Alisher Navoiy gʻazallariga sharhlar
Erkin Vohidov, Najmiddin Komilov
32
library.ziyonet.uz/
(«Mir’ot-ul ushshoq»). Ishqning kofiri boʻlish — sufiy nazdida haqiqiy imonga ega
boʻlish, nechukim, farqlar, koʻpliklar olami orqali, yopiqlik pardasini koʻtarish dunyoni
tark etish orqali vahdatga yetiladi. Dindor ruhoniy ilohni sevishni emas, unga sajda qilish,
toat-ibodat bilan jannatiy boʻlishni targʻib etadi, sufiy boʻlsa ilohdan boshqasini tan
olmaydi, rasm-rusumlar, odat-marosimlarni inkor etadi, iloh jamoli aks etgan barcha
mavjudotni, butni ham, nasroniy qizni ham sevish mumkin, deb ta’lim beradi. Shayx
San’onni eslang (Navoiyning «Lison-ut tayr» asarn qahramoni). U rimlik qizga oshiq
boʻlib, islomdan voz kechib, nasroniy diniga kiradi, ishq yoʻlida nimaiki yuz bersa —
bariga chidaydi va oqibatda ilohiy muhabbatga erishadi. Shayx San’on sarguzashtiga
diqqat qilinsa, vahdat mayidan sarxush sufiylar emas, balki taqvodor zohid va soxta
shayxlar kofir boʻlib chiqadi. Chunki «kofir — sifot. asmo’ va af’ol darajasidan oʻtmagan
odam» («Mir’ot-ul ushshoq»)- Navoiy «ishq kofiri» iborasini «but» va «dayr» soʻzlari
bilan yonma-yon qoʻllagan. Sababi shuki, «but — asosiy matlab, maqsad, ya’ni ma’shuq
timsoli», dayr esa — butxona, otashparastlar ibodatgohi boʻlib, tasavvuf istilohida oriflar
majlisi va zoti ahadiyat huzuridir. Koʻngil dayriii but xayoli bilan bezashlik suhbatini
qoʻmsash demak. Shunday qilib, baytning mazmuni bunday: «Ishqning bexudliklari,
parhezsizligi bilan taqvo-tiyinish, ya’ni zohid xonaqosini buzmaslik, ma’shuqaga
sigʻinish, uning yodida otish fikri bilan koʻngil uyini obod etmaslikka ahd qildim», ya’ni
pir suhbatidan dilimni uztshga soʻz berdim. Toʻrtinchi bayt:
Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun oning hajrida koʻnglimni maxmur etmayin.
...soʻzlari ham ta’od va ham tanosub san’atlarini hosil qilib, avvalgi baytlarda ifodalangan
oshiqlik shartlarini inkor etish bilan davom ettirilgai. Soʻfiyona talqinga rioya etadigan
boʻlsak, «lab — ma’naviyot olamidan malaklar vositasida anbiyo va oriflarga nozil
boʻlib, zavq va ilhom paytida ular koʻnglidap tiliga koʻchadigan kalom» («Mir’ot-ul
ugashoq»), may — ilohiy tajalliyot, maxmur — shu vahdat mayidan bexudlik. Baytning
mazmuni: «Har kecha bir shirin lab, ya’ni orif koʻnglida paydo boʻlgan ilohiy kalomni
eshitish lazzatidan jonimni mast qilmayip va har kuii shu Kalomdan ajralib, koʻnglimni
xumorli (bu soʻz qoʻmsash, sogʻinish ma’nosida ishlatilgan) qilmayin, deb qaror etdim».
Yoki mana buiday sharhlash ham mumkin: «Har kecha piri orifning ma’naviyot olamidan
vahiy tushgan kalomi lazzatidan jonni xushnud etish va har kun oʻsha ma’rifat kalomini
qoʻmsab, xumor boʻlishdan tiyinayin dedim». Navoiy bu baytda. kyocha va kunduzni
qiyoslaganda yorugʻlik va Zulumotsi emas, balki aksincha, kechasi boʻladigan piru murid
orasidagi xilvat suhbatlarni, kuiduzi va ularning oʻzaro ajralib ketishlarini nazarda tutgan.
Demak, Oshiq uchun bunday kunduzlardan koʻra, pir vasli munavvar etgan tun afzal.
Shu tariqa, toʻrtta baytda oshiqning oʻz maslagidan qaytishdagi «ahd»lari bayon etilib,
she’rning ohangi, matn qabatidagi ma’iolar esa, barcha «ahd»lar yolgʻon ekanini,
inkorlarning zamirida tasdiq yashiringaniii bildirib turadi. Oshiqning ana shu kinoyali
holatini anglatish uchun shoir beshinchi baytda ohista «mantiqiy oʻtish» usulini qoʻllaydi,
gazal mazmuniga oʻzgarish kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |