Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

28 



library.ziyonet.uz/ 

 

turmushini sharaflaydi. 



 

Oltinchi bayt: 



Xumor aro tiladim soqiyu qadah, yuz shukr, 

Ki ulki men tiladim keldi oʻz ayogʻi bila. 

Shoir oʻzining siniq safolda «durd» ichib, mahbub yodida sarmast qahramoni — ishq 

parvonasi holatidan ruhlanib ketib, oʻzini u bilan sherik, hammaslak qilib koʻrsatadi. 

Ammo lirik qahramon-darvesh yor yodida sarxush boʻlsa, shoir hali xumor, u endi soqiyu 

qadah talab qilayapti. «Xumor» ham mastlikning asorati, ammo u vaqtinchalik sovush, 

solikning ikkilanishini, beqaror holatini hamda «mahbubning izzat pardasi ichiga 

yashirinishi, dunyo pardasi vahdat yuzini berkitishini» anglatadi. Ana shunday holatda 

shoir turlangan kayfiyatni bir xillikka keltirish, ya’ni darvesh holatiga moslash uchun 

soqi (piri murshid) qoʻlidan qadah (ma’rifat) tilaydi va Alloh unga tilaganini yetkazganini 

— pir huzuriga yetganidan shukronalar aytadi. Baytdagi «ayoq» soʻzi ikki ma’noli: 1) 

odamning a’zosi va 2) qadah. Demak, soʻz oʻyini — tajnis yasalgan: «Keldi oʻz ayogʻi 

bila — keldi oʻz qadahi bila». Teran ma’no, toza ifoda va timsollar bilan ochiltan. 

 

Yettinchi bayt: 



Qucharga sarv niholi biri qadingdek ermas, 

Agar ketursa ani bogʻbon quchogʻi bila. 

Bu baytning zohiriy ma’nosi koʻrinib turibdi. Shoir mahbub qomatini eng chiroyli 

daraxtga oʻxshatmoqda, yoʻq, mahbuba qomati sarvdan ham chiroyli, axir sarvni 

quchganda yor quchgandayin halovat tuyish mumkinmi? Bogbon sarvlarni quchoqlab 

olib kelsa ham, lekin bu yor qomatini quchganchalik emas. Ammo baytning tasavvufiy, 

zohiriy ma’nosi ham bor. 

 

Qad deganda soʻfiylar pirning haybati, ilohiylik alomati bor odamni nazarda tutganlar. 



Shunday boʻlgach, baytning mana bunaqa ma’nosi ham kelib chiqadi: «Garchi bogʻbon 

bogʻdagi chiroyli sarv daraxtlarini namoyishkorona quchib kelsa-da, lekin ularning 

birortasi komil inson — pirning goʻzal, ilohiy haykaliday emas, ularni quchish pirga 

sigʻinishday lazzat berolmaydi». 

 

Alisher Navoiyning ulugvorligi shundaki, unda zohiriy va botiniy ma’nolar, ya’ni ishqi 



ilohiy va ishqi ma’joziy ifodalari bir-biriga xalaqit bermaydi, balki bir-birini toʻldirib, 

quvvatlab turadi. Boshqacha aytganda, ishqi haqiqiy tasviridan ishqi ma’joziy tasviriga 

yoki aksincha holatga oson oʻtiladi, kitobxon goh bu ma’nodan, goh u ma’nodan, goh har 

ikkisidan zavqlana oladi. Ushbu gʻazalda ham shuni kuzatish qiyin emas, unda tariqat 

aqoidi, maqomat bosqichlaridagi solik holatlari, ishq iztirobi va oshiq azobi, dardli 

oʻrtanishlar tasvirlanadi ham shu bilan barobar, muayyan insoniy kechinmalardan voqif 





Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish