Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/290
Sana30.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#94908
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   290
Bog'liq
falsafa

3-§. Hindiston, Xitoy va Uzoq Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi 
 
Qadimgi  hind  jamiyati  hayoti  haqida  xabar  beruvchi  birinchi  manba  Vedalar  bo‘lib, 
taxminan  eramizdan  oldingi  1500  va  600  yillar  orasida  tarkib  topgandirlar.  Ular  garchi 
jamiyatning  iqtisodiy  rivojlanishi  va  ijtimoiy  tarkibi  haqida,  atrofni,  o‘rab  turgan  dunyoni 
                                                 
32
 Қаранг: А.О.Маковский. Авеста. Баку. 1960. 99-б. 


bilish darajalari va boshqa ko‘p narsalar haqida ma'lumot bersalar ham, ustun darajada diniy 
mazmunga ega edilar. Aslini olganda Vedalar - samxitlar – to‘rt xilda mavjuddirlar. Rigvada 
(xudolarga  madhiya),  Samaveda  (kuylar,  ashulalar,  hamdu  sano),  Yadjurveda  (qurbonlik 
qilish  paytida  aytiladigan  ifodalar  va  hikmatli  so‘zlar)  va  Atxarveda  (afsunlar).  Vedalar  oriy 
qabilalarining  ibtidoiy  dunyoqarashlari,  diniy-afsonaviy  majmua  va  jodugarlikni  aks 
ettirganlar. 
Vedalar adabiyotining ikkinchi qatlam Braxmanlar bo‘lib, ularda dunyoning kelib chiqishi 
va  paydo  bo‘lishi,  birinchi  javhar  sifatidagi  suv  haqidagi  qoidalar  to‘g‘risidagi  fikrilar  va 
boshqalar  uchraydi.  Braxmanlarning  asosiy  rituallari  bo‘yicha  amaliy  qo‘llanmadir. 
Barxmanlarda  biz  hali  hyech  qanday  mukammal  va  to‘la-to‘kis  diniy-falsafiy  tizimni 
ko‘rmaymiz.  Braxmanlarning  afsonaviy  majmuasi  bilan  eng  keyingi  vaqtda  paydo  bo‘lgan 
hinduviylik dini ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Vedalar adabiyotining uchinchi qatlami Aranyaklar, 
yoki  «O‘rmonlar  kitobi»  bo‘lib,  o‘rmonlarda  yashovchi  tarki  dunyo  qilgan  kishilar  uchun 
mo‘ljallangan.  Uy  sohibi  holatidan  tarki  dunyochilikka  o‘tish  «faoliyat  yo‘li»dan  «bilimlar 
yo‘li»ga  o‘tish  sifatida  qabul  qilindi.  To‘rtinchi  qatlam  –  Upanishadlar  vedalar  adabiyotini 
yakunlaydi.  Upanishadlarning  eng  muhim  qismi  hayot  charxi  (sansara)  haqidagi  qoida  va 
qilmishiga yarasha mukofot qonuni (karma)dir. Inson hayoti cheksiz qayta tug‘ilish zanjirida 
muayyan shakl sifatida qabul qilinadi. Hayot charxi abadiy bo‘lib, dunyodagi barcha narsalar 
unga  bo‘ysunadi.  Xudolar  shaxslar  sifatida  mavjud  emaslar,  shunisi  ham  borki,  makon  va 
zamonda chegaralangan inson ham mavjud emas. Upanishadlar Hindistonda keyingi tafakkur 
rivojiga katta ta'sir ko‘rsatdilar. 
 Xitoy  falsafasining  manbalari  -  Bilim  darajasining  mumtoz  kitoblarida  yoritilgan. 
Ashulalar kitobi (er. oldingi XI-VI asrrlar) xalq she'riyatining to‘plamidir; Tarix kitobi (er.ol. 
1-nchi mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar to‘plami bo‘lib, tarixiy voqyealar bayonidir
Tartib kitobi (er.ol. IV-I asrlar) siyosiy va diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siyosiy faoliyat 
me'yorlarini tasvirlaydi. Bahor va kuz kitobi (er.ol. VII-IV asrlar) axloqiy va rasmiy - adabiy 
masalalarni hal etish uchun namuna sifatida xizmat qildi. 
Falsafa  taraqqiyoti  nuqtai    nazaridan  O‘zgarishlar  kitobi  (er.ol.  XII-VI  asrlar)  eng 
muhimdir. Uning matnlarida afsonalardan  falsafaga o‘tish boshlanganligini mushohada  etish 
mumkin. O‘zgarishlar  kitobining eng iuhim qismlaridan biri – In va Yan unsurlari haqidagi 
ta'limotdir.  Yan  qandaydir  faol,  barcha  narsalarning  ichiga    kirib  boruvchi,  ashyolarni  bilish 
yo‘lini  yorituvchi  narsa  sifatida  ifoda  qilinadi;  In  uchun  kutib  turuvchi  faoliyatsizlik  o‘rin 
ajratilgan,  negaki,  u  qorong‘ilik  ibtidosidir.  In  va  Yanning  harakati  –  yagona  narsada  yuz 
beradigan  o‘zgarishlarning  dialektik  harakatidir.  In  va  Yanning  o‘zaro  bir-biriga  kirishidan 
ularning o‘zaro ta'sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo bo‘ladi. 
 Qadimgi  quriyalilar dunyoqarashining yorqin aks  etgan  shakllari  totemizm  (hayvon yoki 
o‘simlikka  sig‘inish),  animizm  (tafakkurning  dunyodagi  hamma  narsalarning  joni  bor  deb 
hisoblagan  ibtidoiy  shakli),  osmon  va  ajdodlar  ruhiga  sig‘inish  edi.  Qadimgi  koreyslarning 
dunyoqarashi  barcha  tabiatni  jonlantirib,  uni  turli  shakllarni,  shu  jumladan,  afsonaviy 
hayvonlar qiyofasini  qabul qilishga qodir bo‘lgan son-sanoqsiz ruhlar va ajinalar yashaydigan 
maydonga  aylantrilgan  edi.  Ulardan  eng  mukammal  hayvon  «kirin»  -  afsonaviy  hayvon 
bo‘lib, o‘zida erkaklik va ayollik ibtidolari («ki» -erkak, «rin» - urg‘ochi) sintezini mujassam 
etar  edi.  Kirin  o‘zida  besh  birlamchi  unsurlar  bo‘lgan  suv,  olov,  daraxt,  metall  va  tuproqni 
mujassamlashtirgan  bo‘lib,  tinchlik,  shodlik,  to‘g‘rilik  va  soflik  ramzidir.  «Kirin  siymosida 
afsonaviy  siymolardan  kelajakdagi  koreys  falsafasining  tushunchalari  va  siymolari  bo‘lgan 
dunyoning  erkaklik  va  ayollik  ibtidolaridan  («Yan»  va  «ыm»),  besh  birinchi  unsurlar  (suv, 
olov,  daraxt,  metall  va  tuproq)  ta'limotiga,  koinot  va  insonning  mukammallik  birligiga 
(osmoniy «li» ta'limoti) o‘tish jarayoni kuzatiladi. 


Koreyslarda  o‘lganlarning  ruhlarining  mavjudligiga  ishonish  alohida  o‘rin  tutadi. 
O‘lganlar dunyosi tiriklar dunyosiga chinakam ta'sir ko‘rsata oladi, shuning uchun koreyslar 
o‘lganlar arvohi haqida g‘amxo‘rlik qilishga katta ahamiyat beradilar. 
Qadimgi Chosonda falsafiy dunyoqarash kurtaklari Xitoy ta'siri ostida shakllana boshladi. 
Dunyo  qadimgi  koreyslar  nigohida  ikki  ibtido  bo‘lgan:  ijobiy,  yorug‘,  faol  ibtido  «yan»  va 
salbiy,  qorong‘i,  faoliyatsiz  ibtido  «ыm»ning  quyuqlashishi  va  yoyilishi  sifatida  tasavvur 
qilinar    edi.  Ikkala  ibtidoning  («yanki»  -  yorug‘,  qorong‘i  «ki»ning  «ki»  va  «ыmki») 
sifatlaridan  bahramand  bo‘lgan  birinchi  ibtidoiy  javhar  (efir)  «ki»  ning  birga  qo‘shilishi  va 
boshqacha  qiyofaga  kirishi  natijasida  osmon  va  yer,  hamda  beshta  koinotiy  hodisa  bo‘lgan 
metall,  daraxt,  suv,  olov,  tuproq  paydo  bo‘ldilar.  Ushbu  birinchi  unsurlarning  birikmasi 
barcha xilma-xil mavjud narsalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Qadimgi yaponlarning dunyoqarashlari haqidagi ma'lumotlar VIII asrda yozib tugallangan 
«Kodziki» («Qadimgi bo‘lib o‘tgan ishlar haqida yozuvlar») kitobida saqlangan. Bu afsonalar, 
tarixiy  rivoyatlar  va  haqiqiy  voqyealar  to‘plamidir.  Qadimgi  diniy  aqidalar  asosida  oilaviy-
urug‘chilik  va  qabilaviy  arvohlar  va  himoyachi  -  xudolar  bo‘lgan  kamilarga  sig‘inish  yotar 
edi.  «Kami»  so‘zi  aynan  «tepada»,  «yuqorida»  degan  ma'noni  anglatar  edi.  Ruhlar  barcha 
mavjud narsalarning ko‘zga ko‘rinmas siymolari hisoblanar edilar. Qadimgi yapon afsonalari 
uchun  xos  bo‘lgan  xususiyat  tabiatga sig‘inish (naturizm)  va  uni jonlantirish (animizm)  edi. 
Butun  tabiat  ruhlar  bilan  to‘ladirdilar.  Tog‘lar,  ko‘llar,  daraxtlar,  gullar  va  boshqa  shunga 
o‘xshashlarga sajda qilinar edi. Tabiatga sajda qilishdagi markaziy o‘rinni quyoshga topinish 
egallar  edi.  Ilk  diniy  e'tiqodlar  yozma  qoidalarga  ham,  qat'iy  arvohlar  tabaqalanishiga  ham, 
haqiqiy ibodatxonasi va kohinlarga ham, ismlarga ham ega emas edilar. 
 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish