bor. She'rdagi to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik qoidalarga
mos tarzda o’zgaritirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi:
Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib,
Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros.
Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib,
Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos.
Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga
muvofiq tarzdajoylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi.
Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning
qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga
zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda
to’gri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va
shaklga tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi.
Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy
asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta
estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni
his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib
chiqadigan badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning
ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda,
shaklningmazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan
"Hayrat ul-abror" asarida go’zal yo’sinda tasvir etilgan:
So’z aro yolgon kibi yo’q nopisand,
Aylar aning nazmini dono pisand.
O’rnida tishlar duri manzum erur,
Chun sochilar qiymati ma'lum erur.
Vardu shajar shohid erur bog aro,
Lek o’tin silkidadur tog aro.
Munda parishonligi noxush qilib,
Anda murattabligi dilkash qilib...
Daftari nazmida chu sherozadur,
Gul varagi gulshan aro tozadur.
Uzdi chu sherozani daftari,
El uchurur har varagin bir sari.
Nazm anga gulshanda ochilmogligi,
Nasr qaro yerga sochilmogligi.
Bo’lmasa e'joz maqomida nazm,
Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma'ni durur,
Bulsin aning surati har ne durur.
Nazmki ma'ni anga margub emas.
Ahli maoniy qoshida xo’b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma'ni dogi dilkash anga.
Yorab, ani xalq dilafruzi et,
Xasta Navoiyga dagi ruzi et.
Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik
me'yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |