darajasini qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. Mohayanada asosiy maqsad Botxisattva orzusiga
erishishdir. Botxisattva – «nurlangan borliq» ma'nosini anglatadi. Bu shunday zotdirki, oliy
ruhiy uyg‘onishga ega bo‘lsa ham, o‘zining ketidan boshqalarni ergashtirish va barcha aqliy
mavjudotlarni umumiy tarzda najot topishlari uchun ularga yordamlashish maqsadida abadiy
tinchlik, ya'ni nirvonaga ketishga qaror qilmagandir. Mohayana an'analari Xitoy, Quriya va
Yaponiyada yoyildi.
Eramizning boshiga kelib Hindistonning ma'naviy hayotida hinduviylik hal qiluvchi
mavqyega ega bo‘ldi. U o‘ziga xos ravishda hodisalarni butun holda olib ularning tarkibiy
qismlariga yagona va bir-biriga bog‘li, deb qarab tekshirgan din bo‘ldiki, unda faqat Vedalar
davri Hindistonining ilohlari va braxman kohinlarining rasm-rusumlarigina emas, balki
mahalliy ilohlarning bir qator marosimlari ham o‘zlashtirib olingan edi. Barcha ilohlar
zumrasidan birinchi radifga Vishnu va Shiva olib chiqildi. Hinduviylikning eng mashhur asari
axloqiy masalalarga bag‘ishlangan va shaklga shaxs sifatida kirgan xudoga sadoqatni e'lon
qilgan «Bxadavadgita» («Ilohiy ashula») dir. Hinduviylikning falsafiy asosi o‘z ifodasini
quyidagi olti tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta.
Sankxya ta'lim beradiki, dunyoning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir.
His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga aylanganligi
quyidagi uch sifatiy unsurlar ta'siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va
sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri
ustunlik qiladi. Go‘zallik, donishmandlik va haqiqatga moyilligi bor ashyolarda
sattva
ustunlik qilsa,
tamas barcha bo‘sh, chegaralangan, noaniq narsalarda hal qiluvchi unsurdir.
Rajas esa, barcha faol, g‘ayratli, tajovuzkor narsalarda ustunlikka ega. Prakriti bilan bir
qatorda Sankxyada dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning
mavjudligi tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik
jonzotlarda mavjudligiga qaramasdan, kuzatish va topish mumkin emas. Prakriti bilan
purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida moddiy (suv,
tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma'naviy (o‘z mohiyatini anglash, aql)
narsalar ham mavjud bo‘ladi.
Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta'limga urg‘u beradi; ko‘pincha
ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan
kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: