O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONChILIK INSTITUTI
«metallurgiya» KAFEDRASI
«Maydalash yanchish va xomashyoni boyitishga tayyorlash»
fanidan tajriba ishlarini bajarish buyicha
USLUBIY KO‘RSATMA
1– TAJRIBA ISHI
FOYDALI QAZILMALARNI G‘ALVIRLASH VA ELASH SAMARADORLIGINI ANIQLASH
g‘alvirlash samaradorligi har xil kattalikdagi dastlabki zarrachalar aralashmasini g‘alvirlovchi yuzada qay darajada ajralishini xarakterlovchi kattalikdir. Umumiy holda, g‘alvirlash samaradorligi ma’lum sinfning g‘alvir osti mahsulotidagi miqdorini shu sinfning dastlabki mahsulotdagi miqdoriga nisbatini ko‘rsatadi.
E = Q g’.o. / Q d.m.* 100, % (2.11)
g‘alvir osti mahsuloti deb, dastlabki mahsulotning g‘alvirlovchi yuza teshiklaridan kichik o‘lchamli mahsulotga aytiladi. Agar dastlabki mahsulotdagi g‘alvir osti mahsulotning umumiy miqdori (shu mahsulot uchun granulometrik tarkib egri chizig‘idan), va uning og‘irligi Qd ma’lum bo‘lsa, g‘alvirlash samaradorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
E = 104 Q g’.o. /Qd * (2.12)
Real sharoitda uzluksiz ishlaydigan boyitish fabrikalaridagi g‘alvir osti mahsulotining og‘irligini (massasini) aniqlash qiyin, shuning uchun g‘alvirlash samaradorligi g‘alvir usti mahsuloti tarkibidagi g‘alvir osti mahsulotining miqdori, Q bilan hisoblanadi. Bu holda g‘alvirlash samaradorligini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ye = 104 ( - )/ 100 - (2.13)
Shunday qilib, g‘alvirlashga tushayotgan mahsulot tarkibidagi ostki (quyi) sinf miqdorini bilgan holda, shu sinfning g‘alvir usti mahsulotidagi miqdorini aniqlab, g‘alvirlash samaradorligini hisoblab topish mumkin.
g‘alvirlash samaradorligi g‘alvir ishining mexanik, texnologik parametrlariga va g‘alvirlanayotgan mahsulot xossasiga, g‘alvirning ish tartibiga, g‘alvirlash vaqtiga, g‘alvirlovchi yuzaning ko‘rinishi va holatiga, g‘alvirning ishlab chiqarish quvvatiga, mahsulotning namligiga va h.k. larga bog‘liq.
g‘alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligi bir qator omillarga bog‘liq: dastlabki mahsulotning granulometrik tarkibi; mahsulotning namligi; g‘alvir teshiklarining o‘lchami; talab qilinadigan g‘alvirlash samaradorligi; g‘alvirning mexanik ish tartibi.
ishlab chiqarish unumdorligi va g‘alvirlash samaradorligi orasida teskari bog‘liqlik mavjud - ishlab chiqarish unumdorligi ortgan sari shu sharoitning o‘zida g‘alvirlash samaradorligi kamayadi.
g‘alvirlarni texnologik hisoblash berilgan ishlab chiqarish unumdorligi va g‘alvirlash samaradorligida g‘alvirlovchi yuzaning o‘lchamini aniqlashdan iborat.
g‘alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash uchun bir qator formulalar taklif qilingan. Ularning hammasi:
Q = q F k s (2.15)
formulasining turli ko‘rinishidir.
bu yerda: q - g‘alvirning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi,m3/m2 s.;
s - mahsulotning sochma zichligi, t/m3 ; F - g‘alvirning ishchi yuzasi, m2 ;
k - tuzatish koeffitsienti
Quyida g‘alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashning bir necha usullari beriladi.
g‘alvirning dastlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat da.
Q = F q s k l m o p (2.16)
bu yerda: F - g‘alvirning ishchi yuzasi, m2 ; q - g‘alvirning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, m3/m2 s.; s - mahsulotning sochma zichligi, t/m3 ; k, l, m, o, p - tuzatish koeffitsientlari (katalogdan)
Agar g‘alvir ko‘zining o‘lchami noma’lum bo‘lsa:
F = 0,85 L B (2.17)
bu yerda: L va B - g‘alvirlovchi qutining uzunligi va kengligi, m.
Agar g‘alvirning texnik xarakteristikasida g‘alvir ko‘zining o‘lchami keltirilgan bo‘lsa, formuladagi 0,85 tushirib qoldiriladi.
Dastlabki mahsulotning chiziqli xarakteristikasida (ruda bir tekis kattalikka ega) Q ni aniqlash uchun soddalashtirilgan formula ishlatiladi:
Q = q k l (2.18)
bu parametrlarning qiymati yangi katalogdan topiladi.
Ikki to‘rli g‘alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori va pastki g‘alvir bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |