1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari



Download 0,73 Mb.
bet1/57
Sana09.03.2023
Hajmi0,73 Mb.
#917669
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti Ma\'ruza matnlari




1-MAVZU. «KORXONA IQTISODIYOTI VA INNOVASIYALARNI BOSHQARISH» KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI» (2 SOAT)


1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari.

2.2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni boshqarish masalalarini o’rganish.

3.Iqtisodiyot fan va ishlab chiqarish faoliyatining sohasi sifatida.


4. «Korxona iqtisodiyoti» – iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi tarkibiy qismi.
5.«Korxona iqtisodiyoti» kursining mazmuni, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Annotasiya

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnoma qildi.


2017 yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo’lida birinchi qadamlarni qo’ydik. 
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya va diversifikasiya qilish bo’yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o’ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo’shimcha 1,5 trillion so’mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo’shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. SHuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug’-gaz qurilmasi, Qizilqum bag’ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo’yicha ishlar davom etmoqda. 
Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan “YOshlik – 1”, “YOshlik – 2” konlarini o’zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg’ona va To’palang suv omborlarini qurish bo’yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim voqea bo’ladi. 
Farg’ona – Marg’ilon yo’nalishidagi temir yo’l tarmog’i ayni paytda elektrlashtirilmoqda. 
YAna bir yirik ob’ekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo’shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. 
O’zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to’liq faoliyat boshlaydi. SHular qatorida “O’zagrotex-sanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko’proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq priseplar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. 
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko’rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi. 
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko’paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga etdi. 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish