B. A. Abdukarimov Ichki savdo iqtisodiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/66
Sana30.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#600225
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
6-y-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-2-qism.-Darslik.B.Abdukarimov.T-2008

х
х
kishi.
Sutkalik quvvati = 493+591=1084 kishiga xizmat qila oladi.
5.
Agar oshxona xizmatidan foydalanadigan xo’randalarni haqiqatda bir 
kunda 900 kishini tashkil qilsa, bir yilda oshxona xizmatidan 
900x289=260100 ta xo’randalar foydalangan bo’ladi.
Bu holda oshxonani xizmat qilish quvvatini ishlatish koeffitsiyenti = 
260100:313276=0,815, ya’ni 81,5 % ishlatilgan bo’ladi.
Tahlil jarayonida ushbu ko’rsatkichni dinamik sur’atini hisob-kitob qilib, 
unga baho berish lozimdir.
15.3. Ommaviy ovqatlanish korxonalarida tovar zahiralarining 
xususiyatlari 
Ommaviy ovqatlanishda tovar zahiralari ularni ishlatilishiga qarab har xil 
shakllarga turlanadi.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Birinchidan, xom ashyo zahiralari, bular tayyor ovqatlarni ishlab 
chiqarishga mo’ljallangan, omborlarda, kuxnyalarda saqlanayotgan mahsulotlardan 
tarkib topadi; 
Ikkinchidan, sotishga mo’ljallangan tayyor mahsulotlar zahiralari, bularga 
pishirilgan ovqatlar, tayyorlangan kulinariya va kondeter mahsulotlari, yarim 
fabrikatlar, salatlar kabilar kiradi; 
Uchinchidan, bufetlardagi tovar zahiralari. 
Bularni hammasi shakli, maqsadidan qat’iy nazar tovar zahiralari deb 
yuritiladi.


145 
Ommaviy 
ovqatlanish 
korxonalaridagi 
tovar 
zahiralarini 
tasnifi, 
ko’rsatkichlari, ularni tahlil qilish usullari, rejalashtirish tartibi chakana savdodagi 
tovar zahiralari bilan bir xil. Lekin ommaviy ovqatlanishda tovar zahiralarini 
o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Birinchidan, ovqatlanish korxonalarida zahiralar ishlab chiqarish bilan 
hamda sotish bilan bog’liq. Ishlab chiqarish bir tomondan xom ashyo bilan, 
ikkinchidan tomondan yarimfabrikatlar bilan ta’minlanadi, sotish bilan bog’liq 
zahiralar esa sotishga mo’ljallangan tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar va sotish 
uchun sotib olingan tovar zahiralari bilan bog’liq. Shunday qilib ovqatlanish 
korxonalari zahiralarini nazariy jihatdan ishlab chiqarish zahiralari va tovar 
zahiralariga ajratish mumkin, lekin amaliyotda bunday taqsimlanmaydi, hammasi 
tovar zahiralari deb yuritiladi.
Ikkinchidan, ovqatlanish korxonalarining zahiralarini xususiyati ularni 
miqdori (saqlanish nuqtai nazaridan) va hajmi chegaralanganligidadir. Chunki 
ovqatlanish korxonalarini tovar ta’minotchilari yaqin masofada joylashgan bo’ladi, 
ular tovarlarni va xom ashyoni kam hajmda va tez-tez yetkazib berishi zarur. 
Bulardan tashqari ovqatlanish korxonalarini xom ashyolari tez bo’zuluvchi 
xususiyatga egaligi, ularni uzoq muddatga saqlash mumkin emasligini talab qiladi, 
bu ham zahiralarni miqdoriga ta’sir qiladi.
Uchinchidan, ovqatlanish korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarini 
hissasi yuqoriroq, ya’ni hajman ko’proq, sotish uchun sotib olingan tovar 
zahiralarini summasi kamroq bo’lsada, ularni nisbiy ko’rsatkichlari miqdori 
(kunlar hisobida) teskari proporsiyada. Bu xususiyatlar ham ulardagi xom ashyo va 
tovarlarni saqlay olish muddatlaridan kelib chiqadi.
Amaliyotda tovar zahiralarini hisob-kitobi, tahlil qilish va rejalashtirish 
xom ashyo, tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar va tovarlarga bo’linmaydi, ularni 
ko’rsatkichlari summasi, natural (tonna, litr, dona) hisobida va kunlar hisobida, 
tovar ayriboshlash tezligi (kunlar va marotaba) ommaviy ovqatlanish 
korxonasining umumiy tovar aylanishiga nisbatan hisoblanadi.


