Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Qadimgi Yaqin va O‘rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   290
Bog'liq
falsafa

 
2-§. Qadimgi Yaqin va O‘rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi 
 
Eramizdan  oldingi  IV  mingyillikning  oxiri  III-mingyillikning  boshida  qadimgi  Bobil  va 
qadimgi  Misr  madaniyati  o‘z  taraqqiyotining  yuqori  nuqtasiga  erishadi.  Bu  davlatlarda 
falsafiy    fikrlarning  paydo  bo‘lishi,  bir  tomondan,  dunyo  haqidagi  fanlar  bo‘lgan  - 
Astronomiya,  kosmologiya,  matematika  birinchi  odimlari  bilan  yaqindan  bog‘liq  bo‘lgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning 
oltmishtalik  tizimi,  yilning  uzunligi,  geometrik  shakllar  hajmining  hisoblab  chiqilishi  va 
boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishda qo‘llanilar edi. Qadimgi Bobil va  
Misr  olimlari  oy  va  kun  tutilishi  davriligini  aniqlashga  muvofiq  bo‘ldilarki,  bu  ularga  bu 
hodisani oldindan aytish imkonini berdi. Bu ham amaliy ahamiyatga ega edi. Masalan,  Misr 
uchun  eng  muhim  hodisa  bo‘lgan  –  Nil  daryosining  har  yilgi  ko‘tarilishi  vaqt  jihatdan 
osmonda yorug‘ yulduz bo‘lgan - Suhayl (Sirius)ning paydo bo‘lishi bilan muvofiq kelar edi. 
Misrlilar  yulduzlar  turkumi  vaziyatida  ko‘rinadigshan  yerning  Quyosh  atrofidagi  yo‘li 
joylashgan  tekislikni  (ekliptika)  aniqladilar  –  va  uni  burjlarni  (osmonda  sayyoralar  harakat 
qiladigan chambar yo‘l) tashkil etgan 12 qismga bo‘ldilar; har biri 30 kundan iborat bo‘lgan, 
12 oydan tashkil topgan taqvimni  vujudga keltirdilar. Bir  kecha va kunduzning vaqti suv va 
Quyosh  soatlari  bilan  o‘lchanar  edi.  Bobilliklarda  bo‘lgani  kabi  qadimgi  misrliklarning 
papirus  qog‘ozlari  (tropik  qamishdan  qilingan)  tabobatni  sehrgarlik  usuli  bilan  davolashdan 
ajratilganligini ko‘rsatadi. 
Qadimgi  bobilliklar  va  misrliklarda  ilm-fan  bilan  kohinlar  shug‘ullanar  edilar.  Ilm-fan 
bilan shug‘ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali  qarar edilarki, 
bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga 
bo‘lib  chiqqanliklari  va  oqibatda  ularni  mistik-matematik  ramzlar  bilan  belgilanganliklari 
guvohlik beradi.  Shunday asarlar paydo bo‘la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin 
qilishga  urinishlar  ko‘zga  tashlanadi  («Arfa  chaluvchining  qo‘shig‘i»,  «Dunyodan  xafsalasi 
pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma'nosi haqida xoja va qulning savol-
javoblari»  va  boshqalar).  Garchi  Qadimgi  Misr  va  Bobilda  falsafiy  tafakkur  Qadimgi 
Yunoniston  saviyasiga  erishmagan  bo‘lsa  ham,  ularning  yutuqlari  Ellada  madaniyatiga  oz 
ta'sir  ko‘rsatgani  yo‘q.  Masalan,  eramizdan  oldingi  I-nchi  ming  yillik  o‘rtalarida    fir'avnlar 
yunoncha turmush tarziga rioya etar edilar, ularning ko‘plari yunonlilar bilan qarindoshchilik 
iplari bilan bog‘langan edilar. Yunonlilarga Misrda umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat 
etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham orqada qoldirib ketgan vaqtlarida 
                                                 
31
 Философская энциклопедия. 5 томлик. Т.2. –М., 1962. 73-б.  


ham,  Misrga  donishmandlik  manbasi  sifatida  qarab,  unga  bo‘lgan  o‘z  hurmatlarini  saqlab 
qoldilar. 
Eramizdan  oldingi  I-ming  yillikda  Markaziy  Osiyo  hududida  saklar  va  masmaget 
qabilalari yashar edilar. Eramizdan oldingi VI asr oxiri V  asr boshlarida saklar forslar davlati 
tarkibiga kirdilar, eramizdan oldingi IV asrda esa, Markaziy Osiyoga makedoniyalik Iskandar 
Zulqarnayn  qo‘shinlari  hujum  qildi.  Bu  davrda  hunarmandchilik,  madaniyat  va  san'at 
rivojlandi. Markaziy Osiyoga aramey alifbosi kirib keladiki, uning asosida xorazmiy va sug‘d 
yozuvlari  vujudga  keladiyu  ana  shu  davrda  Markaziy  Osiyo  xalqlarining  adabiy  va  og‘zaki 
ijodi shakllanadi. 
Xalq og‘zaki ijodining eng ilk yodgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi 
qissalari bo‘lib, ular asosida Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik kurashlari yotar edi. 
Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari –vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu 
dostonlarning  qahramonlari  –  malika  Zarina  -  jangovar  kurashchi  va  shaharlar  bunyodkori; 
malika Sparetra qo‘shin to‘plab, jangda fors davlatining asoschisi  Ki ustidan g‘alaba qozonib, 
o‘z  erini  asirlikdan  ozod  qilgan;  malika  To‘maris  –  u  bilan  bo‘lgan  jangda  Ki  qo‘shinlari 
mag‘lub bo‘lib, uning o‘zi halok bo‘lgan; Doro qo‘shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan 
cho‘pon  Shiroq o‘ldiriladi, ammo o‘z hayoti evaziga uning xalqi o‘z ozodligini saqlab qoladi. 
Eramizdan  oldingi  VI  asrdan  boshlab  Markaziy  Osiyoda  zardushtiylik  paydo  bo‘lib, 
eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo 
(Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan 
boshlab  (eramizdan  oldingi  3-2-nchi  mingyilliklar)  eramizdan  oldingi  1-mingyillik 
o‘rtalarigacha  bo‘lgan  Markaziy  Osiyo  va  Yaqin  Sharq  xalqlarining  diniy  tasavvurlari  aks 
etgan. 
«Avesto» kitobiga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. yer 
dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va obu-havo, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan yetti 
qismdan iboratki, bu bobilliklarning yetti shamollar  haqidagi  qadimgi tasavvurlaridan iqtibos 
qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va 
jannat  doirasi  yoki  nur  makoni.  Yulduzlar,  Oy  va  Quyosh  xudo  Axura  Mazdaning  badani 
sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar. 
Zardushtiylikning jamiyat tarixi  haqidagi tasavvurlari Injil va Qur'ondagi afsonalar bilan 
o‘xshab ketadi. Avesto bo‘yicha birinchi odam Yimadir barcha odamlar  undan kelib chiqqan. 
Bu davr oltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda 
abadiy  bahor  yaratgan  bo‘lib,  kishilar  farovonlik  va  baxt-saodat  yashar    edilar.  Ammo 
kunlardan  bir  kun  ular  gunohga  botdilar:  ular  ta'qiqlangan  mol  go‘shtini  yeb  qo‘ydilar. 
Ziyonkor  ruh  Anxra  Maynyu  ularga  sovuq  va  qor  yubordi.  Yima  odamlarni  sovuqdan  qotib 
qolishlaridan saqlash uchun uy qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashirdi. Bu 
afsona Shumer, Bobil, Injil va Qur'ondagi Butun dunyoni tufor bosganligi haqidagi afsonaga 
ochiqdan ochiq o‘xshashdir. Tarixning birinchi davri bo‘lgan – oltin davr shunday tugallanib, 
ikkinchi davr bo‘lgan-yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi 
davr,  ya'ni  insoniyat  kelajagi  Avestoda  qadimgi  davr  kishilarining  baxt-saodat  haqidagi 
orzulari  sifatida  tasvirlanadiki,  unda  yaxshilik  bilan  yomonlik  o‘rtasidagi  kurashda  xudo 
Axuramazda  g‘alaba  qiladi  va  o‘shanda  yaxshilik  saltanati  barqaror  bo‘ladi.  O‘liklarning 
tirilishi va mashhar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud. 
Avestoning  eng  qadimgi  davrlarga  oid  qatlamlarida  sinfiy  jamiyatdan  oldingi  davrlarga 
xos  bo‘lgan  demokratik  g‘oyalar  va  dehqon  jamoalari  manfaatini  himoya  qilish  mayllari 
ko‘zga  tashlanadi.  Keyinchalik  unda  quldorlar  (ahmoniylar  davri)  va  feodallar  (Sosoniylar 
davri) manfaati o‘z ifodasini topdi. Eramizdan oldingi VI asrga taalluqli bo‘lgan Zaratushtra 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish