15.4.1-jadval
haftalik menyu va o’rtacha bir kunlik ovqatlar
tayyorlashni hisob-kitobi
149
(soni, dona)
Blyudalar turlari
hafta kunlari
hafta-lik
blyuda-
lar soni
O’rtach
a bir
sutka-
lik
blyuda
tayyor-
lash
Dush
an
b
a
S
esh
an
b
a
Chor
sh
an
b
a
Paysh
an
b
a
Jam
a
S
h
an
b
a
Yaks
h
an
b
a
Birinchi ovqatlar:
1.______
2. ______
3. ______
Ikkinchi ovqatlar
1.______
2. ______
3. ______
Salatlar
1.______
2. ______
3. ______
Shirinliklar
1.______
2. ______
3. ______
va hokazolar
Menyuni tuzishda uni tarkibini o’tgan yillarga chuqur tahlil qilish, korxona
(shaіobcha)ni imkoniyatlarini e’tiborga olish, kontingentni talabini o’zgarib borish
tendensiyalarini va boshqa omillarni hisob-kitob qilish zarur bo’ladi.
Rejalashtirilgan davrga ovqatlar tayyorlash rejasi quyidagicha aniqlanadi:
bir sutkada tayyorlanadigan ovqatlar soni (turlari bo’yicha) hisob-kitob qilinadi va
ular ovqatxonani rejalashtirilgan ish kunlariga ko’paytiriladi. Blyudalar sonini
rejalashtirish davriga mo’ljallangan o’rtacha bahosiga (buxgalteriya ma’lumotlari
asosida aniqlanadi) ko’paytirish orqali ovqatlar ishlab chiqarish bo’yicha tovarlar
aylanishini hisoblash imkoniyatini beradi.
Ommaviy ovqatlanish korxona (shahobcha)larida ovqatlar tayyorlash
rejasini tuzish ularni ishlab chiqarish quvvati va xo’randalarga xizmat qilish
imkoniyati (sutkada qatnashuvchilarni o’tkazish salohiyati) ko’rsatkichlarini
150
ishlatish ham mumkin. Ushbu ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish usuli 15.2-
paragrafda keltirilgan.
Ovqatlanish korxona (shaіobcha)sini o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarini
sotishdan tovar aylanmasini aniqlash uchun ishlab chiqarilgan blyudalar (tushlik
mahsuloti deb yuritiladi) bilan bir qatorda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish
(spirtsiz ichimliklar, kanditor va kulinar mahsulotlar, yarimfabrikatlar va boshqa
un mahsulotlari) hajmi ham hisob-kitob qilinadi.
Bunday hisob-kitoblar uchun o’tgan yillar ma’lumotlarini tahlil qilish
natijalari, aholi talabini qondirish (talabni o’rganish ma’lumotlari), kontingentni
holati va kelajakdagi soni va tarkibi, korxona (shaіobcha)ni ishlab chiqarish
quvvati, xo’randalarga xizmat qilish salohiyati, ularni moddiy resurslar bilan
ta’minlanishi kabi ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Sotib olingan tovarlarni sotish bo’yicha tovar aylanishi hajmini
rejalashtirishda korxona (shaіobcha)larni tipiga qarab mavjud bufetlar imkoniyati,
o’tgan yillar ko’rsatkichlarini tahlili natijalari, ushbu tovarlar bilan ta’minlanish
imkoniyati kabilarni hisobga olinadi va tegishli usullardan foydalanadi.
O’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni ulgurji sotish ovqatlanish korxona
(shaіobcha)sini ishlab chiqarish quvvati, o’tgan yillar ma’lumotlari va
rejalashtirilgan davrga tuzilgan shartnomalar asosida ishlab chiqiladi.
15.5. Ommaviy ovqatlanish korxonalarida xom ashyo ta’minoti va
mahsulotlar balansi
Ommaviy ovqatlanish korxona (shaіobcha)larini samarali faoliyat yuritishi,
tovara ylanishi rejasini, ishlab chiqarish dasturini bajarish, zaruriy tovarlar va xom
ashyolar zahiralarini yaratish uchun ularni kerakli oziq-ovqat mahsulotlari (xom
ashyo) va tovarlar bilan muntazam ta’minlash zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’minot masalasini xo’jalik sub’ektlari
mustaqil (ayrim sharoitlarda, hollarda, mahalliy hokimiyat va hukumat aralashishi
151
mumkin bo’lgan jarayonlar mavjud) ta’minotchilar bilan tuzgan shartnomalar va
bozorlardan sotib olish orqali hal qiladilar.
Ovqatlanish korxona (shaіobchalarini) xom ashyo va iste’mol tovarlari
bilan ta’minlash manbalari quyidagilar hisoblanadi:
oziq-ovqat mahsulotlari sanoati korxonalari;
qishloq xo’jaligi sub’ektlari (fermer va dehqon xo’jaliklari);
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini harid qilish va sotish bilan shug’ullanuvchi
maxsus bazalar, omborlar;
iste’mol tovarlari savdosi bilan shug’ullanuvchi ulgurji savdo bazalari va
omborlari;
chakana savdo korxona (shaіobcha)lari;
har xil vositachilar;
boshqa ommaviy ovqatlanish korxona (shaіobcha)lari (yarimfabrikatlar,
konditer va kulinar mahsulotlarni ulgurji sotuvchilar);
dehqon bozorlari.
O’z mahsulotlarini tovar aylanishiga va ishlab chiqarish miqdori hamda
sotib olingan tovarlarni tovar aylanishidan kelib chiqqan holda korxona
(shaіobcha)ni xom ashyo va tovarlar bilan ta’minlash rejasi ishlab chiqiladi. Ushbu
reja mahsulotlar balansini tashkil qiladi va uning tarkibida xom ashyo va
tovarlarning zahiralari rejalashtirgan davrning boshiga va ularning normotivlari
davrning oxiriga, tovar aylanishi hamda xom ashyo va tovarlarni keltirish rejasi
ko’rsatiladi.
Mahsulotlar balansini tuzish uchun o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni
sotish va sotib olingan tovarlarni sotish bo’yicha tovar aylanishini umumiy hajmi,
assortiment tarkibi, ishlab chiqarish dasturi bilan bir qatorda asos bo’lib, o’rtacha
bir kunlik ovqatlarni sotish rejasi, har bir ovqat turlari bo’yicha sarflanadigan
mahsulotlarni (xom ashyo va tovarlarni) normasi (ovqatlar resepti deb yuritiladi)
hamda xom ashyo va tovarlarni o’rtacha baholari ishlatiladi.
Ushbu ko’rsatkichlar asosida xom ashyo va tovarlarga bo’lgan ehtiyoj
miqdori hisoblanadi.
152
Ovqatlarning turlari va ularga sarflanadigan mahsulotlar normasidan kelib
chiqib, ovqatlarni guruhlari (masalan, go’shtli, sutli, sabzavotli va hokazolar)
bo’yicha go’sht, kartoshka, piyoz, sabzavot, un, krupa, makaron va guruchlar kabi
asosiy mahsulotlarni o’rtacha tortqichli normasi aniqlab olinadi. Uning uchun
quyidagi formula ishlatiladi:
n
i
n
i
n
n
n
q
xq
Х
q
q
q
q
х
q
х
q
х
1
1
2
1
2
2
2
1
...
...
bu yerda: X
i
– i- blyudaga sarflanadigan mahsulot normasi (gramda);
q
i
– i- blyudaning ishlab chiqarish rejasi (dona), yoki uning
ovqat guruhi tarkibidagi hissasi, %.
Mahsulotning umumiy hajmi (Q) o’rtacha tortqichli normani ishlab
chiqariladigan ovqat guruhining umumiy soniga ko’paytirish orqali quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
n
i
q
X
Q
1
hisob-kitoblarni osonlashtirish uchun mahsulotlarni sarflash normasi 100 ta
yoki 1000 ta blyudaga keltirilib olinishi hamda alohida ovqat turlarini umumiy
ovqat guruhidagi hissasi, % da ishlatilish mumkin.
YUqorida keltirilgan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun quyidagicha
jadvallardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
15.5.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |