yillarda Mirza Abdulqodir Bedil, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruni va boshqalarning ijodiga
bag‘ishlangan asarlar chiqaboshladi. Stalindan keyingi davrda falsafiy ta'lim tizimining
tashkil topishi, tashkiliy asoslarning mustahkamlanishi, muammo maydonining kengayishi va
O‘zbekistonda falsafiy tadqiqotlar sifatining ortishi xos bo‘ldi. 1954 yilgacha respublikada
O‘rta Osiyo (keyinchalik Toshkent) universitetidagina faqat bitta falsafa kafedrasi bo‘lgan.
1955 yildan boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham falsafa kafedralari tashkil topa boshladi, 1963
yilda esa Toshkent universiteti tarix kulliyotida falsafa bo‘limi ochildi va u keyinchalik
falsafa-iqtisodiyot kulliyotiga aylantirildi. 1956 yili ochilgan O‘zSSR FA falsafa va huquq
bo‘limi negizida Falsafa va huquq instituti tashkil topdi. 2000 yildan Toshkent davlat
sharkshunoslik institutida «Sharq falsafasi va madaniyati» ixtisosligi buyicha talabalar
tayyorlash boshlandi.
Mana shu va keyingi davrlarda oshkora siyosatlashtirilgan va mafkuralashtirilgan ishlar
bilan bir qatorda mantiq, tabiatshunoslikning falsafiy muammolari va ilmiy-texnika
revolyusiyasi, dialektika nazariyasi, estetika sohalarida ham jiddiy ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazildi. Eng muhim ahamiyat va yuksak ilmiy maqomga ilgaridagidek tarixiy-falsafiy
tadqiqotlar va eng avvalo, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining falsafiy va tabiiy ilmiy sohadagi
meroslari ega edi. Sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlari birinchi marta rus va o‘zbek
tillariga tarjima qilindi: Ibn Sinoning 5 jildli «Tib qonunlari» (1954-1960), al-Xorazmiyning
«Matematik traktatlar» (1964), al-Beruniyning «O‘tgan avlodlardan qolgan yodgorliklari»
(1957), «Hindiston» (1963), «Geodeziya» (1966), «Farmakognoziya tibbiyotda» (1973), al-
Forobiyning «Beruniy va Ibn Sinoning yozishmalari» (1972), «Abu Bakr Roziy va
shogirdlarining klinik ma'lumotlari» (1974), al-Farobiyning «Traktatlar» (1975) va boshqalar.
Sharq mutafakkirlarining nazariy merosiga bag‘ishlangan o‘zbekistonlik faylasuflarning
ko‘pgina kitob va maqolalari nashr qilindi. Bu tarjimalar, sharhlar va tadqiqotlar muhim
ahamiyatga ega edi, chunki ular falsafa tarixidagi hukmron yevropotsentrizmni, bartaraf
etishga
qaratilgan edi
13
.
«Qayta qurish» davrida falsafiy yo‘nalishlarni qayta fikrlash yuz berdi. Dogmatizm,
avtoritarizm, siyosatlashtirilgan va mafkuralashtirilgan apologetika mafkuraviy plyuralizm,
erkin bahsga o‘z o‘rnini berdi.
O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar
faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda.
Milliy mustaqillik g‘oyasini va yangi mafkurani shakllantirish bilan bog‘liq ravishda
O‘zbekiston faylasuflari oldida muhim vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda. Jamiyatda
mafkuraning tutgan o‘rni va mavqyei, uning ma'naviy-axloqiy yangilanishi, yangi ijtimoiy
eng yuksak orzu va qadriyatlarning qaror topishi, uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi
ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z aksini O‘zbekiston Respublika Prezienti
I.A.Karimovning
asarlarida
14
,
rasmiy nashrlarda
15
,
olimlarning tadqiqotlarida, ijtimoiy-siyosiy
masalalarga doir adabiyotlarda topmoqda.
16
Shakllanayotgan milliy istiqlol mafkurasining
«mustaqillik», «kelajagi buyuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik jamiyat»,
«ma'rifatli jamiyat», «umuminsoniy qadriyatlar», «uyg‘onish», «davlat islohotchi sifatida»
kabi tushunchalarimizni ochib berishga qaratilgan birinchi qadamlar qo‘yildi.
O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi jihatlarini tadqiq qilishni davom ettirish hozirgi
zamon talabidir. Falsafa O‘zbekistonda yashovchi xalqlarning milliy xususiyatlari va yashash
13
М.М. Хайруллаев. «Основные направления развития философии в Советском Узбекистане»//Вопросы
философии, 1978, №10.
14
Кармиов И.А. Ѝзбекистон ХХI аср бѝсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик
шартлари ва
тараққиѐт кафолатлари. –Т.: Ѝзбекистон, 1997
15
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва қоидалар. –Т., 2000.
16
Ҳ.Пѝлатов. Ѝзбек мафкураси: ѝзбек миллий уйғониш мафкураси ҳақида. Т., Мулоқот, 1991, №6,7.
У.Абилов. Миллий ғоя: маънавий омиллар. –Т., Маънавият, 1999.
tarzining o‘ziga xosligini, mintaqada vujudga kelgan muayyan-tarixiy sharoitni hisobga olgan
holda umumiy tushunchalar, insoniyat taraqqiyotining umumiy mantig‘i, ijtimoiy-siyosiy
guruhlar, u yoki bu siyosiy g‘oyalar va davlatlarning amaliy faoliyatlaridan kelib chiqib
tanqidiy ravishda idrok etishi lozim.
Ijtimoiy borliqning hozirgi zamondagi tub masalalarini, jumladan: birlamchilik nuqtai
nazaridan yangi qurilayotgan jamiyatda shaxs manfaatlari bilan davlat manfaatlarini o‘zaro
munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An'ana va urf-odatlarni tiklash siyosati
ularni to‘la yoki qisman faollashtirishni bildirishi lozimmi yoki yuqmi va ularni tanlab olish
qoidasi qanday bo‘lmog‘i lozim? An'analar va yangiliklarni, muhofazakorlik va
harakatchanlikni, eski va yangi o‘rtasidagi tafovutni qanday muvofiqlashtirish mumkin?
Qanday qoidalarga tayangan holda kam sonli aholi (irqiy, diniy va boshqa jihatlardan) huquq
va manfaatlari muammolarini hal qilishning imkoni bormi? Yangi jamiyatda Sharq va G‘arb
qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat nazorati bilan
fuqarolik jamiyatini barpo qilish jarayonining nisbati qanday bo‘ladi? Haqiqiy va soxta
ozodlik nimani bildiradi? Davrimizning bu va boshqa dolzarb masalalari oddiy xususiyatga
ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy va
fuqarolik mas'uliyatini talab qilib, mualliflar tarafidan noyob falsafiy qarashlarni vujudga
keltirishni taqozo qiladi. Falsafiy tadqiqotlarning muammoviy maydonini yanada kengaytirish
vazifasi ko‘ndalang turibdi. Hozircha respublikada qadriyatshunoslik, falsafiy antropologiya,
din falsafasi, texnika falsafasi, komparativtika falsafasi va hokazolarga bag‘ishlangan jiddiy
tadqiqottlar kam. Afsuski, hozirgacha respublikamizning dunyo falsafiy jamiyatidan ajralib
qolganligi saqlanib, falsafiy aloqalar G‘arb mamlakatlari va sharq davlatlari olimlari orasida
ham, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ham zaifdir. Shuningdek, mumtoz
va zamonaviy falsafiy adabiyotni o‘zbek tiliga hamda vatanimizning eng yaxshi falsafiy
tadqiqotlarini chet tillarga
17
tarjima qilishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan tizimini joriy
etish muhimdir.
Mustaqillik yillarida respublikada «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash
buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv yurtlarida falsafiy fanlarni o‘qitishning mazmuni
tubdan o‘zgardi. Yangi darslik
adabiyotlar nashr etilmoqda
18
.
Respublika olimlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy taraqqiyotining hozirgi
bosqichi talablariga muvofiq keladigan yangi avlod darsliklarini vujudga keltirishga
kirishdilar. Biroq ko‘p hollarda falsafani o‘qitish ma'lum darajada soddalashtirilgan qoliplarda
qolib ketmoqda. Zamon taqozosiga ko‘ra, falsafa o‘qituvchilarining kasbiy malakasini
oshirish, o‘qitish uslub va vositalarini takomillashtirish yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish,
ya'ni jahon falsafiy tafakkurini barcha tub mohiyatini har bir talabaga yetkazib, ularni
mulohaza yuritishga o‘rgatish imkoniyatini vujudga keltirishdir. Zamonamizning bu va
boshqa dolzarb masalalari o‘zining ahamiyati jihatidan mamlakatimiz faylasuflaridan kasbiy
va fuqarolik mas'uliyatini talab qiladi.
17
Қ.Хоназaров. Фалсафанинг ва бизнинг фалсафамизнинг йѝли. «Правда Востока», 2001
18
«Основы философии». Т., 2004, Э.Юсупов. «Фалсафа». Т., 2005, «Фалсафа» Т., 2005