B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

 
Nazorat savollari 
1.
Baliqlarning tuzilishini izohlang. 
2.
Baliqning ozuqaviy qiymatini izohlang. 
3.
Xom ashyoni qabul qilish va saqlash jarayonini tushuntiring. 
4.
Bo‗laklarga ajratish jarayonini tushuntiring. 
5.
Sterilizatsiya jarayonini tushuntiring. 
6.
Natural baliq konservalari necha turga bo‗linadi? 
7.
Baliqdan tayyorlangan konserva turlarini ayting. 
8.
Natural baliq konservalari ishlab chiqarish usulini ayting. 
9.
Baliq konservalari tayyorlash texnologiyasini tushuntiring. 
10.
Baliq o‗simlikli konservalarni tushuntiring. 


160 
X BOB. Bolalar uchun konservalar tayyorlash texnologiyasi 
Bolalar uchun konservalar 
Turli yoshdagi bolalarni yil davomida turli meva va sabzavotlar bilan 
ta‘minlashni tashkil etish uchun konservalangan mahsulotlar muhim rol o‗ynaydi. 
Bolalar ovqati konservalarining 170 dan ortiq assortimenti mavjud. 
Bular quyidagi gruppalarga bo‗linadi: 
-
bo‗tqasimon sabzavotli, sabzavot - mevali go‗shtli va sabzavot go‗shtli 
konservalar; 
- mevali va rezavor mevali bo‗tqasimon konservalar; 
- mevali rezavor mevali sharbatlar; 
- katta va mayda shaklda konservalangan konservalar; 
- sabzavotli va meva sabzavotli bolalar uchun shifobaxsh konservalar; 
- har xil qo‗shimchalar bilan boyitilgan mevali va sabzavotli konservalar. 
Bolalar ovqati uchun konservalardan tashqari, yana tez muzlatilgan 
bo‗tqasimon sabzavotlar yarim tayyor mahsulotlar ham ishlab chiqariladiki,
qaysiqim bunday yarim tayyor mahsulotlar bolalar ovqati uchun konservalar ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. 
Bolalar ovqati uchun tayyorlanadigan konservalar yangi qishloq xo‗jaligi 
zararkunandalari tomonidan zararlanmagan, standart talabiga javob beradigan 
yuqori sifatli sabzavot va mevalardan tayyorlanadi. Ular juda to‗yimli va organizm 
oson hazm qiladigan bo‗ladi. Qayta ishlash uchun kelib tushgan xom ashyo sifati 
pasaymasligini e‘tiborga olib 2 soatdan to 10 soatgacha saqlanishi mumkin. 
Bolalar ovqati uchun konservalar tayyorlash jarayonida texnik va 
mikrobiologik harorat qattiq yo‗lga qo‗yilgan bo‗ladi. 
Bolalar ovqati konservalari qirg‗ichdan o‗tkazib, shakar, sariyog‗, sut, 
gurunch va h.k. qo‗shilgan gamogenizasiyalashtirilgan (tarkibi bir xil qilingan) 
sabzavot massasidan iborat. 
Bolalar ovqati uchun meva bo‗tqa - qand solingan mevali bo‗tqalar, 
tarkibida S vitamini va karotin bor ho‗l mevalar bilan rezavor mevalarni 


161 
aralashtirib shakar qo‗shilgan bo‗tqalar qand solingan meva - rezavor bo‗tqalar va 
h.k ishlab chiqariladi. 
Konservalar xajmi 200 gacha bo‗lgan bankalarga qadoqlab quyiladi. Bolalar 
ovqati konservalari rangi va ta‘mi tabiiy sabzavotlarning o‗ziga yaqin bir tekis 
maydalangan massadan iborat bo‗lishi kerak. 
Bolalarni ovqatlantirish uchun turli sabzavot, meva, meva-sabzavot, go‗sht-
sabzavot konservalari ishlab chiqariladi. Ularning ta‘mi a‘lo darajada, kaloriyasi 
belgilangan miqdorda bo‗lishi, tarkibida vitamin va qo‗lda qoluvchi elementlar 
(jumladan, temir va fosfor) bo‗lishi kerak. Bolalar oziq-ovqatida oqsillar, yog‗lar 
va uglevodlarning eng maqbul nisbati 1:1:2 (va 4 gacha) hisoblanadi. Ikki oylikdan 
5 oylikkacha bo‗lgan chaqaloq uchun meva va sabzavot sharbati yoki dispersligi 
20-50 mkm bo‗lgan mayin maydalangan pyure tavsiya etiladi. Mahsulotdagi 
kletchatka miqdori 0,6 % dan ortmasligi kerak. 8 oylikdan 12 oylikkacha bo‗lgan 
bolalar uchun mahsulot zarralarining o‗lchami 2 mmgacha, 1 yoshdan yuqori 
bolalar uchun 2-10 mm bo‗lishi mumkin. Bolalarni ovqatlantirish uchun 
konservalangan meva sharbatlari odatdagi texnologiya asosida ishlab chiqariladi, 
xom ashyo sifati mufassal nazorat qilinadi, texnologik me‘yorlar aniq bajariladi, 
ishlab chiqarish yuqori sanitariya holatida tutiladi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish