160
X BOB. Bolalar uchun konservalar tayyorlash texnologiyasi
Bolalar uchun konservalar
Turli yoshdagi bolalarni yil davomida turli
meva va sabzavotlar bilan
ta‘minlashni tashkil etish uchun konservalangan mahsulotlar muhim rol o‗ynaydi.
Bolalar ovqati konservalarining 170 dan ortiq assortimenti mavjud.
Bular quyidagi gruppalarga bo‗linadi:
-
bo‗tqasimon sabzavotli, sabzavot - mevali go‗shtli va sabzavot go‗shtli
konservalar;
- mevali va rezavor mevali bo‗tqasimon konservalar;
- mevali rezavor mevali sharbatlar;
- katta va mayda shaklda konservalangan konservalar;
- sabzavotli va meva sabzavotli bolalar uchun shifobaxsh konservalar;
- har xil qo‗shimchalar bilan boyitilgan mevali va sabzavotli konservalar.
Bolalar ovqati uchun konservalardan tashqari,
yana tez muzlatilgan
bo‗tqasimon sabzavotlar yarim tayyor mahsulotlar ham ishlab chiqariladiki,
qaysiqim bunday yarim tayyor mahsulotlar bolalar ovqati uchun konservalar ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Bolalar ovqati uchun tayyorlanadigan konservalar yangi qishloq xo‗jaligi
zararkunandalari tomonidan zararlanmagan, standart
talabiga javob beradigan
yuqori sifatli sabzavot va mevalardan tayyorlanadi. Ular juda to‗yimli va organizm
oson hazm qiladigan bo‗ladi. Qayta ishlash uchun kelib tushgan xom ashyo sifati
pasaymasligini e‘tiborga olib 2 soatdan to 10 soatgacha saqlanishi mumkin.
Bolalar ovqati uchun konservalar tayyorlash jarayonida texnik va
mikrobiologik harorat qattiq yo‗lga qo‗yilgan bo‗ladi.
Bolalar ovqati konservalari qirg‗ichdan o‗tkazib, shakar, sariyog‗, sut,
gurunch va h.k. qo‗shilgan gamogenizasiyalashtirilgan (tarkibi bir xil qilingan)
sabzavot massasidan iborat.
Bolalar ovqati uchun meva bo‗tqa - qand solingan mevali bo‗tqalar,
tarkibida S vitamini va karotin bor ho‗l mevalar bilan rezavor mevalarni
161
aralashtirib shakar qo‗shilgan bo‗tqalar qand solingan meva - rezavor bo‗tqalar va
h.k ishlab chiqariladi.
Konservalar xajmi 200 gacha bo‗lgan bankalarga qadoqlab quyiladi. Bolalar
ovqati konservalari rangi va ta‘mi tabiiy sabzavotlarning o‗ziga
yaqin bir tekis
maydalangan massadan iborat bo‗lishi kerak.
Bolalarni ovqatlantirish uchun turli sabzavot, meva, meva-sabzavot, go‗sht-
sabzavot konservalari ishlab chiqariladi. Ularning ta‘mi a‘lo darajada, kaloriyasi
belgilangan miqdorda bo‗lishi, tarkibida vitamin va qo‗lda
qoluvchi elementlar
(jumladan, temir va fosfor) bo‗lishi kerak. Bolalar oziq-ovqatida oqsillar, yog‗lar
va uglevodlarning eng maqbul nisbati 1:1:2 (va 4 gacha) hisoblanadi. Ikki oylikdan
5 oylikkacha bo‗lgan chaqaloq uchun meva va sabzavot sharbati yoki dispersligi
20-50 mkm bo‗lgan mayin maydalangan pyure tavsiya etiladi.
Mahsulotdagi
kletchatka miqdori 0,6 % dan ortmasligi kerak. 8 oylikdan 12 oylikkacha bo‗lgan
bolalar uchun mahsulot zarralarining o‗lchami 2 mmgacha, 1 yoshdan yuqori
bolalar uchun 2-10 mm bo‗lishi mumkin. Bolalarni ovqatlantirish uchun
konservalangan meva sharbatlari odatdagi texnologiya
asosida ishlab chiqariladi,
xom ashyo sifati mufassal nazorat qilinadi, texnologik me‘yorlar aniq bajariladi,
ishlab chiqarish yuqori sanitariya holatida tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: