dunyo nimadan paydo bo‘lgan, uni kimdir yaratganmi yoki yo‘qmi?» Bu savolga hatto
xudolarning o‘zlari ham javob bera olmaydilar, negaki, ularning o‘zlari dunyo «yaratilgandan
keyin paydo bo‘lganlar». Hamma narsa birinchi fikr urug‘i bo‘lgan xohishdan boshlangan
21
.
«Rigveda» dagi «Purushaga Madh» da koinotning kelib chiqishi haqida insoniy talqin berilib,
unga binoan Insondan –Koinot (purusha) kelib chiqqan.
Xuddi shunday ohanglarni biz qadimgi Xitoy afsonalarida ham mushohada qilamiz. Ba'zi
afsonalarda birlamchi dunyo vujudga kelguncha tuman va qorong‘ilik bilan to‘lgan tubsiz
chuqur (xaos) koinot kuchlari bo‘lgan Yan va In vositasida tartibga keltiriladi, boshqalarida
esa dunyo g‘ayri tabiiy umumiy inson bo‘lgan Pan-Gudan paydo bo‘lganligi aytiladi. Ayni
shu afsonada Xitoy falsafasi uchun muhim bo‘lgan, shaxsiyatga ega bo‘lmagan dunyoviy
qonun bo‘lmish «dao» haqidagi tasavvur shakllangan.
Yaqin Sharqda vujudga kelgan afsonalarda ham dunyoni tubsiz chuqurdan yaratilganligi
g‘oyasi rivojlantirilgan. Ikki daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) yaratilgan xudolar haqidagi
doston «Enuma Elish»da afsonaviy zamon haqida gapiriladiki, «unda xudolardan hyech biri
hali paydo bo‘lgan emas, ismlar hali hyech narsaga qo‘yilmagan, taqdir hanuz tayin
etilmagan» edi.
Diniy-afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda, boshqa bir ma'naviy zamin tajribaviy
bilimlar va ilm-fan kurtaklari (riyoziyot, astronomiya, tabobat, yer ishlari haqidagi bilimlar,
metallurgiya, jug‘rofiya) va bu bosqich doirasida shakllanayotgan tahliliy tafakkur edi.
Masalan, Shan davrida (eramizda oldingi II –nchi ming yillik) xitoylilar 4-nchi tartib
hududida hisob yuritishni bilar edilar. Xan sulolasi davrida esa biz algebratik tenglamalar
yechimiga duch kelamiz. Qadimgi hindning afsonaviy yil hisobi o‘zining buyuk miqdori
bilan kishini lol qoldiradi, undagi «Braxma asri» 311 040 000 000 000 yilga teng, eng kichik
birlik bo‘lgan «truti» esa 1/5 sekundan tashkil etadi
22
. Misopotamiya va Misrda ko‘plab
riyoziyotga doir matnlar topilganki, ularning eng ilgarilari eramizdan oldingi IV ming
yillikning o‘rtalariga taalluqlidir. Qadimgi Bobillik va qadimgi Misrlik riyozidonlar arifmetik
masalalarni arifmetik va geometrik progressiyalarga ajratib yechar edilar, ular geometrik
figuralarni hajmini o‘lchashni bilar edilar
23
, o‘sha davrning astronomlari esa, davriy kun va oy
tutilishini aniqlash asosida – ularni oldindan bashorat qilib berar edilar.
Riyoziyot va boshqa tug‘ilib kelayotgan fanlar tafakkurning shakllanishi uchun juda
muhim ahamiyatga ega edilarki, ularsiz falsafa dunyoqarashning nazariy yo‘naltirilgan va
aqliy tizimga solingan shakli sifatida mavjud bo‘lishi mumkin emas edi.
Falsafaning paydo bo‘lishi urug‘ qabilachilik tuzumi va afsonaviy ong tanazzulining
natijasi bo‘ldi. Biz ilgari qayd etgan edikki, har qanday falsafa dunyoqarash sifatida
maydonga chiqadi. Falsafa va umuman dunyoqarashning asosiy masalasi – bu insonning
olamga nisbatan munosabati masalasidir. Ammo falsafadan oldin kelgan afsonalarda u o‘ziga
xos xususiyatga ega edi. «Atrofni o‘rab turgan dunyoga nisbatan hozirgi va qadimgi zamon
kishisining asosiy farqi shundaki, - deb yozadilar G va G.A.Frankfortlar - hozirgi zamon
kishisi uchun hodisalar dunyosi birinchi navbatda «U» (insondan tashqaridagi)dir, qadimgi,
hamda sodda inson uchun esa – u «
Sen»
24
dir. Dunyo insonga qarshi qo‘yilmagan edi. Boz
ustiga, «tabiat va inson doirasi bir-biridan farq qilmas edi»
25
.
Qadimgi dunyo kishisi voqyea narsa bilan nazarda tutilgan narsa, tasavvurdagi va mavjud
voqyeylikdagi narsa, ashyo bilan ashyo haqidagi narsa o‘rtasidagi farqni ko‘rmas edi.
21
Древнеиндийская философия (начальный период) – қадимги ҳинд фалсафаси (бошланғич даври). –М.,
1963. 35-б.
22
А.Н. Чанышев. Начало философии (Фалсафанинг бошланиши). –М., 1982. 49-б.
23
Қаранг: М.Я.Выгодский. Арифметика и алгебра в древнем мире. –М., 1967.
24
Г.Франкфорт, Г.А.Франкфорт, Дж.Уилсон, Т.Якобсон. В преддверии философии. Духовные
искания
древнего человека. –М., 1984. Ингл. Тилидан тарж. 25-б.
25
Ѝша жойда. 25-б.
«Afsonaviy she'riy tarzdagi aql uchun «nima uni hayajonga solsa», «mavjud bo‘lgan narsaga»
tengdir, «uning uchun sub'ektiv va ob'ektiv bilim o‘rtasidagi tafovut ma'noga ega emasdir»
26
.
Masalan, ibtidoiy ong uchun tabiat hodisalari o‘z-o‘zlaricha mavjud bo‘lmasdan, balki
insonga bog‘liq ravishdagina ro‘y beradilar. Dunyo hodisalarini qabul qilishning bunday tarzi
asrlar qa'riga borib taqaladigan ko‘p xalqlardagi belgilarga qarab mushohada yuritishlarda o‘z
aksini topadi: qarg‘a qag‘illasa – yomon hodisa yuz beradi, ot kishnasa – yaxshi xabar keladi,
qo‘ziqorinlar ko‘p chiqsa – urush chiqadi va hokazo. Falsafagacha bo‘lgan afsonaviy-diniy
dunyoqarash amaliy yo‘nalgandir: hatto xudolar insonga nisbatan hamma vaqt muayyan
munosabatdadirlar
27
.
Afsonaviy qarashlardan farqli o‘laroq,
falsafiy dunyoqarash sub'ektiv va ob'ektiv narsani
farqlashdan boshlanadi. Shuning uchun birinchi faylasuflarning dunyoga nisbatan
munosabatlari «
Men-emas», «
U» ga qaratilgan bo‘lib, tashqi, shaxsdan yuqori turuvchi
(koinotga, tabiatga), inson dunyosiga qarama-qarshi va undan mustaqil bo‘lgan dunyoga
qaratilgan edi.
Bundan tashqari, afsona faqatgina ijtimoiy ong shakli bo‘lmasdan, balki yashash tarzi
shakli bo‘lgani holda, falsafa aqliy bilim shakli sifatida maydonga chiqadi. Falsafiy tafakkur
voqyeylikka bevosita amaliy munosabatdan uzoqlashib, kundalik bilimlar ufqidan ko‘tarilib,
kundalik hayotga g‘arq bo‘lish holatidan chiqadi va bu bilan
nazariy yo‘nalgan
Do'stlaringiz bilan baham: