Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   290
Bog'liq
falsafa

Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida 
Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy 
bilish)  Qadimgi  Yunon  falsafasida  bir  muncha  aniq  ajratilgan.  Qadimgi  Yunon  faylasuflari 
e'tiborni  ibtido  va  sababni  bilishga  qaratganlar,  «chunki  qolgan  hammasi  ular  orqali 
tushuniladi»
5
. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish  ta'rif 
(«nima»,  «qanday?»  savollari  bilan  bog‘liq)  bilan  tushuntirish  («nima  uchun?»,  «qanaqa 
sabab?»  savollariga  javob)ni  aniq  farqlagan.  Masalan:  yunon  faylasufi  Arastu  (eramizdan 
avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini 
biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini bilmaydilar»
6

Dunyoning  an'anaviy  diniy-afsonaviy  manzarasi  bilan  qanoatlanuvchi  ko‘pchilik 
odamlardan  farqli  o‘laroq,  eng  ilk  davrlardagi  faylasuflar  turli  tabiiy  va  ijtimoiy  jarayonlar 
hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish 
sabablari  va  qonuniyatlarini  tushuntirishga  uringanlar.  Faylasuf  nigohiga  tushgan  barcha 
narsa, ya'ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy 
asboblarning  tuzilishi,  hayvon  va  odamlarning  kelib  chiqishi,  daryolarning  toshishi, 
davlatning  siyosiy  tuzilishi  kabi  boshqa  hamma  narsalar  faylasufona  fikr  yuritish  (nazariy 
fikrlash) mavzusi bo‘lgan. 
Nazariy  dunyoqarash  bo‘lgan  falsafa,  shu  bilan  birga  mantiqiy  tizimlashtirilgan 
dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy 
majmui  emas,  balki  muayyan,  ratsional-mantiqiy  usul  bilan  tuzilgan  kategoriya  (falsafiy 
tushuncha)lar tizimidir. 
Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq 
falsafa  fandan  farqli  o‘laroq,  nazariylashtirishning  yakuniy  (oxirigacha  oborilgan)  turidir
Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi. 
Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan 
biron-bir  bilim  yoki  hayot  sohasi  mavjud  emas.  Shuning  uchun  ham  biz  tabiatshunoslikning 
                                                 
4
 Древнекитайская философия. В 2-х т. М., 1972-1973. Т. 1. 130-б. 
5
Аристотель. Сочинения. М., 1979. Т. 1.  68-б.  
6
 Аристотель. Сочинения. Т. 1.  66-б. 


falsafiy  muammolari,  siyosat  va  huquqning  falsafiy  muammolari,  tilshunoslikning  falsafiy 
muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar  haqida gapiramiz. 
Ikkinchidan,  bu  turli  hodisa,  voqyea  va  jarayonlarning  yakuniy  umumiy  ta'rifi  va 
tushuntirishdir.  Falsafani  hamma  narsa  emas,  eng  avvalo  umumiy,  universal  hodisalar 
qiziqtiradi.  Falsafa  xususiy  muammolar  bilan  shug‘ullanmaydi.  Xususan,  rivojlanish 
mexanizmini  o‘rgana  turib,  u  biron-bir  rivojlanishning  xususiy  sohasi  (masalan,  biron-bir 
muayyan  til  rivoji  yoki  umurtqali  hayvonlar  asab  tizimining  rivojlanishi)ga  daxl  qilmasdan, 
rivojlanish  kategoriyasini  universal  qonuniyat    darajasigacha  tahlilini  chiqaradi.  Nazariy 
tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan  maxsus kategoriyalar  - 
umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan. 
Uchinchidan,  falsafaning  yakuniy  nazariylashtirishi  uning  refleksiyaga  –  o‘z-o‘zini  tahlil 
qilishga  moyilligi,  ya'ni  o‘z-o‘zini  bilishi,  falsafiy  fikrni  o‘ziga  nisbatan  qaratishi  bilan 
xotimalanadi.  Falsafa  nimanidir  o‘rganib  qolmay,  balki  shu  o‘rganishning  sharoit  va 
yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish