Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

31 



library.ziyonet.uz/ 

 

nobud qiladigan ham qutulib boʻlmas shu Buyuk Joziba. Shoir ikkinchi va uchinchi 



baytlarda «ahdi»ii mustahkamlaydi; chunonchi, ikkinchi bayt: 

Barcha elga fitna boʻlgʻon koʻzga maftun boʻlmayin, 

Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin. 

Ya’ni: «Barchani fitna-firib bilan aldagan koʻzga maftun boʻlmaslikka (aldanmaslikka), 

barcha qaraydigan yuzga qaramaslikka ahd qildim». Barchani fitna bilan oʻziga maftui 

etadigan koʻz dunyo boʻlishi ham, dunyo nafosati bilan boqqan Mutlaq ruh chashmasi 

boʻlishi ham, yuz-koʻzidan nur yogʻilib turgan komil inson boʻlishi ham mumkin. Har 

holda ma’shuq koʻzi fitnakor, aldamchi ekanligi aniq, u barchani oshufta etadi. Ishq 

aslida ana shu maftunkor yuzu koʻzga qarashdan boshlangan, oʻsha koʻzlarki, bechora 

oshiqni bir lahza tinch qoʻymaydi. Xoʻsh, agar yuz va koʻz ilohiy sifat — tajalliyot 

belgisi boʻlsa, nega u maftunkor, aldamchi? Gap shundaki, sufiylar nazdida ma’shuq 

koʻzi — basirat darajasi, ya’ni qalb koʻzining oʻtkirligi va ham ayni vaqtda u oshiqni 

imtihon etuvchi, sinovdan oʻtkazuvchi kuch. Ilohiy jamol turli koʻrinishda jilolanib, 

qalbga yoʻl izlaydi. Jilo, mavj, tovlanish — sehru jodu, maftupkorlik emasi? Koʻz, shu 

bilan birga, gʻaybning manbai, snru asror chashmasi. Yuz esa — ilohiyot jamolining 

timsoli va komil inson chehrasi. Navoiy davri kishilarning va buyuk shoirning shaxsiy 

tushunchasm ana shunday. Ham olam nafosati, ham inson qalbi goʻzalligi hamda barcha 

goʻzallarning goʻzali, barcha ravshanliklar manbai deb hisoblangan Ilohni bir ibora, bir 

tashbih bilan ifodalash, uni lirik kechinma orqali yonib kuylash. Bularning hammasi 

Yaxshilik va Ezgulikka oshiqlikni ta’riflash va oxir-oqibat inson ma’naviyotini 

yuksaltirishga xizmat etish istagidan tugʻilgan. Oqil va odil iyasonning yuragi iloh 

fazilati bilan toʻliq va bu uning a’moli, fitratida namoyon boʻladi, boshqalar shu qalbning 

fayzini idrok etib, uidan bahra olib, ilohga yaqinlashadilar. Shuning uchun bunday fayzli 

odamlar e’tiborni tortadi, hamma ularga qarab intiladi, ularning xoki poyini koʻziga 

surtadi. Shu uchun bu ilohiy yuz va «fitnakor» koʻzlardan bekinish qiyin, ulardan 

bekinish — ilohdan yuz oʻgirish bilan barobar! Yaxshisi, Ishq olovida yonish nasib etsin, 

jodu koʻzlardan judo qilmasin. Uchinchi bayt: 

Ishq kufuri birla taqvo xonaqosin buzmayin, 

But xayolidin koʻngil dayrini ma’mur etmayin. 

Ishq — kufr, oshiq boʻlish — kofirlik. Vu kimniig fikri? Albatta, mutaassib dindorlar, 

ishqu oshiqlikning haqiqiy ma’nosini tushunib yetmagan kishilarning fikri, ular hayotni, 

ilohiy muhabbatni kuylagan shoirlarni shunday tamgʻalar bilan ayblamoqchi boʻlganlar. 

Lekin, qizigʻi shu yerdaki, tasavvufning vahdatul vujud falsafasini chuqur idrok etgan 

shayx-oriflar, ayniqsa Attor, Rumiy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar buni 

oʻzlari ham tan olganlar. Chunki suratparast, masalaning mohiyatiga yetmagan johil 

ruhoniy talqinidagi kofirlik bilan sufiy shoir nazarda tutgan kofirlik boshqa-boshqa 

narsalardir. Ruhoniylar islomni tan olmagan, butga sigʻingan odamlarni kofir desalar, 

sufiylar «kasrat olamining zulmi, dunyo talabi, vahdatdan judolikni» kufr deb uqtirganlar 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish