Mavzu: Kichik Vatan. Vatan bu -beshikda uxlagan mudroq



Download 21,98 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi21,98 Kb.
#632844
Bog'liq
STO` uslubiy ma\'ruza


Mavzu: Kichik Vatan.
Vatan bu -beshikda uxlagan mudroq,
Vatan bu -uychalar qurilgan tuproq.
Vatan bu – yasngan yaylovli o`tloq
Vatan bu - men o`sib ulg`aygan tuproq.
Purviqor tonglarda musaffo nasim
Hosildor bog`larda bitgayman baytim.
Ash’orim soylarda barilla aytgum
Vatan bu – men o`sib ulg`aygan qishloq .
Yelkada ketmoni , qo`llari qadoq
Tandirdagi noni pishar tongdayoq.
Hushbo`y rayhon hidi taraldi uzoq
Vatan bu – men o`sib ulg`aygan tuproq.
Uzoq o`lkalarga bormasman aslo
Xalqimni xizmatin etayin ado
Har sohada yurt uchun bu jonim fido
Vatan bu – men o`sib ulg`aygan qishloq.
Savollarga javob bering.
1.She`rdagi ohangdosh so`zlarni toping.
2.Qishlog`ingiz tarixini bilasizmi?
3.” Men tug`ilgan o`lka” mavzusida matn yarating.
Mavzu:Kuch birlikda.
Shamol va yomg`ir bir-biriga dam bermay tortishib qolibdi.Goh yomg`ir sharros quysa,goh shamol chang-to`zon ko`taribdi.Buni kuzatib turgan Boboquyosh ularga tanbeh beribdi.
-Sizlar aslida me’yorni va vaqtni qadrlanglar. Ikkalangiz ham bir-biringiz uchun keraksiz.Sen shamol uyqudagi daraxtlarni uyg`otasan ,gullarni changlatasan, gullarni xuddi asalari kabi bir-biriga uyg`unlatasan.Qora bulutlarni keltirib, yomg`irni chaqirasan.Sen esa yomg`ir dehqonlarni boy qilasan, ona-zaminni suvga to`yintirasan,-debdi. Qattiq shamollarning halokatidan qutqarasan.Agar sizlar birlashsangiz,xizmatingizni to`g`ri taqsimlay bilsang`iz, borliq sizlardan zavol ko`rmaydi,aksincha,minnatdor bo`ladi.
Shamol va yomg`ir dono Boboquyosh nasihatiga amal qilibdi.

Savollarga javob bering.



  1. Do`stlik haqida maqollar ayting.

  2. Qanday tabiat hodisalarini bilasiz?

Mavzu:Rivoyat


Qadim bir rivoyatda ,
Temur lang bo`lgan ekan.
Unib-o`sib ulg`ayib,
O`n beshga to`lgan ekan.
Temur serqirra , mohir,
O`zib ketar har ishda
Lek oyog`I pand berar
Harakatda yumushda.
Bu holdan qo`li kelib
Tengdoshlar ahd qildilar.
“Kim o`zarga “ bel bog`lab
Yugurishin aytilar.
Temur or-nomus uchun
Poygaga shaxd ayladi.
O`rtoqlari quvonib,
Marra sari boshladi.
Oqsoqligi tufayli ,orqada qolib ketdi
Boshdan do`ppisin olib,manzilga sari otdi.
Barcha yig`ilgan hamon
To`polon, sur boshlandi.
“Kim g`olib” bo`ldi ekan,
Deb hamma tashvishlandi.
Donishmandga bordilar,
Yechim so`rab yolvordilar
Donishmand dedi:Bo`tam,
Bosh ulug` oyoqdan ham.
Qissadan qissa shuki,
Temur oqil va dono
Aqli bilan hammani
Yengib qo`yganlar zukko.
Savollarga javob bering.
1.Temur o`gitlaridan ayting.
2.Buyuk allomalardan kimlarni bilasiz?
3. “Bilagi zo`r birni yiqar,bilimi zo`r mingni” maqolini izohlang.

Mavzu:Anvarjonning zehni.


Anvarjon Yakkatut qishlog`I 18- maktabning 4- sinfida o`qiydi.Ehtiyotkor va ziyrak bola. Maktabda ham baholari yaxshi.U ayniqsa, yo`l qoidalariga amal qilar , yo`l belgilariga e’tibor berardi.Maktabdan kelaverish yo`lidagi “Yo`lda bolalar bor “ belgisiga har kuni qarab o`tar.Maktab binosiga qadar qancha qadam chiqishini sanab ko`rar,uni o`zicha metrlarda hisoblardi. Oynai jahon orqali beriladigan “Yashil chiroq “ ko`rsatuvini har yakshanba kutib tamosha qilardi.Uyidagi mo`jazgina darsxonasi devorida svetoforni turli ko`rinishlari tasvirlangan rasmlar osig`liq turardi.
Anvarjon bir kuni (o`zlariga yaqin bo`lgan) shaharga buvisinikiga bormoqchi bo`ldi. Dadasini ishlari ko`payib , bora olmasligini aytdi.Anvarjon onasidan o`zi e’htiyot bo`lib borib kelishini iltimos qildi.Onasi avvaliga unamadi.keyin ko`p birga olb borganini o`ylab ruxsat berdi.Unga issiq non va shirinliklar solingan sumkani tutqazdi. Anvarjon avval avtobuslar to`xtaydigan bekatga bordi. Buvisi yangi yo`l tumanida yashardi. Yo`lni so`rab avtobus haydovchi yonidagi o`rindiqqa o`tirdi. Avtobusda ketayotib ham yo`l chetidagi belgi va yozuvlarni o`qib bordi. Buvisinikiga yetar paytda kattakon “Tohirbek” deb nomlangan oziq -ovqat magazinini oldida avtobusni to`xtatdi. Chorraha yo`lida yo`lning u yuziga o`tish uchun katta yoshli yo`lovchilarni svetoforni yashil chirog`I yonishini kutdi.Yo`ldan o`tgach piyodalar yo`lkasiga tushib, buvisining uyi tomon hotirjamlik tabassumi bilan yo`l oldi. Yo`lda ketayotib,yetib borgach ohasiga qo`ng`iroq qilib qo`yishini,buvisiga uydagi o`zgarishlar, o`qishidagi yangiliklar haqida so`zlab berishini o`ylab bordi.

Savollarga javob bering.


1.Qanday yo`l belgilarni bilasiz?
2.Svetoforning vazifasini ayting.
3.”Yo`l qoidasi- umr foydasi” maqolini izohlang.

Mavzu:Vitaminjon nima deydi?


Kasallikni haydayman,
Hidim biroz o`tkiroq
Har bir taomda shayman
Mendan ishlating ozroq
Xonim, manti men bilan
Dasturxonga u ko`rkdir,
Oshpazning ko`ngli to`qdir (Piyoz)

Vitaminlar mendadir bisyor


Yod deysizmi,kalsiy deysizmi?
Jimjimador ko`ylaklarim ham
Salatimdan biroz yeysizmi?
Bahor,kuzda men dasturxonda
Ko`p va kam yeb,qolmang armonda. (karam)
Yomg`ir , suv yoqtirmayman
Pishmasdan qoqtirmayman.
Xotiraning kuchiman,
Qattiq qobiq ichiman.
Mendan o`rtoq bo`linglar
Mehmonlarga qo`yinglar. (bodom)

Rang va turning koniman,


Bolalarning joniman.
Kamqonlikka davoman
Shuning uchun a’loman.
Har kuni meni siz yeng
Bog`bonga ko`p rahmat deng. (olma)

Dala dashtni suyaman,


Buyrak,ichni yuvaman
Tashnalik qondiraman
Alvon rangda yonaman.
Sharbatim xo`p shifodir,
Ko`rinishim sipodir. (Tarvuz)

Men polizda bo`limli,


Parxezman,lek to`yimli.
Qilgin mendan damlama
Kam yeyman deb o`ylama. (Qovoq)

Savollarga javob bering.


1.Mevalar va sabzavotlarni bir-biridan farqlang.
2.Qanday dorivor o`simliklarni bilasiz?
Download 21,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish