INFLYATSIYA.
Reja:
Inflyatsiya va uning sabablari.
Inflyatsiya darajasini o’lchash.
Inflyatsiya turlari.
Inflyatsiyaga qarshi kurashish usullari.
Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda o’lchash qiyin, chunki minglab nomdagi Tovar va xizmatlar mavjud. Shuning uchun ham ijtimoiy mahsulot hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkishlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi:
Ishlab chiqarishning natural shakldagi hajmi.
Narxlar darajasi.
Amaliyotda xalq xo’jaligi balansida va milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:
Joriy yoki haqiqiy narxlar.
O’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.
Shu yildagi joriy va amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni har qanday oshishi yoki pasayishi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib, iqtisodiyotni haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar – bu asos qilib olingan biror bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatidan baholashda foydalaniladi.
Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. Narxlarning o’sishi bilan yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorini barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Jami mahsulot tarkibiga millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni har birining narxini o’zgartirib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot yoki yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim Tovar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlar indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor yordamida aniqlanadi. Ammo bu yerda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi. Xolbuki deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Istemol narxlar indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol buyumlar va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida har bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. Narxlarning o’sishi va u bilan bog’liq pul birligi xarid quvvatini tushib ketishi inflyatsiya deb ataladi. Bunday holat makroiqtisodiy beqarorlikni aks ettirib barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamalakatlar uchun bu xavflidir. Chunki bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasini keskin oshib ketishi bilan muqarra ravishda bog’langan.
Odatda inflyatsiyani ikki xilga – talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratadilar.
Iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishni real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi paytida talab inflyatsiyasi holati ro’y beradi. U vaqtda ortiqcha talab narxlarni oshuvi kuzatiladi. Talab inflyatsiyasi keltirib chuqaruvchi asosiy sabablar bo’lib aholining ish bilan to’liq bandligi, ish haqining oshib borishi hisoblanadi.
Agarda, iqtisodiyotda Tovar va xizmatlar taklifi kamayib borsa va uning oqibatida narxlar ko’tarilsa taklif inflyatsiyasi paydo bo’ladi. Jami taklifni qisqarishining asosiy sababi bo’lib mahsulot birligiga sarflangan harajatlarning o’sishi sanaladi. Ya’ni nominal ish haqining,xom – ashyo va yoqilg’I narxlarining oshishi natijasida uning tannarxi o’sishi tushuniladi.
Inflyatsiya iqtisodiyot rivojlanishining haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatib, boshqaruv jarayonini nihoyatda murakkablashtirib yuboradi. Inflyatsiya narxlar umumiy indeksi – defltator va narxlar umumiy indeksi (INI) yordamida o’rganiladi. Aynan shu ko’rsatkichlar iqtisodiyotda narxlar umumiy darajasini o’zgartirishini ifodalaydi.
Joriy yil uchun inflyatsiyaning o’sish sur’atini quyidagicha aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |