Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290
Bog'liq
falsafa

Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida 
U yoki bu falsafiy tizimlarni ular shakllangan ijtimoiy-tarixiy sharoitga murojaat qilmay, 
ularning  tarixiy  asosini  ko‘rib  chiqmay  turib,  ularning  o‘zidan,  ya'ni  falsafiy  matndangina 
kelib  chiqqan  holda,  to‘la  to‘kis  tushunish  mumkin  emas.  Har  qanday  falsafa,  ya'ni  u  xoh 


antik  davr  falsafasi,  xoh  o‘rta  asr  falsafasi  yoki  Uyg‘onish  davri  falsafasi  bo‘lsin  -  o‘z 
davrining mahsulidir. 
Masalan,  Uyg‘onish  davri  yevropa  falsafasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  feodal 
jamiyatga  qarshi  turuvchi  ilk  burjuaziya  jamiyati  madaniyati  asosida  yuz  bergan.  Aynan 
shunday tarixiy asosda Uyg‘onish davri falsafasining insonparvarlik, klerikalistik (cherkoviy) 
va qotib qolgan aqidalarga bo‘lgan qarshiligi, qadimgi davr orzulariga bo‘lgan yo‘nalishi kabi 
xususiyatlari  o‘z  ifodasini  topadi.  Falsafiy  yo‘nalishlar  (maktablar)  va  falsafiy  muammolar 
to‘g‘risida  ham  xuddi  shunday  deyish  mumkin.  Masalan,  XIX  asr  ikkinchi  yarmi  XX  asr 
birinchi yarmida G‘arbiy yevropa falsafasidagi irratsionalizmning avjga chiqishi Yangi davr 
sivilizatsiyasidagi  bo‘hron,  kapitalizm  bo‘hroni  yevropa  bo‘ylab  tarqalgan  ijtimoiy 
inqiloblarda, birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga bo‘linib ketishi o‘z ifodasini topdi. 
Bundan  tashqari,  u  mexanistik  tabiatshunoslik  bo‘hroni,  Yangi  davrning  qadriyatlari 
yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi bo‘lib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm 
va «mutlaq tizimlar» tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir. 
Falsafaning  muayyan-tarixiy  tabiati  nafaqat  davr  o‘lchovida  balki  makon-sivilizatsiya 
o‘lchovida  ham  namoyon  bo‘ladi.  Falsafa  o‘z  davrininggina  emas,  balki  muayyan 
sivilizatsiya, muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning ham mahsulidir. Masalan, biz G‘arb 
va  Sharqning  falsafiy  an'analari,  islom,  xristian  va  buddaviylik  falsafasi,  totalitar  va 
demokratik jamiyatlar falsafalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin. 
Falsafiy  bilimlarning  muayyan-tarixiy  tabiatini  va  uning  madaniy-ma'rifiy  jihatdan 
bog‘liqligini  G.V.F.Xegel,  K.Marks,  O.Shpengler,  B.Rassel,  K.Yung  kabi  yevropalik 
mutafakkirlar,  islomiy  mutafakkirlar  (M.Iqbol,  M.Sharif,  S.Nasr),  hindistonlik  faylasuflar 
(S.Vivekananda, R.Tagor, R.Raju, S.Radxakrishnan), yaponiyalik faylasuf (D.Sudzuki), Lotin 
Amerikasidan  (L.Sea),  afrikalik  faylasuflar  (A.Kagame,  L.Sengor)  va  boshqalar  ko‘rsatib 
o‘tgan edilar. 
Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas. U mazkur davr mohiyati va asosiy yo‘nalish 
(tendensiya)larini  nazariy,  umumlashgan  shaklda  ifodalaydi.  Xegel  falsafani  g‘oyalarda 
tushunilgan  davr  deb  bejiz  ta'riflamagan.  Falsafa  o‘zining  muammolari  va  tushunchalar 
apparatida  insoniyat  to‘plagan  amaliy  hamda  bilish  tajribasini  yig‘adi,  tabiiy  va  bashariy 
borliqning  turli  tomonlarini  anglash  bo‘yicha  qidiruvlarni  uyg‘unlashtirib  birlashtiradi  va 
tizimlashtiradi,  zamonning  «keskin  tomir  urishi»ni  qayd  etadi.  Boshqacha  aytganda,  falsafa 
o‘zining muammoviy va kategoriyaviy tuzilishida u yoki bu davr borlig‘i va ongining ichki, 
mohiyatiy jarayonlarini umumiy, nazariy shaklda ifodalaydi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish