Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Bog'liq
falsafa

O‘RNI 
 
1-bob. FALSAFA MAVZUSI VA FALSAFIY BILIMLAR MOHIYaTI. 
 
1-§. Falsafa nima degani? 
 
Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e'tibor bersak, uning yunon tilidagi 
tarjimasi «donolikni sevaman» ma'nosini anglatadi. 
 Diogen  Laertskiy  (eramiz  II  asri  oxiri  -  III  asr  boshlari)  so‘zlariga  qaraganda,  o‘zini 
birinchi  marta  faylasuf  deb  atagan  kishi  –  yunon  mutafakkiri  va  olimi  Pifagordir. 
Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta'rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: 
ba'zilar  unga  musobaqalashgani  kelsa,  ayrimlar  savdolashgani,  eng  baxtlilari  esa  tomosha 
qilgani  keladilar;  hayotda  ham  xuddi  shunday,  ba'zilar  qullar  kabi  shuhrat  va  boylikka  o‘ch 
bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»
1

Bugungi  kunda  haqiqatni  izlash  faqat  falsafagina  taalluqli  degan  fikrga  qo‘shilib 
bo‘lmaydi.  Faylasuf  bo‘lmasdan  ham  fizika,  tibbiyot,  badiiy  ijodda  yoki  kundalik  hayotda 
bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan. 
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo 
nutq  falsafiy  yohud  falsafiy  emasligini  ichki  sezgi  bilan  his  etamiz.  Ammo  falsafaga  qat'iy 
ilmiy  ta'rif  berish  juda  mushkul.  Bunga  urinib  ko‘rishning  o‘zi  kifoya.  Falsafaga  tegishli 
bo‘lmagan  narsani  aniqlash  osonroq.  Masalan,  falsafa  DNK  tuzilishini  aniqlash  bilan 
shug‘ullanmaydi, differensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalarni o‘rganmaydi, 
yer qobig‘i harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar. 
Agar  fanlar,  aytaylik,  botanika  yoki  lingvistika  ta'riflarini  oladigan  bo‘lsak,  ulardagi 
mavjud  farq,  odatda,  mashg‘ulotning  asl  mohiyatiga  daxl  qilmaydi.  Hyech  bir  botanik 
mutaxassisligi  fanining  mavzusi  -  o‘simlik  olami  ekanligiga  e'tiroz  bildirmaydi.  Har  qanday 
lingvist  o‘z  fanining  mavzusi  -  til  ekanligini  tasdiqlaydi.  Falsafada  esa  boshqacharoq.  Bir 
faylasufning ta'rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta'rifi shu qadar ko‘p va 
turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»
2
 degan 
savol tug‘ilishi mumkin. 
Ba'zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb 
ta'riflanadi.  Masalan,  qadimgi  yunon  faylasufi  Arastu  ta'limotida,  u  «barcha  mavjudotning 
ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik  mutafakkir Abu Ali Ibn 
Sino  falsafani  «mutlaq  borliq  to‘g‘risidagi  oliy  fan»  deb  ta'riflagan.  Boshqa  yo‘nalishlarda 
falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o‘rta 
asr  ilohiyotchisi  al-G‘azzoliy  o‘zining  «Faylasuflarni  rad  etish»  nomli  maxsus  asarini  shu 
mavzuga bag‘ishlagan. 
Ba'zi  ta'limotlarda  falsafa  «to‘g‘ri  fikrlash  orqali  erishilgan  bilim»  (T.Gobbs),  umuman, 
«fanlarni  ko‘rib  muhokama  qiluvchi»  (G.V.  Xegel)  deb  keng  tasavvur  qilinsa,  boshqalarida 
tor  ma'noda,  masalan,  «fikrning  mantiqiy  oydinlashuvi»  (L.Vitgenshteyn)  yoki 
«umummajburiy  qadriyatlar  to‘g‘risidagi  fan»  (V.Vindelband)  sifatida  tushuniladi.  Odatda, 
falsafaning  u  yoki  bu  ta'rifi  umuman  falsafani  emas,  balki  tegishli  faylasuflarning  o‘z 
nazariyalarini  belgilashi  hisoblanadi,  garchand,  ko‘pchilik  faylasuflar  aynan  o‘z  falsafiy 
qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o‘ylaydilar. 
                                                 
1
 Diogen Laertskiy. O jizni, ucheniyax i izrecheniyax znamenitыx filosofov. M., 1979. 334-b. 
2
Qarang: Oyzerman T.I. Problemы  istoriko-filosofskoy nauki(Tarixiy-falsafiy fanlarning muammolari). M., 
1982. 57-b. 
 


Falsafaning o‘z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng Yangi davr uchun 
xosdir.  Bu  shu  qadar  oddiy  holga  aylandiki,  hatto  zamonaviy  faylasuflardan  biri  X.F.Morua 
falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo‘ladi: «Falsafa» deganda 
nimani  tushunish  hamisha    mushkul  bo‘lgan,  biroq  20-asr  mobaynida  «falsafa»ni  ta'riflash 
mushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo‘lmay qoldi»


Umuman  falsafani  ifoda  kilish  mumkinmi?  Nemis  faylasufi  G.V.Xegel  (1770-1831) 
muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir 
butun  rivojlanishining  mohiyatidir,  deb  hisoblagan.  Boshqa  faylasuflar  tasavvuriga  ko‘ra 
tarixiy-falsafiy jarayon - bu muayyan falsafiy ta'limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir 
yagona  va  rivojlanuvchi  ta'limot  sifatida  mavjud  emas.  Bundan  shunday  xulosa  kelib 
chiqadiki,  muayyan  falsafa  mavzusinigina  ifoda  kilish  mumkin,  masalan,  ekzistensializm  
(mavjudlik)  falsafasi  yoki  analitik  (tahliliy)  falsafani  aniqlash  mumkin,  ammo  umuman 
falsafani emas. 
Biroq  tajribaga  asoslangan  (empirik)  oddiy  dalil  mavjud.    Qanday  yo‘nalishga 
tegishliliklaridan  qat'iy  nazar,  faylasuflar  o‘zlari  falsafa  bilan  shug‘ullanayotganliklariga 
shubha  qilmaydilar.  O‘z  raqib  va  muxoliflarini  nima  deb  atashlaridan  qat'i  nazar,  ularni 
«noshud», «gumroh» ta'birlari bilan siylasalarda, ularning faylasuflar deb atalishiga huquqlari 
bor,  negaki,  ular  har  holda  faylasuf  deb  ataladilar.  Boshqacha  aytganda  ularning 
mashg‘ulotlarida  qandaydir  narsa  mavjudki,  bu  narsa  ularning  faylasuf  deb  atalishiga  asos 
bo‘ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ularning tushunchasida falsafa deganda, iboralarning 
mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta'limot yoki tajribada hosil kilingan 
ma'lumotlarning tanqidiy bahosi berilgan bo‘ladi. 
Hamonki  shunday  ekan,  kantchilar,  ekzistensialistlar,  pozitivist  va  boshqa  falsafiy 
maktablarga mansub bo‘lgan barcha faylasuflarni nima birlashtiradi? Ushbu savol va demakki 
«Falsafa nima degani?» savoliga javob berish uchun falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari, 
ya'ni uning ma'naviy faoliyatning ma'lum turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zarur. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish