Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Falsafaning hozirgi davr rivojidagi global va mintaqaviy xususiyatlari



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   290
Bog'liq
falsafa

Falsafaning hozirgi davr rivojidagi global va mintaqaviy xususiyatlari 
Hozir  biz  yashayotgan  davr  bashariyat  tarixida  muhim  ahamiyatga  ega.  Butun  dunyo 
uchun global oqibatlarga ega bo‘lgan hodisa va jarayonlar bugun uchun ham, kelajak uchun 
ham  uning  zimmasida.  Bular  fan-texnika  revolyusiyasi  va  uning  natijalari,  «sotsializm» 
dunyosining tuzilishi va parchalanishi, klassik va yakka hokim (monopolistik) kapitalizmning 
inqirozi va sifat transformatsiyasi, imperiya va kolonial tizimlarning yemirilishi, ikkita jahon 
urushi, yadro urushi tahdidi, «sovuq urush» va «keskinlikni yumshatish», bipolyar dunyoning 
tugatilishi,  global  muammolarning  paydo  bo‘lishi,  xalqaro  terrorchilikning  tarqalishi 
(ekspansiyasi)  va  hokazolardir.  Albatta,  butun  insoniyat  manfaatlariga daxldor  bu  jarayonlar 
dunyo  falsafasida  o‘z  aksini  topmasligi  mumkin  emas.  Bu  ssientizm,  kapitalizm  va 
sotsializmni  falsafiy  tanqid  qilishda,  inson  hayoti,  barqarorlik  va  insonparvarlik 
muammolariga  jiddiy  e'tiborning  qaratilishida  namoyon  bo‘ldi.  Bu  muammolarning 
tadqiqotlari falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikrlashda yangi yo‘nalishlar: texnika falsafasi, tazyiq 
o‘tkazmaslik falsafasi, hayot falsafasi, modern va postmodern falsafasi, falsafiy germenevtika
falsafiy  aksiologiya,  falsafiy  komparativistika,  global  etika,  fanlar  etikasi,  konvergensiya 
nazariyasi kabilarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Sanalgan  falsafiy  muammolar  va  yo‘nalishlar  XX  asr  falsafasi  rivojidagi  global 
yo‘nalishlar  tarziga  ega  bo‘ldi.  Dunyo  falsafasining  mana  shu  global  yo‘nalishlari  bilan  bir 
qatorda  falsafiy  va  mafkuraviy  oqimlarning  kontinental,  mintaqaviy  va  milliy  tarzga  ega 
o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. 
Masalan,  Afrikadagi  falsafa  milliy  o‘ziga  xoslikka  ega:  Senegalning  sobiq  prezidenti 
Leopold Sedar Sengorning negrlar falsafasi «negrityud» va Aleksis Kagamaning bantu-ruanda 
etnofalsafasi. L.S.Sengor qora kontinent qadriyatlarining o‘ziga xosligini his etish (intuitsiya), 
ichki kechinma (emotsiya) va ritmda, guruhiy hissiyot va dialog
11
da ko‘radi. 
Shuningdek,  zamonaviy  latinoamerikacha  fikrlashning  ham  milliy-mintaqaviy  koloritga 
ega  falsafiy  nazariyalari  mavjud:  «ozodlik  falsafasi»,  «autentik  (haqiqiy)  falsafa», 
«Lotinamerika mohiyati falsafasi», «Meksika mohiyati falsafasi» (Samuel Ramos, Leopoldo 
                                                 
10
Хегел Г. В. Ф. Лекции по истории философии. Кн. 1. – Соч. Т. IX. М., 1932. 54-б. 
  
11
 Леопольд Сеа. Поиски латиномаериканской сущности.// «Вопросы философии». М., 1982. 63-бет. 


Sea va boshqalar). Lotinamerika falsafasi va madaniyatini o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi tezisni 
asoslab, meksika faylasufi L.Sea quyidagi xulosani ifodalaydi: «Buni xohlashadimi, yo‘qmi, 
Amerikamiz  odamlari  tarix  yaratib,  o‘z  mohiyati  ifodasining  shunday  shaklini  bunyod 
etadilarki,  bunaqasi  boshqa  tarix  va  odam  ifodasidan  topilmaydi.  Shuning  uchun  ularning 
fikrlashi  boshqalarnikidan  farq  qiladi,  shuningdek  fikr  mazmuni  ham  farq  qilishi  kerak.  Har 
bir inson va xalqning paydo bo‘lishi o‘ziga xos bo‘lgani kabi tarix, fikrlash va mazmun ham 
o‘ziga xosdir»
12

Osiyoning  turli  mamlakatlarida  ham  falsafiy  nazariyalar  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega. 
Shubhasiz, Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan 
xalqlarning  ham  falsafiy  tizimlari  tarixan  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan.  Arastu  va 
neoplatonizm  an'analari  bu  yerda  islom  an'analari  va  tabiiy  ilmiy  bilimlar  rivojining  yuksak 
darajasi bilan qo‘shilib ketgan. Bu yerda yevropadan farq qiladigan, o‘ziga xos ta'limotning 
shakli – tasavvuf (so‘fiylik) paydo bo‘lgan. 
SSSRning  parchalanishi  natijasida  vujudga  kelgan  tarixiy  sharoitning  o‘ziga  xos 
xususiyatlari  yangi  mustaqil  davlatlar,  jumladan  mustaqil  O‘zbekistonda  ham  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga ega falsafiy fikr rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish