Azallariga sharhlar


Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/80
Sana30.12.2021
Hajmi0,67 Mb.
#98553
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
alisher navoiy gazallariga sharhlar

Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar 

Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov 

 

27 



library.ziyonet.uz/ 

 

uchinchi bayt yuzasidan aytgan fikrimizni tasdiqlaydi. 



 

Baytni keltiramiz: 



Ul oʻtki oʻrtadi parvonani, hamul oʻtdin 

Koʻrinki qovruladur sham’ dogʻi yogʻi bila. 

Ma’lum boʻladiki, gap parvona ishqi ustida borayapti, ya’ni shoir bulbulning nolali 

muhabbati bilan parvonaning jim, ammo vujudini yondiruvchi «indamas» muhabbatini 

qiyoslamoqda. Tasavvur qiling: sham’, uning atrofida esa alangaga qarab talpinayotgan 

mitti parvona. U oʻtga shunday ixlos, shiddat bilan intiladiki, olovga qoʻshilib yonib 

ketguncha tinchimaydi. Biroq parvona shunchalik oshiqligi, dardining zoʻrligiga 

qaramay, ohu nola chekmaydi, balki jim-jit oʻtga tomon talpinaveradi. «Ul oʻt», ya’ni 

ilohiy ishq alangasi faqat parvonani emas, sham’ning oʻzini-da, mumi va yogʻi bilan 

qoʻshib qovuradi, eritib kuydiradi. Ulugʻ shoir tamsillar vositasida Ishqning beintiho 

zarrotu jonzotlar, oshiqu ma’shuq barini qamrab oluvchi qudratini bizga tushuntirmoqchi 

boʻlgan. Sham’ning shu’lasi — ilohiy ishq, mumi va yogʻi — dunyo, inson vujudi, 

parvona — oshiq inson timsollaridir. Parvona — fano timsoli, ya’ni yomon sifatlardan 

qutulish va mahmuda (yaxshi) sifatlarga ega boʻlish, hirsu havasni tark etish yoʻli. Vu 

faqir darveshlarning, ahlullohning tariqati, xoʻsh, shohlar-chi, ular ham bu baxtga 

musharraf boʻla oladilarmi? 

Shohu ulus gʻamiyu jomi Jam, xusho ulkim 

Sinuq safol ila durd ichkay oʻz farogʻi bila. 

Yoʻq, shohlar fano martabasiga yetisholmaydilar, chunki ular dunyo gʻamiyu ulus 

tashvishi, shon-shuhrat, ayshu ishrat bilan band — shoirning gʻoyasi shu. Afsonaga 

koʻra, Ajam shohlaridan Jamshid shunday jom ixtiro qilibdiki, uning ichidagi sharob aslo 

tugamas va u olamni oʻzida aks ettirib turar ekan. Shunday qilib, «jomi Jam» — 

tuganmas boylik va ishrat, shukuhu saltanat ramzi. Uning soʻfiyona talqini ham bor: 

«Ma’rifat bodasi bilan molim orif koʻngli» («Mir’ot-ul ushshoq»). Lekin Navoiy mazkur 

baytda buni nazarda tutmagan, boʻlmasa shohu darvesh ahvolini chogʻishtirmagan 

boʻlardi. Shoir an’anaviy tasavvufiy e’tiqodga amal qilib orif darveshning faqir hayotini 

podshoning hashamatli hayotidan ustun qoʻyadi, ammo buni quruq ta’kid yoʻli bilan 

emas, balki «nazariy» tushuntirishga intiladi: «Shoh fuqaro tashvishi va oʻzining shonu 

shuhrati, tuganmas davlati, ishrati bilan ovora, u bu gʻamdan forigʻ boʻlolmaydi. Demak, 

shunchalik dabdabayu shukuhi bilan ozod, baxtiyor emas. Hatto jahonni koʻrsatuvchi 

oltin jom ham uni gʻamdan ozod qilolmaydi. Shohning aksi oʻlaroq siniq safolda (jomi 

Jam — saltanat va hasham ramzi boʻlsa, siniq safol — ka-bagʻallik, kamtarlik belgisi) 

may quyqumini ichayotgan, ya’ni mahbubning vasli deb azob chekayotgan darvesh 

baxtiyor. «Durd» — may quyqumi, qanoat hamda ayni vaqtda nom-rodlik, mahbubning 

betoqat qiluvchi yodini ham anglatadi. Xullas, Navoiy ilohiy ishqning xosiyatlari haqida 

gapirib kelib, parvonasifat darveshning mamlakat podshosidan ustun turuvchi ozod-erkin 




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish