II bo‘lim. FALSAFA TARIXI
1-bob. FALSAFANING KeLIB ChIQIShI
1-§. Falsafiy tafakkurning genezisi
Falsafiy adabiyotda falsafa tarixi turli tuman ilmiy va mafkuraviy talqinlan va xilma-xil
davrlashtirish holatlarida berilgan. Eng ko‘p darajada tarqalgani yevropamarkazlashtirish
yondoshishi bo‘lib, dunyo tarixiy-falsafiy jarayonining xilma xilligini asossiz ravishda
toraytiradi. Shu bilan bir qatorda falsafa tarixi rivoji bosqichlarini u yoki bu ijtimoiy
taraqqiyot bosqichlariga keskin ravishda bog‘lashga urinish ham o‘zini oqlamaydi, negaki,
turli mintaqalar bosib o‘tgan bosqichlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi
mumkin. Masalan, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda asosiy iqtisodiy ishlab chiqarish
vositasi bo‘lgan quldorlik, bu jamiyatlar taraqqiyotida quldorlik formatsiyasini shakllantirgan
bo‘lsa, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun bunday bo‘lmagan. Ko‘p davlatlarda
quldorlik, u yoki bu darajada XIX asrning ikkinchi yarmigacha va hatto shu asrning
oxirigacha saqlangan bo‘lsa ham, ammo u hyech qachon ularning iqtisodiy asosi bo‘lib
xizmat qilmagan.
Shu bilan bog‘liq ravishda turli mintaqalardagi falsafa rivojining bosqichlari o‘z
tafovutlariga ega bo‘lgan. Barcha mintaqalar uchun umumiy bosqich predfilosofiya (falsafa
oldi) sifatida afsonaviy tafakkurning tanazzuli davri doirasida maydonga chiqqan falsafiy
savollar va javoblarning tug‘ilishi davri bo‘ldi. Birlamchi shakllangan falsafiy tizimlar
qadimgi falsafa bosqichini tashkil etadilar. Falsafa taraqqiyotining keyingi bosqichi G‘arbda
ham, Sharqda ham shakllangan va rivojlangan feodal munosabatlar bilan bog‘liq. yevropada
bu davr «o‘rta asr falsafasi» yoki «feodalizm davri falsafasi» degan nom oldi. yevropa
falsafasini davrlashtirish uchun asosli bo‘lgan «o‘rta asr falsafasi» atamasi, Sharq falsafasi
xususiyati uchun bahslidir, negaki, Sharqning ko‘pchilik mamlakatlari XX asrning birinchi
yarmigacha ba'zilari esa keyinchalik ham feodal munosabatlari bosqichida edilar. Shuning
uchun bu yerda «feodalizm davri falsafasi» atamasiini qo‘llash o‘rinlidir.
G‘arbiy yevropa falsafasi rivojining keyingi bosqichlari Uyg‘onish davri, Yangi va Eng
yangi zamon degan nomlar bilan atala boshlandi. Ba'zida bu bosqichlarning davrlarga
bulinishi quyidagi tarzda beriladi: uyg‘onish davri falsafasi, yangi zamon falsafasi,
Ma'rifatparvarldik falsafasi, mumtoz (nemis) falsafasi, hozirgi zamon falsafasi.
Sharq falsafasiga nisbatan ham Yangi va Eng yangi zamon tushunchasini qo‘llash
mumkin. Biroq u yoki bu bosqichlarning xususiyatlariga asoslangan davrlashtirish ko‘proq
mazmunli va mavzuga yaqindan aloqadordir. Masalan, XX asrdagi Markaziy Osiyo
mamlakatlari falsafa tarixi haqida gapirganda, biz ma'rifatparvarlik, sho‘rolar va sho‘rolar
davridan keyingi bosqichldar haqida so‘z yuritishimiz mumkin.
Tarixiy-falsafiy jarayonlarning G‘arbda va Sharqda davrlarga bo‘lish qoidalari bilan bir
qatorda, falsafada g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro munosabatlarini ta'kidlash
muhimdir.
Falsafadagi g‘arbiy va sharqiy an'analar haqida so‘z yuritib, ko‘pgina falsafa tarixchilari
ularning XIX asrning ikkinchi choragigacha nisbatan mustaqil ravishda rivojlanganliklarini
qayd etadilar. Ko‘p jihatdan bu Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharq mintaqasi mamlakatlari
uchun xosdir. Yaqin va O‘rta Sharqda esa, g‘arbiy va sharqiy an'analarning o‘zaro ta'siri bu
mintaqada muhim xususiyatlarga ega bo‘lgan. VIII-XII asrlardagi arab tilidagi falsafaning
shakllanishi bevosita qadimgi davr va ellinistik falsafaning, eng avvalo, Arastu va
Aflotunning asarlari ta'sirida yuz berdi. Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Ibn Tufayl, Ibn
Rushd va boshqalar tomonidan yo‘nalish berilgan arab tilidagi falsafa arab yoki Sharq
Do'stlaringiz bilan baham: |