146 
Bizning fikrimizcha, nazariy jihatdan ishlab chiqarish bilan bog’liq 
zahiralarni, o’zi ishlab chiqargan mahsulotni sotish aylanmasiga, sotish uchun sotib 
olingan tovar zahiralarini, sotib olingan tovarlarni sotish aylanmasiga nisbatan 
hisob-kitob qilish maqsadga muvofiq va bunda zahiralar holatiga ob’ektiv va real 
baho berish imkoniyati yaratiladi.
Tovar zahiralarini tahlil qilishda va rejalashtirishda yuqoridagi 
ko’rsatkichlarga asoslangan holda va chakana savdoda ishlatilgan usullar orqali 
amalga oshirish lozim bo’ladi.
15.4. Ommaviy ovqatlanish korxonalarida tovar aylanishini 
rejalashtirish va mahsulot ishlab chiqarish dasturi
Ommaviy ovqatlanish korxonalarining tovar aylanishi va mahsulot ishlab 
chiqarish dasturi bir-biri bilan tig’iz bog’liqlikda bo’lganligi uchun, ushbu 
ko’rsatkichlar birgalikda rejalashtiriladi.
Ommaviy ovqatlanish korxonalarida o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni 
sotishdan tovar aylanmasini miqdori ular ishlab chiqargan mahsulotlar (tushlik, 
kulinar, konditer, yarimfabrikatlar, salatlar, ichimliklar) hajmi va ularni bahosidan 
bog’liqdir. Shuning uchun mahsulotlar ishlab chiqarish dasturi oldin hisob-kitob 
qilinadi va keyin o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish hajmi aniqlanadi.
Ommaviy ovqatlanish korxonasini mashulot ishlab chiqarish dasturi 
quyidagi ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi: 

o’tgan yillar va joriy yilga korxonani tovar aylanish va mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi va tarkibi tahlili natijalari; 

xizmat ko’rsatilayotgan aholining holati, o’tgan yillardagi o’zgarish sur’ati va 
kelajak davrga hisoblangan soni, tarkibi; 

korxonaning ishlab chiqarish quvvati, aholini xizmat bilan qamrab olish 
qobiliyati va ushbu ko’rsatkichlardan foydalanish koeffitsiyentlari; 


147 

xizmat ko’rsatilayotgan kontingent jon boshiga sotilgan mahsulotlar birligi (1 
kishiga to’g’ri kelgan blyuda- I, II) konditer, kulinariya mahsulotlari, suyuqlik 
ichimliklar, salatlar va boshqalar; 

aholini talabini o’rganish natijalari va korxonani rejalashtirgan menyusi; 

korxonani rejalashtirgan davrga ish rejimi; 

korxonani xom ashyo, yarimfabrikatlar va sotish uchun sotib olinadigan 
tovarlar bilan ta’minlanishi hajmi va tarkibi (assortimentlari bo’yicha) tuzilgan 
shartnomalar asosida; 

har xil texnik-iqtisodiy norma va normotivlar. 
Ovqatlanish korxona (shaіobcha)lari ularni tiplaridan kelib chiqib, har xil 
sharoitda ishlaydi, har xil hajmda va assortimentda mashulot ishlab chiqaradi. 
Ushbu 
ko’rsatkichlar 
ularning 
tiplaridan 
(oshxona, 
restoran, 
kafe); 
ixtisoslashganligi (diyeta ovqatlari, tez xizmat qilish, oilaviy marosimlar o’tkazish, 
ishchi-xizmatchilarga, o’quvchilarga xizmat qilish va hokazolar); xizmat 
ko’rsatilayotgan kontengentni stabelligi (o’zgaruvchanligi) va tarkibidan 
bog’liqdir. Shuning uchun har bir konkret sharoitga qarab mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmi va tarkibini tegishli usullardan foydalanilgan holda rejalashtirish 
zarur bo’ladi.
Ovqatlanish korxona (shoxobcha)sida mahsulot ishlab chiqarish rejasini 
tuzishni ayrim usullarini ko’rib chiqamiz.
Nisbatan ko’p o’zgarmas ktntengentga xizmat qiladigan ovqatlanish 
korxona (shoxobcha)larda (ishlab chiqarish korxonalaridagi, maktablardagi, oliy va 
o’rta maxsus ta’lim yurtlaridagi, qurilishdagi, transport korxonalaridagi va boshqa 
joylardagi oshxonalar) mahsulot ishlab chiqarish hajmi va tarkibini xizmat 
ko’rsatilayotgan kontingent soni va bitta iste’molchiga to’g’ri keladigan blyuda 
(kun, hafta, oy, kvartal, yil) orqali hisob-kitob qilish tavsiya qilinadi.
Ushbu hisob-kitoblarni quyidagi formulalardan foydalangan holda amalga 
oshirish mumkin.
Bir kishi bir kunda iste’mol qiladigan blyudalar soni (B
i.b
): o’tgan yillarda 
o’rtacha yoki joriy (bazis) yilda ishlab chiqarilgan blyudalar (I, II va boshqalar) 


148 
(

Bb) bir kunda ovqatlangan kontingentni o’rtacha soni (

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish